• 4. Jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi deganda nimani tushunasiz 5. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararning xususiyati deganda nimani tushunasiz
  • 8. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar deganda nimani tushunasiz 9. Jazoni ogirlashtiruvchi holatlarning huquqiy ahamiyati nimalarda ifoda-lanadi
  • 12. Bir necha hukmlar boyicha jazo tayinlash tartibi qanday 16-bob. JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING TURLARI
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet111/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

     
    NAZORAT SAVOLLARI 
    1. Jazo tayinlashning umumiy asoslari deganda nimani tushunasiz? 


    121 
    2. Sud jazo tayinlashda nimalarni hisobga olish kerak? 
    3. Jinoyatlarning xususiyati deganda nimalarni tushunasiz? 
    4. Jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi deganda nimani tushunasiz? 
    5. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararning xususiyati deganda nimani tushunasiz? 
    6. Jinoyat tufayli yetkazilgan zararning miqdorlarini bayon eting. 
    7. Aybdorning shaxsi deganda nimalarni tushunasiz? 
    8. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar deganda nimani tushunasiz? 
    9. Jazoni og'irlashtiruvchi holatlarning huquqiy ahamiyati nimalarda ifoda-lanadi? 
    10. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi qanday? 
    11. Bir necha jinoyatlar yuzasidan qo'shimcha jazolarni tayinlash tartibi qanday? 
    12. Bir necha hukmlar bo'yicha jazo tayinlash tartibi qanday? 
    16-bob. JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING TURLARI
    16.1. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va uning turlari 
     
     
     
    Jinoyat qonuniga muvofiq, sodir etgan qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo'Igan, shuningdek, jinoyat sodir 
    etishda aybdor deb topilgan shaxs ham jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish 
    instituti sodir etilgan qilmish Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish (26-
    modda), muayyan jinoyat tarkibi mavjud bo'lgari, ammo kam ahamiyatli qilmish (36-modda), zaruriy mu-dofaa (37-
    modda), oxirgi zarurat (38-modda), ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (39-mod-
    da), buyruq yoki vazifani ijro etish, kasb yoki xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'Igan asosli tavakkalchilik kabi jinoyat 
    huquqiy munosabatlarda qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar tushunchasi bilan ifodalanuvchi holatlardan 
    farq qiladi. Chunki jinoiy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi normalar sodir etgan qilmishi jinoyat bo'lmagan 
    shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bunday qilmishlar aybsizlik mezoni bilan baholanadi. 
    Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shaxsni oqlashdan ham farq qiladi. Shaxsni oqlash, oqlovchi hukm 
    chiqarishga asos bo'Igan jinoyat tarkibining mavjud emasligi yoki sodir etilgan jinoyatga shaxsning aloqador emasligida 
    ifodalanadi. 
    Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun ikki belgi mavjud bo'lishi lozim: 
    a) shaxsning jinoyat tarkibi mavjud bo'Igan qilmishni sodir etishi, shuningdek, uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 
    barcha asoslarning mavjud bo'lishi; 
    b) mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun barcha qonuniy asos va shart-sharoitlarning mavjud 
    bo'lishi. 
    Shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibi belgilarining mavjud bo'lmasligi, uni jinoiy 
    javobgarlikka tortish uchun asos bo'lmaydi. 
    Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish o'z mazmuniga ko'ra, shaxsni sodir etilgan qilmishning huquqiy oqibatlaridan 
    ozod qilishdan iboratdir. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan har qanday asoslarga ko'ra ozod qilish qilmishning huquqiy 
    tabiatini o'zgartirmaydi. Chunki sodir etilgan qilmish doimo jinoyat bo'lib qolaveradi va o'z mohiyatini o'zgartirmaydi. 


    122 
    Demak, 
    jinoiy javobgarlikdan ozod qilish ~ 
    vakolatli davlat organining sudlov yoki ayblovni bekor qilish
    shuningdek, jinoyat sodir etishda aybdor bo'Igan shaxsga nisbatan davlat majburlov chorasini qo'llashni bekor qilish 
    haqidagi akti. 
    Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish ikkiga bo'linadi: 
    • 
    birinchisi 
    shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o'tganligi yoki amnistiya akti asosida jinoiy 
    javobgarlikdan ozod qilish. 
    Qonunda ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'Igan hollarda jinoyat ishini ko'rayotgan surishtiruv, tergov organlari va 
    sud shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishi va jinoyat ishini yuritishni tugatishi lozim. Bu Jinoyat kodeksining 64-
    moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o'tishi yoki amnistiya aktining qo'llanishi to'g'risidagi 
    qoidalardan kelib chiqadi. 
    Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ikkinchi turiga, javobgarlikdan ozod qilishning qolgan barcha turlari 
    kiradi: qilmish yoki shaxsni ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi munosabati bilan; aybdorning o'z qilmishiga chin 
    ko'ngildan pushaymon bo'lganligi munosabati bilan; yarashganlik munosabati bilan; kasalligi tufayli javobgarlikdan 
    ozod qilish (65—67-moddalar) va voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov chorasini qo'llagan holatda javob-
    garlikdan ozod qilish (88-modda) kiradi. Bu moddalarda ko'rsa-tilgan holatlar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud 
    uchun majburiyat keltirib chiqarmaydi, balki bu ularning huquqlari bo'lib hisoblanadi. Bu Jinoyat kodeksining jinoiy 
    javobgarlikdan ozod qilish haqidagi moddalarida belgilangan: «Jinoyat sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod 
    qilinishi mumkin», degan qonuniy asosga ko'ra belgilanadi. 
    Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning umumiy sharti shaxsning ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir 
    bo'lmagan jinoyat sodir etganligi hisoblanadi. 
    Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan qilmish deganda, qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko'p bo'lmagan 
    muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar tushuniladi. 
    Uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarga esa, qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko'p bo'lmagan 
    muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir 
    etilib, qonunda besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar 
    kiradi. Masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o'ldirish (Jinoyat kodeksining 100-
    moddasi), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish (Jinoyat 
    kodeksining 106-moddasi). 
    Jinoyat kodeksining 65-67-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilishda jinoyatning tasnifidan tashqari 
    boshqa holatlar, yetkazilgan zararning xususiyati, aybdorning shaxsi va ijtimoiy xavflilik darajasi ham e'tiborga olinishi 
    lozim, bundan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish maqsadga muvofiqliligi kelib chiqadi. Bunday holatlarga: 
    jinoyat tufayli yetkazilgan zararning aniq miqdori va uni qoplanganligi haqidagi rasmiy ma'lumotlar, Fuqarolik 
    kodeksida ko'rsatilgan jismoniy va ma'naviy zararning qoplanganligi, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi 
    ko'rilayotgan shaxs haqidagi ma'lumotlar, shuningdek, boshqa ma'lumotlar (oilaviy ahvoli, nima bilan shug'ullanishi va 
    boshqalar) kiradi. Jinoyat protsessual qonunchiligida belgilangan dalillar va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shartlari 
    aniqlangan bo'lishi lozim. 
    Yuqorida ko'rsatilgan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turidan farqli ravishda, kasalligi tufayli yoki shaxs 
    ijtimoiy xavfliligini yo'qotganligi, javobgarlikka tortish muddatining o'tishi, shuningdek, amnistiya akti bilan 
    javobgarlikdan ozod qilishda sodir etilgan jinoyatning aniq bir turi ko'rsatilmagan. Bunday ozod qilish ijtimoiy xavfi 
    katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni sodir etgan shaxs bilan bir qatorda og'ir va o'ta og'ir jinoyat sodir 
    etgan shaxslarga nisbatan ham qo'llaniladi. 
    Ikkinchi farqi shundaki, javobgarlikka tortish muddatining o'tishi bilan yoki amnistiya akti asosida jinoiy 
    javobgarlikdan ozod qilish jinoiy ishni ko'rayotgan surishtimv organlari, prokuratura va sud uchun qonunda belgilangan 
    holatlar aniqlangan vaqtdan boshlab majburiy hisoblanadi. 
    Jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish tushunchasi bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi: 


    Download 53,9 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish