O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

Intizomiy qismgajo 'natish 
faqat muddatli harbiy 
xizmatchilarga nisbatan qo'llaniladigan asosiy jazo turidir. Jazoning ushbu turi jinoyatning maxsus subyektiga nisbatan 
qo'llaniladi. Uning boshqa shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas. 
Muddatli harbiy xizmatchilarga umumiy safarbarlik asosida va muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan oddiy 
askarlar, serjantlar, shuningdek, ofitserlar tarkibida xizmatni o'tayotganlar kiradi. 
Bu jazo tunning asosiy xususiyati shundaki, u faqat jinoyat qonuni normasi sanksiyasida ko'rsatilgan hollardagina 
qo'llaniladi. 
Jazoning mohiyati — harbiy xizmatchini sud hukmida ko'rsatilgan muddatga maxsus ichki tartibi ancha qattiq 
bo'lgan harbiy qismga jo'natishda ifodalanadi. Jazoni o'tashda maxsus ichki tartib qoidaga amal qilinadi. 
Intizomiy qismga jo'natish asosiy jazo turi bo'lib, uning ijrosi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Intizomiy qismda mahkumlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ta'tillar beriimaydi. 
Qonunda intizomiy qismda jazoni o'tash muddati belgilangan bo'lib, u Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi 
moddalarida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan bir yilgacha bo'lgan muddatga tayinlanadi. Shuningdek, sud ish 
holatlarini va mahkumning shaxsiga taalluqli ma'lumotlarni hisobga olgan holda uch yildan ko'p bo'lmagan muddatga 
ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'rniga shu muddatdagi intizomiy qismga jo'natish jazosini qo'llashi mumkin. 
Intizomiy qismda bo'lish muddati uch yilgacha qilib belgilanadi. 
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilganda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan ish holatlari deganda
jinoyatning og'irligi, uning oqibatlari, uning xususiyati va boshqa holatlar tushuniladi. Bunda sud javobgarlikni 
yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarini hisobga olishi lozim. 
Mahkumning shaxsini xususiyatlovchi belgilarga davlat mukofotlari olganligi, sudlanganligi, uning tugaganligi 
yoki olib tashlanganligi yoxud jazoni ozodlikdan mahrum etish joylarida o'taganligi e'tiborga olinadi. Sud hukmida jazo 
muddatining ko'rsatilmaganligi jinoyat qonunini buzish hisoblanadi, bu esa hukmning bekor qilinishiga asos bo'ladi. 
Mahkumlarning intizomiy qismda jazoni o'tash vaqti harbiy xizmat muddatiga qo'shilmaydi. Jazoni o'tagandan 
so'ng mahkum harbiy qismga jo'natiladi. Jazoni o'tash vaqtida harbiy xizmat muddati o'tmaganligi sababli, boshqa 
turdagi jazo bilan almashtirishga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Agar jazoni o'tash davomida mahkum harbiy xizmatga 
layoqatsiz, deb topilsa, unga nisbatan bu jazo chorasining ijro etish to'xtatilishi lozim. Bunda sud jazoni o'talmagan 
qismini yengilrog'i bilan almashtirishi yoki jazodan ozod qilish masalasini ko'rib chiqishi lozim. 
Jinoyat-ijroiya kodeksining 160-moddasiga ko'ra, intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddatiga 
qo'shib hisoblash to'g'risidagi iltimosnoma sud tomonidan Jinoyat-protsessal kodek-sida belgilangan tartibda ko'rib 
chiqiladi. Intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddatiga kiritib hisoblash to'g'risidagi masala garnizon 
harbiy sudining sudyasi tomonidan jazoni o'tash muddati o'tgach qo'mondonlikning iltimosiga ko'ra ko'rib chiqiladi
1

• 
birinchidan, 
harbiy xizmatchi Jinoyat kodeksining «Maxsus» qism moddasida nazarda tutilgan harbiy xizmatni 
o'tash tartibiga qarshi jinoyatni sodir etsa. Bu jazo muqobil jazo sifatida Jinoyat kodeksining 279-moddasi — 
«Bo'ysunmaslik», 280-modda — «Buyraqni bajarmaslik», 281-modda — «Boshliqqa qarshilik ko'rsatish yoki uni 
xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish», 283-modda — «Badanga shikast yetkazish» kabi jinoyatlar uchun 
tayinlanishi mumkinligi ko'rsatilgan; 

ikkinchidan, 
bu jazo harbiy soha bilan bog'liq bo'lmagan jinoyat sodir etgan harbiy shaxslar uchun ham qo'llaniladi. 
Buning uchun qonunda uch sharti ko'rsatilgan: 
a) sodir etilgan jinoyatning xususiyati ozodlikdan mahrum qilish jazosini intizomiy qismga jo'natish jazosi bilan 
almashtirish imkonini bersa


107 
b) mahkumning shaxsi ham ushbu talabga javob berishi; 
d) intizomiy qismga jo'natish jazosi bilan almashtirilayotgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi uch yildan ortiq 
bo'lmasligi lozim. 
Birinchi shart shuni anglatadiki, harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan jinoyat uncha og'ir bo'lmagan, og'ir 
yoki o'ta og'ir jinoyat bo'lmasligi lozim. Agar intizomiy qismga jo'natish jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'rniga 
tayinlansa, harbiy qismda bo'lish muddatining bir kuni ozodlikdan mahrum etish jazosining bir kuniga tenglashtiriladi 
(61-modda). Ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilganda ish holatlari va mahkum shaxsini tasdiqlovchi 
xususiyatlar e'tiborga olinadi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish