93
bajarilishini ta'minlash;
uchinchidan,
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning obro'-e'tibori va nufuzini ko'tarish uchun
muhimdir.
Shu sababli tergov va sud organlari ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish
institutini zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratdan farqlashda quyidagilarga e'tibor berishlari lozim:
1) ushlashga bo'lgan huquq ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan vujudga kelsa, zarariy mudofaa mudofaalanuvchi
shaxsga qarshi yo'naltirilgan tajovuz sodir etilishi bilan, oxirgi zaruratga bo'lgan huquq esa, nafaqat, shaxsdan, balki
xohlagan manbadan kelib chiquvchi xavfning paydo bo'lishi natijasida yuzaga keladi;
2) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash bo'yicha tashabbus barcha hollarda bunday huquqqa ega bo'lgan
shaxslar tomonidan
amalga oshiriladi, zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda esa, shaxs bunday sharoitga kirib qolishi
tufayli zarar yetkazishga majbur bo'ladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash huquqi bunday qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladi va
amalga oshiriladi, zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat esa tajovuz yoki xavfning amalga oshirilishi fakti bilan shartlangan
bo'ladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashdan asosiy maqsad — bunday shaxsni
hokimiyat organlariga
topshirish bo'lsa, zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda maqsad - tajovuzchini yengish va xavfni bartaraf etish
hisoblanadi.
13.6. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish
Jinoyat kodeksining 40-moddasida, shaxsning buyruq yoki boshqa, farmoyishni, shuningdek, mansab
vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo'lsa, jinoyat, deb topilmaydi, deb ko'rsatilgan.
Buyruq deganda, muayyan hokimiyat organi, tashkilot, korxona, idora boshlig'ining o'z vakolatlari doirasida
muayyan bir harakatni bajarish yoki bajarmaslik to'g'risida (yozma yoki og'zaki) buyruq berishi tushuniladi. Buyruq
vakolatli shaxsning ijro etish majburiyati yuklangan shaxsga bergan ma'lum bir harakat (harakatsizlik)ni bajarish
haqidagi qonun va qonunosti aktlarga asoslangan talabidir. Aynan shu ta'rif buyruqni boshqa ta'sir choralari - iltimos,
ishontirish, majburlovdan ajratib turadi.
Buyruq bilan birga «tavsiyalar», «farmoyishlar» va «farmonlar» ham berilishi mumkin. Bular masalalarni hal
qilish, ularni qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan shaxsning huquqiy maqomi bo'yicha o'zaro farqlanadi. Bu aktlarning
asosiy umumiy jihati - ularning ijro etish majburiyati yuklangan shaxs tomonidan
bajarilishidir
Qonun tomonidan buyruq yoki boshqa farmoyishlarning shakli aniq belgilanmagan bo'lib, ular yozma, og'zaki
yoki namoyish-korona (konklyudent) shaklda bo'lishi, shuningdek, texnik aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.
Lekin ayrim hollarda buyruqning faqat yozma shaklda bo'lishi talab qilinadi. Bunday talablarga rioya etilmasligi uning
haqiqiy emas, deb topilishiga sabab bo'ladi.
Boshqa farmoyishlarga ta'rif berishda shuni inobatga olish lozimki, farmoyishlar berish usullari unchalik
ahamiyat kasb etmaydi. Buyruq yoki boshqa farmoyishlar, agar ular boshliqning vakolati doirasidan chiqmagan bo'lsa,
ijro etilishi majburiydir.
Buyruq yoki boshqa farmoyishlardan farqli ravishda xizmat majburiyatlari mansab vakolatiga qarab
hodimlardan bajarilishi talab qilinadigan funksional majburiyatlar doirasini o'zida aks etadi. O'zbekiston
Respublikasi
qonunchiligiga ko'ra, xizmat majburiyatlari ish beruvchi va xodim o'rtasidagi mehnat shartnomasida belgilangan yozma
shaklda bo'lishi kerak. Aks holda, ular g'ayri-qonuniy, deb hisoblanishi mumkin. Bundan tashqari, farmoyishlar va
boshqaruv aktlari belgilangan mazmunda qabul qilinishi, ya'ni qonun talablariga mos holda tuzilishi kerak.
Buyruq yoki boshqa farmoyishni ijro etish huquqiylik shartlariga mos kelgan taqdirda qilmishning jinoiyligini
istisno qiluvchi holat, deb topilishi mumkin. Buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlari Jinoyat kodeksidagi
talablarga zid bo'lmagan harakat yoki harakatsizlik orqali bajarilishi kerak. Aks holda, bunday harakat yoki
harakatsizlik mustaqil jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etishning huquqiyligi belgi-larilari quyidagilardir:
•
birinchidan,
buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etuvchi shaxslar shu buyruq va boshqa farmoyishlar
beruvchi
shaxsning bo'ysunuvida (qaramog'ida) bo'lishi kerak.
•
ikkinchidan,
buyruq va boshqa farmoyishlarni tegishli shaklda bajarish uni bajaruvchi shaxsning majburiyati, ya'ni
xizmat burchi hisoblanadi.
•
uchinchidan,
buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish harakat yoki harakatsizlik shaklida bo'lishi
mumkin.
•
to'rtinchidan,
buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etishda Jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy
munosabatlarga ma'lum darajada zarar yetkazilishi kerak.
Bajaruvchi tomonidan yetkazilgan zarar uchun o'sha buyruq yoki farmoyishlar bergan shaxs javobgarlikka
tortiladi, bunday hollarda bajaruvchi jinoyatni sodir etishning quroli sifatida xizmat qilib yoki boshqa farmoyishlarni
ijro etgan qilmishi uchun javobgarlikka tortilmaydi. Buyruqning huquqiy shaitlari va buyruqni ijro etishning huquqiy
shartlarini ajrata olish kerak:
•
beshinchidan,
buyruqning huquqiy shartlari:
— buyruq yoki boshqa farmoyishlar mansabdor shaxs tomonidan uning vakolat doirasida
berilishi kerak;
94
— buyruq qonunda ko'rsatilgan tegishli shaklda (yozma, og'zaki, texnik vositalar orqali) berilishi kerak;
— buyruq g'ayriqonuniy, deb hisoblanmaydi (bunday holda uning jinoiyligi haqida gap ketishi ham mumkin emas);
•
oltinchidan,
buyruqni ijro etishning huquqiy shartlari: —buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan jinoyat qonuni bilan
qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilganidagina buyruq ijro etuvchi shaxsning javobgarligi hal qilinadi;
— ijro etuvchi buyruq bilan belgilangan harakatlar doirasidan chetga chiqmasligi kerak;
— buyruqni ijro etuvchi faqat qasddan yetkazilgan zararli harakatlari uchun javob beradi;
— g'ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyish yoxud mansab vazifasini bajarmagan
yoki buzgan shaxs
jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Jinoyat kodeksining 40-moddasi, 2-qismida jinoiyligi oldindan ayon bo'lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni
bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs umumiy asoslarda javobgarlikka tortilishi haqida bayon qilingan. Bunday hollarda
jinoiy buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarishdan oldin uni bajarayotgan shaxs uning jinoiyligini bilishi va bila turib
jinoiy buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarishi lozim. Ijrochi buyruqning jinoiyligini oldindan bila turib uni bajarsa,
bunday holat ishtirokchilik sifatida baholanib,
buyruq beruvchi tashkilotchi, uni ijro etuvchi esa bajaruvchi shaxs, deb
topiladi.
G'ayrihuquqiy yoki jinoiyligi ma'lum bo'lgan buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlarini
bajarmaslik yoki buzish, agar bunday qilmish qonunda jinoyat, deb belgilangan bo'lsa ham (Jinoyat kodeksining 279,
280-moddalari), jinoiy javobgarlikni istisno qiladi.
Shaxs buyruqni, farmoyishni
yoki mansab burchlarini, basharti, ular shaxsga noto'g'ri berilgan bo'lsa, ijro etgani
yoki buzgani uchun javobgarlikka tortilmaydi. Agar uning qilmishi boshqa jinoyat tarkibi belgilarini o'zida ifodalagan
bo'lsa, javobgarlikka tortiladi.
Buyruq, boshqa farmoyishlar yoki mansab majburiyatlarining g'ayriqonuniyligi ularning jinoiy yoki huquqqa
xiloflik xususiyatidan kelib chiqadi.