89
mavjudligi, «majburiylik» va «muvofiqlik» belgilaridan tashqari yuqorida sanab o'tilgan barcha huquqiy shartlar
mavjudligiga e'tibor berishlari kerak. Bundan tashqari oxirgi zarurat doirasidan chetga chiqish, deb kvalifikatsiya qilish
uchun shaxs qilmishining subyektiv tomonini ham inobatga olish zarur. Kuchli ruhiy hayajonlanishda shaxs o'zining
qilmishini har doim ham to'g'ri baholay olmasligi mumkin.
Oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda shaxs qilmishi subyektiv tomonining maqsadi ijtimoiy foydali
ahamiyatga ega bo'lib, kamroq zarar yetkazish vositasida ko'p miqdordagi zararni bartaraf etishni bildiradi. Oxirgi
zaruratni amalga oshirish barcha shaxslarning subyektiv huquqidir. Bu borada qonunda hech qanday cheklov mavjud
emas. Ayni vaqtda xavfni bartaraf etish ma'lum bir shaxslarning xizmat majburiyati hisoblanadi. Masalan, miUtsiya,
MXX, davlat yong'inni nazorat qilish organlari xodimlari va h.k. Bunday hollarda ushbu shaxslarning qilmishlari
umumiy qoidalar bo'yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim bo'lgan xavfning
xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi
va yuz bergan vaqtning
yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsdagi mavjud imkoniyatlar, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa
holatlari hisobga olinadi.
Sud-tergov amaliyotida ruhiy yoki jismoniy zo'rlik ta'siri ostida jinoyat sodir etish hollari ham uchrab turadi.
Jinoyat qonunchiligi tarixida birinchi marta bunday holatlarning qonuniy yechimi Jinoyat kodeksining 38-moddasi, 5-
qismida aks ettirildi, jismoniy yoki ruhiy zo'rlik natijasida huquqlar va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarga zarar
yetkazilganlik uchun javobgarlik masalasi sud tomonidan oxirgi zarurat holatini hisobga olgan holda hal qilinadi.
Majburlash deganda, shaxsning o'z xohishiga qarshi biron-bir qilmishni sodir etishga majbur etish
maqsadida
amalga oshiriladigan barcha ruhiy yoki jismoniy ta'sir choralari tushunilishi lozim. Agar shaxs jismoniy yoki ruhiy
majburlash ta'siri ostida jinoyat sodir etsa-yu, ammo oxirgi zaruratning barcha shartlariga amal qilsa, uning qilmishlari
jinoyat, deb topilmaydi.
Jismoniy yoki ruhiy zo'rlik uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazuvchi majburlov
ostidagi
shaxsning erkin xulq-atvoriga turli xil ta'sir ko'rsatishi mumkin. Xususan, shaxsning o'zi harakatlarini tanlash erkinligi
butunlay cheklangan yoki bunday cheklanganlik nisbiy xususiyatga ega bo'lishi mumkin.
Shaxs faoliyatining turli xususiyatdaligi ularni har xil huquqiy baholashga olib keladi. Xususan, agar shaxs
o'zining xatti-harakatini boshqara olmagan (masalan, toiiq izolatsiya yoki gipnoz ostida boiish) hollarda majburlanuvchi
shaxs qo'l ostidagi jinoyat quroli bo'lib, u o'z harakatlarini tanlash imkoniyatidan mahrum bo'ladi va shuning uchun ham
u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Agar shaxs o'zi xatti-harakatini boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgan bo'lsa (masalan,
zarar yetkazish xavfi
mavjud bo'lganda), majburlangan shaxsning qilmishi oxirgi zarurat bo'yicha baholanishi lozim. Agar shaxsning qilmishi
oxirgi zaruratning huquqiy shartlariga mos kelmasa yoki uning chegarasidan chetga chiqqan bo'lsa, majburlangan
shaxsning xatti-harakati mustaqil tarkibli jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday vaziyatda shaxsning
majburlov ostida sodir etgan qilmishi jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida ko'rilishi kerak (Jinoyat
kodeksining 55-moddasi, 5-qismi).
Sud yoki tergov amaliyotida u yoki bu qilmishni o'xshash institutlar hisoblangan oxirgi zarurat yoki zaruriy
mudofaa, deb kvalifikatsiya qilish masalasida ma'lum bir qiyinchiliklar mavjud.
Bu borada qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilish jinoyat qonunchiligi oldida turgan vazifalarni bajarish, zarar
yetkazgan qilmish huquqiyligi chegarasini belgilash hamda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muhimdir.
Oxirgi zarurat va zaruriy mudofaaning farqlari:
Xavf manbayiga ko'ra,
ya'ni zaruriy mudofaada xavf manbayi
shaxsning ijtimoiy Ghioiy) xavfli qilmishi bo'lsa, oxirgi zaruratda xavf manbayi bo'lib, nafaqat, shaxsning
ijtimoiy
xavfli qilmishi, balki yengib bo'lmas kuch natijasida yuzaga kelgan (fors-major) holatlari ham bo'lishi mumkin.
Sodir etish usuliga ко 'га,
zaruriy mudofaada tajovuzdan qochib yoki hokimiyat organlari yoxud boshqa
shaxslarga yordam so'rab murojaat qilish imkoni bo'la turib ham zarar yetkazilishi mumkin, oxirgi zaruratda esa, zarar
yetkazish xavfni bartaraf etishning birdan bir usuli hisoblanadi. Shuningdek, zaruriy mudofaada himoya faqat faol
harakat orqali
ifodalansa, oxirgi zaruratda xavfni bartaraf etish harakatsizlik bilan ham, ya'ni harakat yoki harakatsizlik
bilan amalga oshiriladi.
Yetkazilgan zarar (subyekti): zaruriy mudofaa zarar faqat tajovuz qiluvchi shaxsga yetkaziladi, oxirgi zaruratda
esa, zarar uchinchi shaxsga yetkaziladi. Yetkaziladigan va bartaraf etiladigan zararning o'zaro munosabatiga ko'ra, ya'ni
zaruriy mudofaada yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarar bilan teng yoki undan ko'proq bo'lishi mumkin, oxirgi
zaruratda esa, ko'proq zararni bartaraf etish maqsadida kamroq zarar yetkazish hisoblanadi.