O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
14.4. Asosiy jazolar
Jarimaning 
jinoiy jazo sifatida jazo tizimiga kiritilganligi, awalo, uning hozirgi davrda muhim jazo choralaridan 
biri ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga jarimani qo'llash sud organlariga ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan 
qilmishlarga jazo tayinlashda imkon qadar jazo va javobarlikning differensiyasi hamda individualizatsiya qilishga 
yordam beradi. 
Jinoyat kodeksida jarima, aybdordan davlat daromadiga pul undirilishi, deb tushuntirilgan. Jinoyat kodeksining 
44-moddasida jarimaning miqdori eng kam oylik ish haqining besh barobaridan olti yuz barobarigacha miqdorda 
belgilanadi. 
Jarima davlatning majburlov chorasi sifatida aybdorga iqtisodiy ta'sir ko'rsatish orqali jinoyat sodir etgan 
shaxsning mulkiy huquqlarini cheklashdan iboratdir. Shuning uchun ham jarima jazo tizimida ko'rsatilgan jazo 
choralarining eng yengili hisoblanadi. 
1959-yilgi Jinoyat kodeksida jazoning miqdorini belgilash vakolati sudga berilgan edi. Yangi Jinoyat kodeksida 
jarimaning maksimal va minimal chegaralari belgilab qo'yildi. Jarima jazosi asosiy jazo sifatida tayinlanadi. 1959-yilgi 
Jinoyat kodeksida jarima asosiy va qo'shimcha jazo sifatida tayinlanishi mumkinligi belgilangan edi. 


102 
Olib borilgan tadqiqot natijalari ushbu jazo turining ta'sirchan ekanligini ko'rsatadi. Respublikamizda 
iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tganligi va mulkchilikning turli shakllari teng, deb e'lon qilingan sharoitda 
jarimaning jinoiy jazo sifatidagi roll juda kattadir. 
Agar jarima tegishli modda muqobil jazo chorasi sifatida sank-siyasida ko'rsatilgan bo'lsa, uni tayinlash orqali 
aybdorning mulkiy manfaatlariga ta'sir ko'rsatilib, jazoning maqsadiga (tarbiyalash va mahkum tomonidan yangi jinoyat 
sodir etilishining oldini olish) erishish mumkin bo'lgan taqdirdagina jarima qo'llaniladi. 
Jinoyat qonuniga ko'ra, jarima faqat pul miqdorida belgilanadi. Davlatning ushbu majburlov chorasini qo'llash 
haqidagi sud hukmida jarimaning aniq miqdori ko'rsatilishi lozim. Bunda jarimaning miqdori hukm chiqarilayotgan 
vaqtdagisiga qarab emas, balki jinoyat sodir etilgan vaqtdagi eng kam oylik ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi. 
Jinoyat kodeksida jarima jazosining minimal va maksimal miqdorlari belgilangan bo'lib, sud ushbu doiradagina 
jazo tayinlashi mumkin. Agar Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi muayyan moddasi sanksiyasida jarima jazosining 
minimal miqdori ko'rsa-tilmagan bo'lsa, Jinoyat kodeksining 44-moddasida belgilangan minimal miqdordan kam 
miqdorda jarima belgilanishi mumkin emas. 
Jarima jazosi miqdorini belgilashda jinoyatning og'irlik darajasi va sudlanuvchining moddiy ahvoli hisobga 
olinadi. Sudlanuvchining moddiy ahvolini baholashda quyidagilar e'tiborga olinishi lozim: 
1) qonun bilan taqiqlanmagan har qanday manbadan oladigan daromadlari. Bunday daromadlarga ish haqi, mulkiy 
daromadlar, tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlar kiradi; 
2) sudlanuvchiga mulk huquqi asosida, xo'jalik yurituv asosida, tezkor boshqaruv asosida, shuningdek, ijaraga olish 
asosida tegishli bo'lgan mol-mulk; 
3) uning qaramog'idagi shaxslar, masalan, voyaga yetmagan farzandlarining mavjudligi; 
4) sudlanuvchining mulki bo'yicha uchinchi shaxslar oldidagi majburiyati. Sudlanuvchining aliment to'lashi, zararni 
qoplashi, soliq to'lashi va boshqa holatlar. 
Yuqorida ko'rsatilgan holatlar qat'iy bo'lmay, sud jarima jazosini tayinlashda boshqa holatlarni ham hisobga 
olishi mumkin. 
Jarima uch oy ichida to'lanishi lozim. Aks holda, sud aybdorning jazoni ijro etishdan bosh tortganligi masalasini 
ко'rib chiqishi kerak. Sud quyidagilarni jarimani ijro etishdan bosh tortish, deb topishi mumkin: 
1) jarimani to'lash mumkin bo'lmagan holatlar sud tomonidan uzrli, deb topilmagan bo'lsa; 
2) O'zbekiston Respublikasining «Sud va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi Qonuniga ko'ra 
qo'llanilgan majburiy ijro etish jinoyat sodir etgan shaxsning daromadlari va boshqa mulklarini yashirishi sababli 
mumkin bo'lmasa. 
Jazoni ijro etishdan bo'yin tovlash fakti aniqlangan holatda, hukm chiqargan sud jarima jazosini axloq tuzatish 
ishlari, xizmat bo'yicha cheklash yoki qamoqdagi jazolarning biri bilan almash-tirishi mumkin. Jarima jazosining biron-
bir qismini boshqa turdagi jazo bilan almashtiriladi. Jarima jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan 
almashtirilishiga yo'l qo'yilmaydi. 
Muayyan huquqdan mahrum etish jazosining mazmuni aybdorga muayyan mansabni egallash, u yoki bu 
faoliyat turi bilan shug'ullanishni taqiqlashdan iborat. Bu jazo turi ushbu jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilgan 
shaxsning bevosita muayyan huquqi bilan bog'liq bo'lsagina qo'llaniladi. Jinoyat qonunining ushbu moddasida jazolash 
xususiyatiga ko'ra, bir turdagi ikki jazo birlashtirilgan: muayyan mansabni egallash va muayyan faoliyat bilan 
shug'ullanishdan mahrum etish. 
Muayyan mansabni egallash huquqidan mahrum qilish deganda, Jinoyat kodeksida korxona, muassasa va 
tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallash yoxud muayyan mansab bilan bog'liq biron-bir funksiyani amalga oshirish 
bilan bog'liq bo'lgan mansabni (masalan, moddiy javobgarlik xususiyatiga ega bo'lgan mansablar) egallashini taqiqlash 
tushuniladi. 
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksida davlat yoki mahalliy hokimiyat organlarida shaxsning muayyan 
mansabni egallashini yoki kasbiy yoxud boshqa faoliyat bilan shug'ullanishni taqiqlash muayyan huquqdan mahrum 
qilish, deb tushuntirilgan. 
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida muayyan faoliyat bilan shug'ullanishni taqiqlash deganda, 
aybdorning doimiy tarzda shug'uUanadigan kasbiy faoliyatini, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan 
mahrum etish tushuniladi (masalan, savdo faoliyati, tarjimonlik faoliyatlari bilan shug'ullanishni taqiqlash). 
Rossiya jinoyat qonimida professional va boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishni taqiqlash tushunchalari 
mavjud. Professional faoliyat deganda, muayyan bilim, malaka yoki tayyorgarlikni talab etadigan faoliyat bilan doimiy 
shug'ullanish tushuniladi. Masalan, o'qituvchilik har qanday muassasada tarjimonlik faoliyati bilan shug'ullanish, 
buxgalterlik, advokatlik, yurist-maslahatchi kabi faoliyat turlari. 
Boshqa faoliyat deganda, doimiy ravishda amalga oshiriladigan (masalan, ovchilik) faoliyati tushuniladi. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi davlat yoki jamoat mulkini talon-taroj qilgan, poraxo'rlik jinoyatini sodir 
etgan shaxslarga nisbatan qo'llanilganida ko'proq samarali hisoblanadi. 
Sudning ayblov hukmida mahkum uchun taqiqlangan faoliyat turi va egallashi mumkin bo'lmagan mansab 
ko'rsatiladi. Qonunda mahkumning muayyan mansabni egallashi yoki bu faoliyat bilan shug'ullanishini taqiqlash 
muddatlari belgilangan. Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bog'liq 


103 
jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo sifatida tayinlanganda bir yildan besh yilgacha bo'lgan muddatga tayinlanadi. 
Masalan, savdo va xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish jinoyati uchun (189-modda) besh yilgacha muayyan huquqdan 
mahrum qilish jazosi qo'llanishi mumkin. 
Qo'shimcha jazo tariqasida tayinlanganida bir yildan uch yilgacha bo'lgan muddat belgilanadi. Bunday holda 
sud tomonidan ushbu jazo «Maxsus» qismining tegishli moddasida riazarda tutilgan har qanday jazoga qo'shimcha jazo 
tariqasida tayinlanishi mumkin. Muayyan huquqdan mahrum qilishning qo'llanishi jazoning ogohlantirish funksiyasini 
amalga oshiradi, mahkum boshqa mansab yoki faoliyat turi bilan bog'liq bo'lgan jinoyat sodir etish imkoniyatiga ega 
bo'lmaydi. Agar muayyan huquqdan mahrum qilish Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasi sanksiyasida asosiy 
jazo sifatida ko'rsatilgan bo'lsa, qo'shimcha jazo sifatida qo'llanishi mumkin emas. 
Muayyan huquqdan mahrum etish faqat aybdor jinoyat sodir etish vaqtida ushbu huquqqa ega bo'lgan holdagina 
qo'llaniladi. Agar u ushbu huquqqa jinoyat sodir etgandan so'ng ega bo'lgan bo'lsa, sud bu jazo turini qo'llashi mumkin 
emas. 
Muayyan huquqdan mahrum etish jazosi qo'llanilganida, bu jazoga mahkum qilingan shaxsni o'zi faoliyat 
ko'rsatayotgan tizimda ishlashi mumkinligini istisno etilmaydi. Qonunda faqat aniq bir mansabni egallashni (masalan, 
mulkiy boyliklarni tasarruf qilish) yoki aniq bir faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlanishi nazarda tutiladi. 
Qonunga ko'ra, aybdor bir vaqtning o'zida u yoki bu mansabni egallashi yoki biron-bir faoliyat turi bilan 
shug'ullanish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. Bu jazo turini qo'llashda faoliyat turi aybdorning asosiy moddiy 
ta'minot manbayi ekanligiga e'tibor berish lozim. Agar bu faoliyat aybdorning asosiy moddiy ta'minot manbayi bo'lsa 
(masalan, ovchilik faoliyati), unga nisbatan bu jazoni qo'llash kerak emas. Bu jazo turini qo'llashda mahrum 
qilinayotgan faoliyat turi aybdorning yagona kasbi bo'lgan hollarda muayyan huquqdan mahrum qiUshning maqsadga 
muvofiq ekanligini hisobga olish lozim. 
Bunday jazoni tayinlash vaqtida hukmning qaror qismida mansabning nomi yoki faoliyat turi aniq ko'rsatilishi 
kerak. Hukm chiqarilayotgan vaqtga kelib sudlanuvchining jinoyat sodir etish bilan bog'liq bo'lgan mansabni 
egallamayotganligi yoki faoliyat bilan shug'ullanmayotganligi ushbu qo'shimcha jazoni qo'llash uchun to'sqinlik 
qilmaydi. Bu jazo turi qo'llanilayotgan moddaning sanksiyasida asosiy jazolardan biri sifatida ko'rsatilgan bo'lsa ham, 
asosiy jazo tariqasida qo'llanishi mumkin. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo'natish yoki 
qamoqjazosiga qo'shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo'lsa, asosiy jazoning butun muddatiga va undan so'ng hukmda 
belgilangan muddatgacha davom etadi. Boshqa asosiy jazolarga qo'shimcha jazo tariqasida tayinlanganda, uning 
muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. 
Shaxs shartli hukm qilinganda, muddatning o'tishi hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar sinov 
muddati davomida yangi jinoyat sodir etsa, bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlanadi. Agar asosiy jazo tariqasida 
ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo'natish qamoq, axloq tuzatish ishlari kabi jazolardan biri tayinlangan 
bo'lsa, hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hukmda ko'rsatilgan muddatdan boshlab hisoblanadi. 
Muayyan mansabni egallash yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug'ullanishni taqiqlanishi sud tomonidan 
belgilangan muddatning o'tishi bilan bekor bo'ladi. Jinoyat kodeksining 78-moddasi, 1-qismi, «v» bandiga ko'ra, 
muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi uchun sudlanganlik holati jazo muddati tugagandan so'ng bir yil o'tgach 
tugallanadi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish