|
INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROT XURUJLARI
|
bet | 4/4 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 3,02 Mb. | | #259150 |
Bog'liq 11-MAVZU. DINSHUNOSLIKINTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROT XURUJLARI
Bugungi kunda bir necha yirik terrorchi tashkilotlar o‘z saflariga faol tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan 17-35 yosh oralig‘ida bo‘lgan kishilarni yollamoqda
Bunda psixologik ta'sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq a'zolarining sahifalari, qo‘yilayotgan rasmlar, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat mavzularini puxta o‘rganadi
Mavzuga oid materiallar internetning Facebook, Odnoklassniki, VKontakte, Telegram, Twitter,“Tik-tok” ,WhatsApp kabi keng auditoriyaga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn, fotosurat, stiker rasmlar, audio-video rolik) jo‘natiladi va o‘zaro aloqa yo‘lga qo‘yiladi
AXBOROT XURUJLARIGA SABAB BO’LUVCHI OMILLAR
Internet orqali aloqa bog‘lashning osonligi
Foydalanuvchilarsonining ko‘pligi
Aloqaning anonimligi
Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklanganligi
Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi
Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi
YOSHLARNI INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROT XURUJLARIDAN ASRASHNING DOLZARB MASALALARI
Ming afsuski, manfur kuchlar asosan ilm va ma'rifatdan yiroq, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmagan kishilarni, asosan yoshlarni jalb etishga intilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali «jihod», «takfir», «shahidlik», «hijrat» tushunchalarini noto‘g‘ri talqin etgan holda o‘z Vatanlarini tark etishga urinmoqda
Umumiy ma'noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma'lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi.
Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, hech bo‘lmaganda«Bu axborotni kim uzatayapti?», «Nima uchun uzatayapti?» va «Qanday maqsadda uzatayapti?»degan savollarni o‘z-o‘ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak.
ISLOM DINI KO‘RSATMALARIDA HAM NAQL QILINGAN BIROR XABARGA ISHONISHDAN AVVAL UNI TEKSHIRIB, ANIQLAB OLISH TALAB ETILADI:
Qur'oni karimda shunday deyiladi: Ey, mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz! (Hujurot, 6).
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
|
| |