97
5).
Jinoiy jazoning davlat xususiyatiga ego ekanligi.
Bu shundan iboratki, shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor, deb
topish, jazo, uning aniq turi va miqdorini belgilash faqat maxsus davlat organi -alohida hokimiyat sudga taalluqli bo'lib,
davlatning boshqa organlari yoki jamoat tashkilotlari uni qo'llay olmaydi. Sud hukmi davlat nomidan chiqarilib,
qonuniy kuchga kirgan sud hukmi barcha davlat, jamoat muassasalari ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari,
mansabdor shaxslar va fuqa/olar uchun majburiy bo'lib, O'zbekiston Respublikasi hududida so'zsiz ijro etilishi lozim.
Bularning hammasi jazoning davlat xususiyatiga ega ekanligini ifodalaydi.
6).
Sudlanganlik shaxsning faqat jinoiy jazoga tortilganligi tufayli kelib chiqadi.
Jazo tayinlangan, hukm qonuniy
kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan
hisoblanadi. Sudlanganlik muddatining tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi bilan uning barcha huquqiy
oqibatlari bekor bo'ladi. Sudlanganlik muddatining tugashi shartli hukm qilinganlarga nisbatan, xizmat bo'yicha
cheklash yoki intizomiy qismga jo'natish, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo'llanilgan shaxslarga
nisbatan vujudga keladi. Sudlangan shaxs jazoni o'tagandan so'ng rasmiy hujjatlar to'ldirganida sudlanganligini
yozishga majbur bo'ladi.
Ba'zi jmoyatlari uchun sudlangan shaxsning ma'lum vazifalarda yoki ayrim joylarda ishlash huquqi cheklanadi. Boshqa
ta'sir choralari qo'llanilganda (ma'muriy, intizomiy, moddiy) shaxslar sudlangan hisoblanmaydi.
7).