|
Dinshunoslik kiber makonda diniy e`tiqod targ`ibotining ijtimoiy xavfi reja
|
bet | 2/4 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 3,02 Mb. | | #259150 |
Bog'liq 11-MAVZU. DINSHUNOSLIKAXBOROT URUSHI VA UNING MAZMUNI
AXBOROT URUSHI - Manbalarda ta'kidlanishicha, «axborot urushi» atamasi ilk bor 1976 yil «Boeing» kompaniyasi uchun tayyorlangan «Qurol tizimi va axborot urushi» deb nomlangan hisobotda Tomas Rona tomonidan ishlatilgan.
- Hujjatda mutaxassis axborot infratuzilmasi AQSh iqtisodiyotining muhim komponentiga aylanib borayotgan axborot sohasi ham urush, ham tinchlik holatlarida nozik, zaif tarmoq bo‘lib qolayotganini ta'kidlagan.
- «Sovuq urushi»ning nihoyasi va AQSh oldida yangi vazifalar paydo bo‘lishi bilan «axborot urushi» atamasi mudofaa vazirligi hujjatlariga kiritildi.
- 1991 yil «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi.
AXBOROT URUSHI
AXBOROT URUSHI
Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy strategiyani ta'minlashda axborot borasida ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni ifoda etadi.
Bunda raqib tomon axborot tizimlariga ta'sir o‘tkazish bilan bir vaqtda o‘z axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham axborot resurslaridan foydalanish, axborot almashinuvi va umuman, axborotlashtirishga doir qonun xujjatlari majmui shakllantirildi.
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida«Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan»– degan qoida o‘z aksini topgan.
DIN NIQOBIDAGI MAFKURAVIY TAHDIDLARNING NAMOYON BO‘LISH SHAKLLARI
Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallashga bo‘lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo‘lishga harakat qilishi, ya’ni maksimalizm kabi ma'naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko‘rsatish lozim.
«Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qo‘l urgan bo‘lasan, kerak bo‘lsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e'tibor berilayotganini ko‘rsatadi.
|
| |