Jinoiy jazo tizimi, turlari va uning ahamiyati




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
14.3. Jinoiy jazo tizimi, turlari va uning ahamiyati
Jazo jinoyat huquqining muhim institutlaridan biri bo'lishi bilan bir qatorda, jinoiy javobgarlikni amalga 
oshirishning asdsiy shakllaridan hisoblanadi. Qilmishning jazoga sazovorligi jinoyat qonunini ijtimoiy munosabatlarga 
ta'sir etish vositasiga aylantiradi, huquqiy normalarni inson, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish mexanizmiga 
aylantiradi. 
Sudning qonunni qo'llovchi vazifasi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan aniq jazo turining sud hukmida 
belgilanishida namoyon bo'ladi. Sud maksimal darajadagi individuallashtirilgan jazo tayinlash uchun jinoyatning 
xususiyati va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligini e'tiborga oladi. 
Jinoyat kodeksining 43-moddasida jazo tizimi berilgan bo'lib, unda jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilgan 
shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan jazo turlari ko'rsatilgan. Jinoyat kodeksining 43-moddasida belgilangan jazo tizimi 
sodir etilgan jinoyatning og'irligi yoki uncha xavfli emasligi nuqtayi nazaridan jinoyat huquqi nazariyasiga muvofiq 


100 
bo'lishi to'g'risidagi fikrlarga mos keladi. Avvalgi Jinoyat kodeksidan farqli ravishda yangi Jinoyat kodeksidagi jazo 
tizimi o'zining og'irligi nuqtayi nazaridan yuqoridan pastga qarab emas, balki pastdan yuqoriga qarab belgilangan. Jazo 
tizimining bunday tartibda belgilanishi o'zida «insonparvarlik» prinsipini to'liq aks ettiradi. 
Sud aybdorga nisbatan faqat jinoyat qonunida nazarda tutilgan jazo turinigina qo'llashi mumkin. Bu qonuniylik 
va davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatini, jazolash funksiyasini amalga oshirihshini ta'minlaydi. 
Jazo tizimi yengilidan og'iriga qarab joylashtirilgan jazo turlari yig'indisidir. Yangi Jinoyat kodeksida 
belgilangan jazo tizimida awalgi jinoyat qonunidagi bir qancha jazolar: badarg'a, surgun, vazifasidan bo'shatish, 
yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash, jamoat izzasi kabi jazolar o'rin olmagan. Buning sababi yuqoridagi 
jazolarining amalda ijobiy natija bermaganligidadir. 
Jinoyat huquqida jazo tizimi umumiy prinsiplar asosida tizimlashtirilgan. Unda qonuniylik, fuqarolarning qonun 
oldida tengligi, odillilik va insonparvarlik prinsiplari mustahkamlangan. Jinoyat kodeksida ko'rsatilgan jazo tizimining 
quyidagi element-larini ko'rsatib o'tish mumkin: 
1) davlat nomidan qo'llanilishi orqali sudlanuvchini tarbiya-lashga, jinoiy faoliyatining oldini olishga, shuningdek, 
umumiy maxsus prevensiyaga erishish mumkin bo'lgan jazo tizimini tashkil qiluvchi elementlar sifatida faqat alohida 
davlat majburlov choralari ko'rsatiladi; 
2) jazo tizimi elementlari o'zaro bog'liq va biri-birini to'ldiradi. Jazo tizimining bu belgisi jazo samaradorligiga 
erishish uchun har tomonlama yondashishni bildiradi, ya'ni belgilangan maqsadga erishish biron-bir jazo chorasini 
qo'llashga emas, balki, sudlanuv-chiga kompleks ta'sir choralarining qo'llanilishi bilan bog'Hqdir. Bu belgi Jinoyat 
kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddasi normalarida muqobil jazo choralarining belgilanishi yoki qo'shimcha 
jazo chorasini qo'llanishida namoyon bo'ladi; 
3) Jinoyat qonunida belgilangan davlat majburlov choralari qat'iy bo'lib, uning kengaytirilishiga yo'l qo'yilmaydi. 
Jinoyat kodeksida ko'rsatilmagan jazo choralarining aybdorga qo'llanishi mumkin emas. Jinoyat kodeksidagi jazo 
tizimiga kiritilmagan jazo chorasi Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi sanksiyasiga ham kiritilishi mumkin emas; 
4) jazo tizimiga kiritilgan jazo turlari og'irlik darajasiga qarab joylashtirilgan bo'lib, yengilidan og'iriga qarab 
joylashtirilgan. 
Jamiyatda va davlatda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o'zga-rishlar va rivojlanish darajasi jazo tizimiga ta'sir 
qiladi; jazo turlari o'zgaradi, ba'zi jazolar o'z ahamiyatini yo'qotib, jinoyat qonu-nidan chiqariladi, yangi turlari esa, 
qonunga kiritiladi. 
1994-yilgi Jinoyat kodeksida jamiyat va davlatimizda so'nggi yillarda ro'y bergan o'zgarishlar e'tiborga olinib, 
jazo turlari quyidagicha joylashtirilgan: 
1) jarima; 
2) muayyan huquqdan mahrum qilish; 
3) axloq tuzatish ishlari; 
4) xizmat bo'yicha cheklash; 
5) qamoq; 
6) intizomiy qismga jo'natish; 
7) ozodlikdan mahrum qilish; 
8) o'lim jazosi. 
Yangi Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan: 


101 
1) jarima; 
2) axloq tuzatish ishlari; 
3) qamoq; 
4) ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan. 
1959-yilgi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimiga nisbatan yangi Jinoyat kodeksidagi jazo tizimida sezilarli 
o'zgarishlar mavjud. Jazo tizimidan jamoat izzasi, surgun badarg'a singari jazolar chiqarildi. 
Jinoyat qonunida belgilangan barcha jazo turlari: asosiy va qo'shimcha; muayyan muddat bilan bog'liq bo'lgan 
va muddat bilan bog'liq bo'lmagan; mahkumlarga nisbatan moddiy jafo keltiruvchi, ma'naviy jafo yetkazuvchi, ularning 
ayrim huquqlarini cheklovchi jazolar va o'limjazosiga bo'linadi. Asosiy jazoga quyidagilar kiradi: 
1) jarima; 
2) axloq tuzatish ishlari; 
3) xizmat bo'yicha cheklash; 
4) qamoq; 
5) intizomiy qismga jo'natish; 
6) ozodlikdan mahrum qilish; 
7) o'lim jazosi. 
Qo'shimcha jazoga harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish kiradi. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi 
munosabati bilan Jinoyat kodeksi jazo tizimidan mol-mulkni musodara qilish chiqarildi. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ham asosiy jazo sifatida, ham qo'shimcha jazo sifatida qo'llanishi 
mumkin. Umumiy va maxsus jazolar jazo chorasi subyektning maxsus belgilariga qarab qo'Haniladi. 
Umumiy jazolar, bu jinoyat subyekti belgilariga ega bo'lgan har qanday shaxsga nisbatan qo'llanishi mumkin 
bo'lgan jazo tizimidir. Maxsus jazo, qonunda qat'iy belgilangan subyektlar doirasiga qo'llaniladigan jazo chorasidir. 
Masalan, intizomiy qismga jo'natish va harbiy unvondan mahrum qilish faqat harbiylarga nisbatan qo'Haniladi. 
Muayyan muddat bilan bog'liq bo'lmagan va muayyan muddat bilan bog'liq bo'lgan jazolar qo'llanilayotgan 
jazoning xususiyatiga qarab ajratiladi. Muayyan muddat bilan bog'liq jazolarga sud tomonidan belgilanadigan, 
maksimal va minimal muddatlari ko'rsatilgan jazolar (ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq va 
muayyan huquqdan mahrum qilish) kiradi. 
Shunday jazolar ham borki, ularning ijrosi muayyan vaqt bilan bog'liq bo'lmaydi: jarima, harbiy yoki maxsus 
huquqdan mahrum qilish. Bundan tashqari, mahkumlarga nisbatan moddiy jafo keltiruvchi jazolar mavjud bo'lib, 
bunday jazolarga jarima jazosi misol bo'ladi. 
Mahkumlaruing ayrim huquqlarini cheklovchi jazolarga muayyan huquqdan mahrum qilish kiradi. 
Ma'naviy jafo keltiruvchi jazolarga xizmat bo'yicha cheklash, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish 
jazosi kiradi. Mahkumning ozodligini cheklovchi jazolarga qamoq, intizomiy qismga jo'natish, ozodlikdan mahrum 
qilish jazolari kiradi. 
Bundan tashqari, o'z mazmuni va qo'llanish xususiyatiga ko'ra mehnat, axloq tuzatish bilan bog'liq va bu bilan 
bog'liq bo'lmagan jazolar mavjud. Mehnat-axloq tuzatish bilan bog'liq jazolarga ozodlikdan mahrum qilish axloq 
tuzatish ishlari, kabi jazolar kiradi. Jinoyat kodeksida o'lim jazosi ham belgilangan. 
Jinoyat qonunida belgilangan jazo choralari tizimi qat'iy bo'lib, sud sudlanuvchiga nisbatan qonunda 
belgilangan jazo chorasidan boshqa biron-bir jazo chorasini qo'llay olmaydi. Jinoyat kodeksida belgilangan jazo tizimi, 
jazolash siyosatiga to'la mos kelib, o'zida jinoyat huquqi prinsiplarini to'liq ifodalaydi. Amaldagi jinoyat qonuni o'z 
xususiyati va mazmuniga ko'ra, turli jazo choralarini belgilab, jinoyatchilikka qarshi kurashda samaradorligini 
oshirishga xizmat qiladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jinoiy jazo tizimi, turlari va uning ahamiyati

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish