90
Shaxs, huquqni muhofaza qiluvchi davlat hokimiyati organlari, mahalla qo'mitalari, boshqa shaxslarga yordam so'rab
murojaat qilish imkoniyati mavjudligidan qat'iy nazar, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlab berish
huquqiga egadir.
Jinoyat kodeksining 39-moddasida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash
vaqtida zarar yetkazish
tushunchasi berilgan bo'lib, uning 1-qismida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish
maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarar bo'lgan chora-larning chegarasidan chetga
chiqilmagan bo'lsa, jinoyat, deb topilmasligi ko'rsatilgan. Jinoyat huquqida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni
ushlashning quyidagi asosiy jihatlari (aspekt-lari) mavjud:
1) jinoyat qonunida jinoyat sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga ega shaxslar doirasi chegaralanmagan;
2) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash hokimiyat organlari ayrim mansabdor shaxslarining burchi
ekanligi respublika qonunlari va boshqa normativ hujjatlarida aniq ko'rsatib o'tilgan;
3)bunday harakatlar ijtimoiy foydali, deb topiladi, shuningdek, qonuniylik vajavobgarlikning muqarrarligi
prinsiplaridan
kelib chiqadi;
4) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash bunday shaxsning jinoiy faoliyatini to'xtatish va yangi jinoyat
sodir etish imkoniyatlarini bartaraf etishning asosiy huquqiy vositasi hisoblanadi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning huquqiyligi shartlari bir
tomondan, ushlash huquqining amalga oshirilishini, ikkinchi tomondan g'ayriqonuniy qilmishlarni bartaraf etilishini
kafolatlaydi. Bunday shartlar ikki institutga: ushlashga va ushlash vaqtida yetkazilgan zararga tegishlidir. Ushbu
shartlarning huquqiyligi: ushlash uchun asoslarning mavjudligi va subyektlari; uni amalga oshirish usul va vositalari;
ushlashning maqsadi
va vaqti; uning bajarilgan, deb hisoblanishi kabi elementlarning mavjudligiga bog'liqdir.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash uchun quyidagi asoslar bo'lishi kerak:
1) shaxsning jinoyat sodir etganligi. Bunday asos bo'lib ayrim hollarda sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi xizmat
qilsa, ba'zi hollarda jinoyat sodir etish faktining o'zi yetarli hisoblanadi.
2)jinoyat sodir etgan shaxsning uni huquqni muhofaza qiluvchi organga topshirmoqchi bo'lgan shaxsdan qochishi
hisoblanadi.
Ushlash jinoyat-protsessual xususiyatga ham ega bo'lib, shaxsni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan, deb
topishning asoslari:
• shaxsning jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo'lga tushganligi;
• jinoyat shohidlari, shu jumladan, jabrlanuvchilar tomonidan jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to'g'ridan to'g'ri
ko'rsatilganligi;
• uning o'zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning
yaqqol izlari topilganligi;
• shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo'ladigan ma'lumotlarning mavjudligi, uning qochmoqchi
bo'lganligi yoki doimiy yashash joyining yo'qligi yoxud shaxsining aniqlanmaganligi hisoblanadi (Jinoyat-protsessual
kodeksining 221-moddasi).
Ushlashning subyektlari, ya'ni ushlanishi mumkin bo'lgan shaxslar deganda, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir
etgan va immu-nitetga ega bo'lgan shaxslar tushuniladi. Xususan, deputatlar, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi
hamda militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas (ular jinoyat ustida
yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo'lga tushgan holatlar bundan mustasno).
Albatta, jinoyatchini ushlab berish huquqi jinoyatchilikka qarshi kurashning foydali vositalardan biridir. Agar
fuqarolarimiz jinoyat sodir qilgan shaxslarni ushlab berish huquqidan
faol foydalanishsa, qonunga xilof qilmishlarga
ko'z yumib turmasalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligi oshadi.
Jinoyatchini ushlash huquqi, aniqrog'i, burchi jinoyatchilikka qarshi kurash kasbi bilan bog'liq majburiyat
hisoblangan shaxslar (ichki ishlar, prokuratura, MXX organlari xodimlari)ga yuklatiladi. Jinoyat-protsessual
kodeksining 222-moddasiga muvofiq, militsiya yoki boshqa surishtiruv organlari xodimi, shuningdek, muomala
layoqatiga ega bo'lgan har qanday shaxs ushbu kodeksning 221 -mod-dasida ko'rsatilgan asoslar mavjud bo'lgan
taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi militsiya yoki huquqni muhofaza
qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir.
Jinoyat kodeksining 39-moddasi, 4-qismida: «Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va
boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar», deb ta'kidlanadi.
Jinoyat kodeksining 39-moddasida: «Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga
topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo'lgan choralarning
chegarasidan chetga chiqilmagan bo'lsa, jinoyat deb topilmaydi», deb ko'rsatilgan.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning huqu-qiyligi elemetlaridan biri — ushlash vaqtida
belgilangan (huquqiy) -uslub va vositalardan foydalanish.
Ushlash uslubi deganda, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash maqsadida unga ta'sir
etishning turli
xil taktik usullari (masalan, jismoniy yoki ruhiy zurlik ishlatib, aldash yoki ishontirish yo'li bilan) tushunilsa, ushlash
vositalari esa, ushlash jarayonida ishlatiladigan turli xil qurollar, predmetlar va texnik anjomlar yig'indisidan (o'qotar
qurol, qo'l kishani, arqon va h.k.) iboratdir.
91
U yoki bu usul yoki vositalardan foydalanish shakli va dara-jasi — aniq hollarda ijtimoiy xavfiilik darajasi,
shaxsning ijtimoiy xavfliligi hamda ushlashdagi vaziyat va shart-sharoitlar bilan bog'liq. Masalan, og'ir yoki o'ta og'ir
(odam o'ldirish, bosqinchilik va h.k.) jinoyatni sodir etgan shaxslarni ushlashda qo'liga kishan solinishi mumkin, uncha
og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan bu usul qo'llanilmaydi. Ushlash vositalari
va usullari yuqorida
ko'rsatilgan mezonlarga mos kelmagan taqdirda ushlash g'ayriqonuniy deb, qarshilik ko'rsatuvchi shaxsning qilmishi esa
jinoiy emas, deb baholanishi mumkin.
Shaxsning erkinligini qisqa muddatga cheklash tarzidagi ushlab turish shaxsni hokimiyat organlariga topshirish
maqsadida amalga oshirilganida qonuniy hisoblanadi, boshqa maqsad (masalan, o'g'irlangan mulkni qaytarib olish
maqsadida ushlab turish) ko'zlangan taqdirda shaxsning bunday qilmishi jinoyat,
deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash element-laridan yana biri ushlashni amalga oshirish vaqti
hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo'lgan huquq ijtimoiy xavfli qilmish tugallanishi
bilan vujudga keladi va jinoiy javobgarlikka tortish muddatining yoki ayblov hukmini ijro etish muddatining o'tib
ketishi bilan to'xtaydi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo'lgan huquq jinoyat ishini yuritishga to'sqinlik qiladigan
quyidagi holatlar mavjud bo'lganda hisobga olinmaydi:
1) ish qo'zg'atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o'tkazilgan ish bo'yicha jinoiy hodisa yuz bermagan
bo'lsa;
2) shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo'lmasa;
3) shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxli bo'lmasa;
4) e'lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor bo'lsa;
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo'yicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori)
yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan
qarori bo'lsa;
6)ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo'zg'atilgan hollarda uning shikoyati bo'lmasa, Jinoyat-protsessual
kodeksining 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lgan yoshga to'lmagan
bo'lsa (Jinoyat-protsessual kodeksining 83 va 84-moddalari, 1-qismi).
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning huquqiyligi elementlarini
izohlash bilan birga, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi, aybning shakli, jinoyatning tugallangan yoki
tugallanmaganligi, shuningdek, ishtirokchilik shakli ham inobatga olinishi lozim.
Ijtimoiy xavfli hisoblanmagan ma'muriy huquqbuzarlik yoki intizomiy
qilmish sodir etgan shaxsni, shuningdek,
jinoyat sodir etish o'yida bo'lgan shaxsga ushlash vaqtida zarar yetkazilishiga yo'l qo'yilmaydi. Albatta, ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning qonuniylik darajasini belgilovchi bir qancha shartlari
bor.