|
Toshkent dаvlаt texnikа universitetining odob-аxloq qoidаlаri 1-bob. Umumiy qoidаlаr
|
bet | 2/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 39,2 Kb. | | #252546 |
Bog'liq Odob axloq qoidalari-2021manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir ko‘rsatayotgan yoxud taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
xodim, talaba va doktorantning shaxsiy manfaatdorligi – universitetning xodimi, talabalari va doktorantlari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ularning yaqin qarindoshi yoki xodim, talaba va doktorantga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari).
2-modda. Odob-axloq qoidasining maqsad va vazifalari
Odob-axloq qoidasining maqsadlari:
xodim, talaba va doktorantlarda umumiy madaniyatni rivojlantirish;
universitetning xodim, talaba va doktorantlarining zamonaviy imijini shakllantirish hamda xodim, talaba va doktorantlarni universitet va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash;
universitetda odob-axloq tushunchasini takomillashtirish va universitetning xodim, talaba va doktorantlarining xulq-atvoriga bo‘lgan talablarga oid yagona yondashuvni ishlab chiqishdan iboratdir.
Odob-axloq qoidasining vazifalari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim, talaba va doktorantlar orasida odob-axloq qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan nomaqbul xatti-harakat, jumladan, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targ‘ib va tashviq qilish, shuningdek, turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan g‘oya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va “ommaviy madaniyat”ning taʼsiri hamda xurujlaridan himoya qilish;
mazkur nomaqbul xatti-harakatlar sodir etilishining sabab va shart- sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish;
xodim, talaba va doktorantlarni yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qatʼiy rioya qilish ruhida tarbiyalash;
xodim, talaba va doktorantlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish ko‘nikmasini shakllantirish va yuksaltirish;
xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
universitetda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va rivojlantirish;
universitetning xodim, talaba va doktorantlarida tashqi ko‘rinishga oid madaniyatni shakllantirish uchun sharoitlar yaratish;
universitetning davlat va jamiyat hayotidagi hamda taʼlim tizimidagi nufuzi, obro‘-eʼtiborini asrab-avaylash va yanada oshirish.
|
| |