|
Dinshunoslik kiber makonda diniy e`tiqod targ`ibotining ijtimoiy xavfi reja
|
bet | 1/4 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 3,02 Mb. | | #259150 |
Bog'liq 11-MAVZU. DINSHUNOSLIK
DINSHUNOSLIK
Kiber makonda diniy e`tiqod targ`ibotining ijtimoiy xavfi
REJA:
1.Kibermakon tushunchasi va uning mazmun-mohiyati
2.Axborot urushi va uning mazmuni
3.Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari
4.Yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlaridan asrashning dolzarb masalalari
KIBERMAKON TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUN-MOHIYATI
Kibermakon dunyo kompyuter tarmoqlarining «virtual» umumiy majmui.
Ushbu atama 1984 yilda Uilyam Gibsonning «Neyromant» («Neuromancer») romanida qo‘llanilgan, hozir esa global axborot makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Telefon suhbatlari, «chatlar», turli onlayn bahslar, kompyuter aloqasi kibermakonda amalga oshirilmoqda.
VIRTUAL VOQELIKKA KIRIB BORISHNING ZAMONAVIY VOSITALARI SIFATIDA QUYIDAGILARNI AYTISH MUMKIN:
onlayn pultli o‘yinlar
internetga chiqish imkoniyati mavjud mobil telefonlar
tarmoqdan tashqarida foydalanish imkonini beruvchi dasturiy ta'minotlar
video qurilmalar
Kibermakonda diniy jarayonlar ko‘rinishlari quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
muloqot
amaliyot
missionerlik
ma'lumot
ta'lim
marketing
shifo va boshqalar
tajriba
KIBERMAKONDA DINIY JARAYONLAR
Kompyuter-media vositalari diniy amaliyotga chuqur singib ketishi natijasida kibermakon muhim rituallar maydoniga hamda muayyan dinga targ‘ib qilish manbai va vositasiga aylangan.
Bundan tashqari jamiyatdan uzoqlashgan ma'lum bir yoshlar va ayollarni kiber-ma'naviyat rasmiy ibodatxonalardan ko‘ra ko‘proq o‘ziga jalb etadi.
Shuningdek, onlayn-jamoalar tez suratlar bilan o‘zgarayotgan dunyoda «to‘g‘ri yo‘l»da bo‘lishning amaliyoti qanday bo‘lishiga oid savol va mulohazalarni muhokama qiluvchi muhim «maydon»ga aylandi.
MISSIONERLIK - Muloqotga kirishishning yana bir ko‘rinishi bo‘lgan missionerlik, ma'lum diniy ta'limning o‘sishi va ta'siri doirasining kengligi bois alohida ko‘rib o‘tish zarur.
- Bugungi kunda din va e'tiqod erkinligi huquqi eng bahsli masaladir.
- Muammoli jihati shundaki, yangi murojaat qilganlarni dinga targ‘ib qilinishi agressiv ruhda amalga oshirilayotgani bilan belgilanadi.
- Diniy va ma'naviy ehtiyojga mos keladigan barcha narsani sotib olish mumkin.
- Diniy tanishuv saytlarida esa qalban mos insonni topish oddiy bosqichlarda amalga oshiriladi.
Muqaddas matnlarning marketingi internet orqali katta biznesga aylandi
Biroq hozirga kelib ilmiy doirada «axborot urushi» kategoriya sifatida rasmiylashdi.
Qadim davrlardan buyon axborotni o‘zaro urush va nizolar jarayonida hujum uyushtirish yoki himoyalanish resursi sifatida talqin etishga urinishlar bo‘lib keladi.
Axborot har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur bo‘lib, u nafaqat, to‘qnashuv paytida optimal xatti-harakatlarni amalga oshirish, balki, maqsadga yo‘nalgan faoliyatni boshqarish imkonini beradi.
Insonlararo o‘zaro munosabatlardagihar qanday ziddiyat – buaxborotlar ziddiyatidir.
|
| |