Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
16.5. Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy 
 javobgarlikdan ozod qilish
2001-yil 29-avgustda Jinoyat kodeksiga yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish haqidagi 
66'-modda kiritildi. Unga ko'ra, birinchi marta Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir 
etgan shaxs, agar u o'z aybiga iqror bo'lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Yarashuv instituti jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi sifatida shaxsning 
aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini tugatish uchun asos bo'ladi'. Yarashilganlik munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish, aybini bo'yniga olib arz qilishga o'xshaydi va xuddi shu kabi belgilarga ega. Ammo 
yarashganlikning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, bu uni aybini bo'yniga olib arz qilish asosida javobgarlikdan ozod 
qilishdan farqlash imkonini beradi. Yarash-ganlik asosida javobgarlikdan ozod qilish zararni qoplash va jabrlanuvchi 
tomonidan ayblanuvchini kechirish asosida amalga oshiriladi. Aybini bo'yniga olib arz qilishda.esa, dastlabki tergov 
yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. 
Ayblanuvchi va jabrlanuvchining yarashganligi qonuniy va ixtiyoriy bo'lganligini belgilash uchun quyidagi 
shartlar mavjud bo'lishi lozim: 
1) Jinoyat kodeksining 66
1
-moddasida ko'rsatilgan jinoyatlardan birining sodir etilganligi; 
2) aybini tan olishi; 
3) yetkazilgan zararning qoplanishi. 
Jinoyat kodeksining 66-moddasida ko'rsatilgan jinoyatlardan birining sodir etilishi yarashganlikni ifodalovchi 
boshqa elementlar bo'lganda, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo'lishi mumkin. Yarashuv to'g'risida 
ish yuritish mumkin bo'lgan jinoyat tarkiblari Jinoyat kodeksining 661-moddasida qat'iy belgilangan bo'lib, uning 
doirasi kengaytirib talqin etilishi mumkin emas. 
Ular quyidagilar: 
Jinoyat kodeksining 105-moddasi, 1-qismi (qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish), 106-moddasi (kuchli 
ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish), 107-moddasi (zaruriy mudofaa 
chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og'ir shikast yetkazish), 108-moddasi (ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og'ir shikast yetkazish), 109-moddasi 
(qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 110-moddasining birinchi qismi (qiynash), 111-moddasida (ehtiyotsizlik 
orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish), 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari (tanosil 
kasalligini tarqatish), 115-moddasi (ayolni o'z homilasini sun'iy ravishda tushirishga majburlash), 116-moddasining 
birinchi va ikkinchi qismlari (kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 117-moddasining birinchi 
qismi (xavf ostida qoldirish), 121-moddasining birinchi qismi (ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 122-moddasi 
(voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash), 123-moddasi (ota-onani 
moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash), 125-moddasining birinchi qismi (farzandlikka olish sirini oshkor qilish), 136-
moddasi (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to'sqinlik qilish), 139-moddasining birinchi va 
ikkinchi qismlari (tuhmat), 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari (haqorat qilish), 149-moddasi (mualliflik yoki 
ixtirochilik huquqlarini buzish), 167-moddasining birinchi qismi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish), 
168-moddasining birinchi qismi (firibgarlik), 169-moddasining birinchi qismi (o'g'rilik), 170-moddasining birinchi 
qismi hamda ikkinchi qismi, «b» va «v» bandlari (aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan mulkiy zarar 
yetkazish), 172-moddasi (mulkni qo'riqlashga vijdonsiz munosabatda bo'lish), 173-moddasining birinchi qismi (mulkni 
qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 185
2
-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan 
foydalanish qoidalarini buzish), 192-moddasi (raqobatchini obro'sizlantirish), 260-moddasining birinchi qismi 
(temiryo'l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 266-


128 
moddasining birinchi qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish), 268-
moddasining birinchi qismi (transportning xavfsiz ishlashini ta'minlashga doir qoidalarni buzish), 298-moddasining 
birinchi qismi (mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish). 
Ushbu moddada ко 'rsatilgan jinoyatlar uncha og'ir bo'lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar 
toifasiga kiradi. Oliy sud yarashish jarayoni, nafaqat, бб'-moddada ko'rsatilgan jinoyatlar sodir etilganida, balki boshqa 
moddalarga nisbatan ham yarashish munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishni qo'llash mumkinligini belgilaydi. 
Ammo bu holda ushbu asosni qo'llash huquqi javbrlanuvchi va ayblanuvchiga emas, balki, sudga tegishlidir. Oliy sud 
sudlar tomonidan yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat -
larni sodir etilganlarga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiqliligiga e'tibor berilishi lozimligini, albatta, Jinoyat 
kodeksining 65—66-moddalarida yoxud 70—71-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilish masalasini 
muhokama qilinishi lozimligini belgilaydi. 
YarashilganUk munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishning yana bir sharti — shaxs tomonidan birinchi 
marta jinoyat sodir etilganligi. Birinchi marta jinoyat sodir etish — bu shaxsning sudlanganlik holatiga ega emasligi, 
sud yoki tergovdan yashirin-maganligini bildiradi. 
Yarashilganlik munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish jabrlanuvchining aybdorni kechirishi va o'zining 
talabidan kechishi hamdir. Bu moddani qo'llashda yarashish haqidagi tashabbusning kimdan chiqqanligini (ayblanuvchi 
yoki jabrlanuvchi) ahamiyati yo'q. Asosiysi jabrlanuvchining ayblanuvchi bilan yarashganligi (zararni qoplaganligi 
tufayli uni kechirganligi) haqidagi rasmiy tartibda murojaat qilganligidir. 
Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlik 
uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlan-magan shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi. 
Jinoyat-protsessual kodeksining 62-bobida yarashuv to'g'risidagi ishlarni yuritishning maxsus tartibi belgilangan 
bo'lib, yarashuv to'g'risidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv 
va dastlabki tergovning, shuningdek, sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonasiga kirmasdan 
oldin berilishi mumkin. Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilganligi, shuningdek, yarashilganligi munosabati bilan 
jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risidagi iltimos bo'lishi shart. Yarashuv bitimi bo'yicha jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilingandan so'ng bu jinoyat bo'yicha qaytadan jinoiy ish yuritish mumkin emas. 
Jinoyat kodeksining бб'-moddasi yarashilganlik tufayli javobgarlikdan ozod qilishni majburiyat qilib 
belgilamay, balki, huquq sifatida belgilaydi. Bunda yarashganlik faktidan tashqari qilmishning ijtimoiy xavfliligini va 
jinoyat sodir etgan shaxsni javobarlikdan ozod qilishning maqsadga muvofiqligini ifodalovchi obyektiv va subyektiv 
omillar hisobga olinishi lozim. Bunday holatlarga faktik ma'lumotlar, ayblanuvchining shaxsiy xususiyatlari va 
yarashishning maqsadini kiritish mumkin. 
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2001-yil 2-noyabrdagi «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi 
munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik 
to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini sud 
amaliyotida qo'llash haqidagi qarorida Jinoyat kodeksining 66
1
-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 
shaxsni javobgarlikdan ozod qilish uchun ayni vaqtda uch holat: o'z aybiga iqrorligi; jabrlanuvchi bilan yarashganligi va 
yetkazilgan zararni qoplaganligi talab etilishi belgilangan. Plenum qarorida yetkazilgan zarar qoplanmagan bo'lsa-da, 
jabrla-nuvchining zararni qoplash talablaridan voz kechganligi ham kodeksning 66'-moddasini qo'llashga asos bo'lishini 
e'tiborga olish lozimligi belgilangan. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish