|
DIN NIQOBIDAGI MAFKURAVIY TAHDIDLARNING NAMOYON BO‘LISH SHAKLLARI
|
bet | 3/4 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 3,02 Mb. | | #259150 |
Bog'liq 11-MAVZU. DINSHUNOSLIKDIN NIQOBIDAGI MAFKURAVIY TAHDIDLARNING NAMOYON BO‘LISH SHAKLLARI
1
- G‘oyalar kurashi avj olgan bugungi kunimizda yoshlar ma'naviyatiga tajovuz solayotgan tahdidlar qatorida, dinni niqob qilib, diniy qadriyatlarimizni oyoqosti qilishga urinayotgan ekstremistik va missionerlik harakatlarining faoliyati jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
2
- Johillik ham mutaassib oqimlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardan biriga aylandi.
3
- Mamlakatimiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan materiallardan ta'sirlanayotgan va to‘g‘ri yo‘ldan adashayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi.
Yoshlar hayotida global tarmoqning o‘rni tobora oshib bormoqda
Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o‘zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan eng ko‘p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanar ekan
.
YOSHLARNI INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROT XURUJLARIDAN ASRASHNING DOLZARB MASALALARI
O‘zbekistonda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi jadal sur'atlar bilan kengayib bormoqda. So‘nggi o‘n yilda global tarmoqdan foydalanuvchilar o‘n barobarga oshgan.
Tarmoq orqali axborot izlash, qabul qilish, uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar sonining tobora ortib borishini ta'minlamoqda.
Mamlakatimizda2021yilningyanvaroyiholatigako‘rainternetdanfoydalanuvchilarsoni(mobilinternetfoydalanuvchilaribilanqo‘shibhisoblaganda)24,7millionnitashkiletganbo‘lsa, 2022yilyanvaroyidaesabuko‘rsatkich 27,2millionni tashkil etadi
YOSHLARNI INTERNET VA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROT XURUJLARIDAN ASRASHNING DOLZARB MASALALARI
Global tarmoq – ulkan resurs. Biroq, bu resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishi ham juda jiddiy masalalar sirasiga kiradi.
Bugungi kunga kelib, internet tarmog‘ida ma'naviy-axloqiy tubanlikni targ‘ib etuvchi sahifalarning soni bir necha yuz millionni tashkil etgan.
Ushbu fakt va raqamlar internet sanoati rivojlanib borayotgan davrda kishilarning axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik, ogohlik va ziyraklik bilan munosabatda bo‘lishlarini taqozo etadi.
|
| |