|
-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi
|
bet | 4/14 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 39,2 Kb. | | #252546 |
Bog'liq Odob axloq qoidalari-20219-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi
Universitetning xodim, talaba va doktorantlari o‘z faoliyati samaradorligini innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va boshqa yo‘llar bilan doimiy ravishda oshirib boradilar.
Universitetning xodim, talaba va doktorantlari, o‘z navbatida universitet mulkiga, o‘zining va boshqa shaxslarning vaqtiga masʼuliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.
3-BOB. KORRUPSIYAGА QАRSHI KURАSHISH
10-modda. Korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishini qabul qilmaslik
Universitetning xodim, talaba va doktorantlari korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzda namoyon bo‘lishiga qarshi hamjihatlikda qonuniy choralarni ko‘radilar.
Xodim, talaba va doktorantlar korrupsiyaga qarshi kurashishlari va uning profilaktikasiga faol ko‘maklashishlari, shuningdek, universitet hududida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘z faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari, yuqori axloqiy qadriyatlar va prinsiplarga sodiq qolgan holda qonun ustuvorligiga qatʼiy rioya etishlari shart.
Universitetning xodim, talaba va doktorantlari o‘z mavqeidan foydalangan holda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan ularning manfaatlarini ko‘zlagan holda muayyan harakatni bajarishi yoki bajarmasligi evaziga bevosita o‘zi yoki vositachi orqali pul, qimmatli qog‘ozlar, moddiy boyliklar, sovg‘alar, ssudalar, mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan xizmatlar olishi taʼqiqlanadi.
4-BOB. XODIM, TАLАBА VА DOKTORАNTLАRNING YURISH-TURISH VА RАSMIY MULOQOTIGА OID TАLАBLАR
11-modda. Universitetda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar
Universitetning xodim, talaba va doktorantlari o‘z o‘qish va kasbiga mos bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim.
Universitetning xodim, talaba va doktorantlari universitetga turli diniy konfessiyalarga xos ibodat libosida, shortik, yirtiq va yamoq kiyim, sport kiyimi va poyabzalida kelishi, ularning odamlar diqqatini tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, metall zanjirlar va boshqa diqqatni tortadigan taqinchoqlar, pirsingda, soqolini o‘stirgan holda, ro‘molni tomog‘ining ostidan bog‘lagan (biriktirilgan) tarzda yoki yuzini qoplagan holda o‘rab universitetga kirishi va shu holatda universitetda yurishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talaba-qizlar universitetga och rangli va yorqin rangda bo‘lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Universitet xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan erkaklar oq, havorang yoki boshqa och rang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum, to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim. Bunda, talabalar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto, kurtka kabilar)da yurishlari taʼqiqlanadi.
Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bo‘lishi lozim.
|
| |