O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

Axloq tuzatish ishlari 
jinoiy jazo sifatida mahkumning sud hukmida belgilangan miqdorda ish haqidan ushlab 
qolgan holda majburiy mehnatga jalb qilishda ifodalanadi. 
Bu jazo turi asosiy jazo turi hisoblanib, faqat Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddasi 
sanksiyasida nazarda tutilgan hollarda qo'llaniladi. Shuningdek, axloq tuzatish ishlari quyidagi hollarda: 
1) axloq tuzatish ishlari yengilroq turdagi jazoni qo'llash tartibida Jinoyat kodeksining 57-moddasiga muvofiq 
qo'Uanishi mumkin; 
2) aybdor jarima jazosini ijro etishdan bo'yin tovlagan holda, jazoning ijro etilmagan qismi Jinoyat kodeksining 44-
moddasiga muvofiq axloq tuzatish ishlariga almashtirilganda; 
3) bu jazo turi Jinoyat kodeksining 74-moddasiga ko'ra, ozodlikdan mahrum etish jazosining o'talmay qolgan qismini 
yengilroq to'rdagi jazo bilan almashtirilganda qo'llaniladi. 
Axloq tuzatish ishlari jazosi o'zida insonparvarlik prinsipini ifodalaydi. Mahkumga bu jazoni qo'llash orqali u 
erkinligidan mahrum qilinmaydi, o'z oilasida, uyidan ajralmagan holda o'zi awal ishlagan muassasa (korxona, 
tashkilot)da ishlaydi. Bu jazoni qo'llash orqali mahkumga moddiy ta'sir ko'rsatiladi, ya'ni aybdor ish haqining muayyan 
qismi davlat foydasiga o'tkaziladi. Shu orqali axloq tuzatish ishlarining quyidagi jazolash xususiyati namoyon bo'ladi: 
• 
birinchidan, 
mahkumning oldingi o'zi ishlagan yoki boshqa tashkilotda majburiy mehnat qilishi (ja
zon
i o'tash vaqtida 
mahkumning mehnat qilishi majburiy hisoblanadi); 

ikkinchidan, 
yuqorida qayd etilganidek, moddiy ta'sir — uning ish haqidan muayyan qismi davlat foydasiga ushlab 
qoli-nadi. 
Bu jinoiy jazo, ya'ni axloq tuzatish ishlarini mahkumning o'z ish joyida o'tashi mahkumning avvalgi mansabida 
qolishini anglatmaydi. Ba'zi hollarda sodir etilgan jinoyatlar mansab vakolatiga bog'liq bo'ladi. Bunday holda shaxs o'z 


104 
ish joyidagi boshqa vazifaga o'tkazilishi lozim. Bu o'rinda jazoning mahkum o'zi ishlagan ish joyida o'talishining o'zi 
muhimdir. 
Jinoyat qonunida axloq tuzatish ishlarining ikki turi ko'rsatilgan: 
• 
birinchisi, 
mahkum jazoni o'zi ishlab turgan joyda o'taydi; 
• 
ikkinchisi, 
jazoni jazo ijrosini nazorat qiluvchi organ belgilab bergan joyda o'taydi. 
Jazoning qaysi turini o'tash lozimligini sud belgilaydi. 
Mahkumning o'z ish joyi deganda, nafaqat, uning mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, shuningdek, 
mustaqil tarzda amalga oshiradigan faoliyati (masalan, tadbirkorlik faoliyati) tushuniladi. Qoida bo'yicha doimiy 
xizmatdagi shaxsga axloq tuzatish ishini o'zi ishlab turgan joyda o'tash belgilanadi. Mahkumni tarbiyalash nuqtayi 
nazaridan jazoni o'zi ishlab turgan joyida belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki mahkum jazoni uni yaxshi bilgan 
jamoa nazorati ostida o'taydi. Jazoni ijro etish joyi Jinoyat kodeksi tatbiq etiladigan turli mulk shakllaridagi korxona, 
muassasa va tashkilot bo'lishi mumkin. Shuningdek, boshqa normativ hujjatlarga («Nodavlat, notijorat tashkilotlar 
to'g'risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkin-ligining kafolatlari to'g'risida»gi Qonunlar) asosan tartibga solinadigan 
korxona muassasa va tashkilotlar kiradi. 
Agar sud ba'zi jiddiy sabablarga ko'ra, jazoni mahkum ishlab turgan joyida o'tashni maqsadga muvofiq, deb 
topmasa, buning asoslarini hukmda ko'rsatib, jazoning ijrosini nazorat quluvchi organning belgilashi bilan umumiy 
asoslarda o'tashini ko'rsatishi mumkin. 
Axloq tuzatish ishini umumiy asoslarda o'tash shartlari doimiy ish joylarida o'tashdan og'irroqdir. Bunda 
mahkum jazoni uning ijrosini nazorat qiluvchi organning yo'llanmasi bilan o'ziga tanish bo'lmagan yangi joyda ishlab 
o'taydi. Mahkumning mehnati mehnat qonunlari asosida boshqariladi, tarif stavkasi bo'yicha haq to'lanadi va ish 
haqining hukmda ko'rsatilgan foizi davlat daromadi hisobiga o'tkaziladi. 
Axloq tuzatish ishni umumiy asoslarda o'tash tartibi hukm chiqarish vaqtida hech qayerda ishlamagan yoki 
doimiy ish joyi bo'lmagan shaxslarga yoki mavsumiy ishlarda ishlovchi shaxslarga, shuningdek, doimiy ish joyi bo'lsa-
da, lekin ish faoliyatida o'zini yomon ko'rsatgan shaxslarga nisbatan belgilanadi. 
Axloq tuzatishga hukm qilinganlar ish haqidan davlat budjetiga o'n foizdan o'ttiz foizgacha bo'lgan miqdorda 
jazoni o'tash muddati davomida har oyda asosiy ish joyidagi ish haqidan ushlab qolinadi. 
Ish haqi sifatida faqat mehnat faoliyati natijasida olingan ish haqigina emas, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati 
natijasida olingan daro-mad, stipendiya, grant va boshqalar tushuniladi. Davlat foydasiga pensiya, ijtimoiy yordam 
sifatida oladigan to'lov, ijtimoiy sug'urta va boshqa ish haqiga kirmaydigan to'lovlar ushlab qolinmaydi. 
Jinoyat kodeksining 46-moddasiga muvofiq, axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga 
belgilanadi. 
Jazoning ijrosi jinoyat-ijroiya qonuni bilan tartibga solinadi. Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq 
tuzatish ishlari mudda-tining jami o'ndan bir qismidan ko'prog'ini o'tashdan bo'yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining 
o'talmagan qismini shu muddatdagi ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunda Jinoyat 
kodeksidagi aybdor sudlangan modda sanksiyasida almashtirilishi lozim bo'lgan axloq tuzatish ishi muddatidan kam 
bo'lgan ozodlikdan mahrum etish jazosi ko'zda tutilgan yoki umuman ko'zda tutganligining ahamiyati yo'q
1
. Axloq 
tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almash-tirilganda uning bir qismini almashtirishga yo'l 
qo'yilmaydi, ya'ni u to'liq miqdorda almashtirilishi lozim. 
Agar voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o'ndan bir qismidan ko'prog'ini o'tashdan 
bo'yin tovlasa, sud bu jazoning o'talmay qolgan qismining har uch kunini bir kunlik qamoq jazosiga tenglashtirgan 
holda hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bu muddat uch oydan oshmasligi kerak. 
Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsiz bo'lganlarga, homilador ayollafga, 
bolani boqish uchun berilgan ta'tilda bo'lgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo'llanilmaydi. 
Demak, axloq tuzatish ishlari mahkumning moddiy va mehnat qilish huquqlarini ma'lum darajada cheklashdan 
iboratdir. Bu quyidagilarda ifodalanadi: 
1) mahkum ish haqining bir qismi — 10 foizidan 30 foizgacha davlat foydasiga ushlab qolinadi. Foiz miqdorini 
belgilashda sud mahkumning oilaviy va mulkiy ahvolini e'tiborga oladi; 
2) axloq tuzatish ishlarini o'tash muddati umumiy ish stajiga, qonun bo'yicha pensiya va boshqa yengilliklar hamda 
imtiyozlar (qo'shimcha ish haqi) olish huquqini beradigan ish stajiga qo'-shilmaydi; 
3) uzluksiz mehnat uchun beriladigan qo'shimcha ish haqi to'lash axloq tuzatish ishini o'tash davrida to'xtatiladi; 
4) sudlanganlik holatini keltirib chiqaradi. Sudlanganlik holati axloq tuzatish jazosi o'talgandan keyin bir yil o'tgach 
tugallanadi. 
Axloq tuzatish ishlari ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi, ya'ni mahkumning yashash joyidagi ichki 
ishlar organla-rining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum doimiy yashash va ish 
joyiga ega bo'lmagan taqdirda jazo hukm chiqargan sud joylashgan hududdagi jazoni ijro qilish inspeksiyasi belgilab 
bergan joyda ijro etiladi, mahkum ishlab bergan kunlar sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga to'g'ri 
keladigan ish kunlari miqdoridan kam bo'lmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab 
bermagan bo'lsa va ishlamagan kunlarini jazo muddatiga qo'shish uchun asoslar mavjud bo'lmasa, axloq tuzatish 
ishlarini o'tash mahkum belgilangan ishlarini to'liq o'tab bergunga qadar davom etadi. 


105 
Quyidagilar: 
a) qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to'lanmaydigan kasallik vaqti
b) qamoq tariqasidagi ma'muriy jazoni o'tash vaqti yoki boshqa jinoyat sodir etilganligi munosabati bilan qamoqda 
saqlangan vaqt; 
d) axloq tuzatish ishiga mahkum etilgan shaxsga jazoni o'tash vaqtida berilgan ma'muriy jazo tayinlangan jazo 
muddatiga qo'shilmaydi. 
Umumiy qoidaga ko'ra, axloq tuzatish ishlari muddati mehnat stajiga qo'shilmaydi. Jinoyat-protsessual 
kodeksining 545-moddasiga ko'ra, axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish 
to'g'risidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi bo'yicha, jazoni o'tab chiqqan shaxs mehnatga 
qobiliyatsiz bo'lgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi bo'yicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman, shahar sudi 
tomonidan ko'rib chiqiladi. 
Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi masala sud tomonidan 
ko'rib chiqilayotgan vaqtda iltimosnoma kim haqida berilgan bo'lsa, shu shaxsning, shuningdek, iltimos qo'zg'atgan 
jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart. Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy 
mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi iltimosnoma yuzasidan sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi mumkin. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish