111
Sudlar aybdorga nisbatan o'lim jazosini qo'llash masalasini hal qilishda va bu jazo chorasi, nafaqat, ishda
javobgarlikni og'irlashtiradigan alohida holatlar mavjud bo'lganda va jinoyat sodir etgan shaxs jamiyat uchun mutlaqo
xavfli shaxs, deb topilgandagina eng oxirgi chora sifatida tayinlanishi mumkinligini hisobga olishlari zarur. O'lim
jazosini qo'llash haqida qaror qabul qilayotib, sud hukmining tavsif qismida bunday qarorga kelishning, sodir etilgan
jinoyat og'irligining aniq mazmuni va aybdorning shaxsi bo'yicha ma'lumotlarni ochib beruvchi asoslarni to'laligicha
keltirish lozim'. O'lim jazosini ijro etish uchun sudning hukmi, farmoyishi hamda avf etish to'g'risidagi iltimosnomani
rad etish yoki avf etishni rad etish to'g'risidagi xabarnoma asos bo'ladi
2
.