O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

Jazo — bu jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etgan qilmishi uchun jazolash. 
Jazoning bu zo'rlov, majburlov tomoni 
jinoyatchini 
250 
jismoniy, mulkiy, ma'naviy va boshqa jihatlardan ma'lum darajada cheklash va mahrum qilishdir. Sud shaxsni 
ozodlikdan mahrum etganda, uni istagan joyda yashash huquqini chegaralashi, muayyan mansabni egallash yoki 
muayyan ish bilan shug'ullanishini cheklashi mumkin. Jinoiy jazo jinoyatchining shaxsiga qaratilgan bo'lib, hatto u 
javobgarlikdan qochgan vaqtda ham, undan boshqa shaxsga nisbatan qo'llanilmaydi. 
8). 
Jinoiy jazoning vazifasi faqatgina sodir etilgan qilmish uchun jazolash bo'lmay, shuningdek, mahkumlarni tuzatish 
va qayta tarbiyalash hamdir. 
Jinoyatchilarni tuzatish uchun tarbiyalashning alohida vositasi bo'lgan jinoiy jazo choralari 
zarurdir. Shuning bilan birgalikda kam ahamiyatli va ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatni sodir qilgan shaxs, jinoiy 
javobgarlikdan va jazodan ozod qilinib, ma'muriy, intizomiy yoki jamoat ta'sir choralarini qo'llash yo'li bilan ham 
tarbiyalanadi. 
Jazoni o'tash jarayonida shaxsga nisbatan qo'llanilgan jazoni o'tash jarayonida uning tarbiyaviy ta'siri katta 
bo'ladi. Shuning uchun jazo tayinlangan hukmlarni ijro etish bilan shug'ul-lanuvchi organlarning bu sohadagi faoliyati 
katta ahamiyatga egadir. 
Yuqorida ko'rsatilgan belgilar jinoiy jazoni boshqa majburlov choralaridan farqini ko'rsatadi. Jinoiy jazo 
davlatning boshqa majburlov choralariga yaqin bo'lib ko'rinsa-da, lekin ulardan farq qiladi. Masalan, fuqarolik ishlari 
bo'yicha chiqariladigan sud qarori ham O'zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi va majburiy xususiyatga ega 
bo'ladi. Lekin fuqarolik ishlari bo'yicha chiqarilgan undiruv to'g'risidagi qaror mulkiy yoki boshqa xususiyatdagi 
da'volar yuzasidan chiqariladi va u jazo hisoblanmaydi. Bu xildagi ta'sir choralari bevosita shaxsning o'ziga 
qaratilmaydi va shaxs uchun sudlanganlik singari yuridik oqibat keltirib chiqarmaydi. 
Jinoiy jazo quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
1) jinoiy jazo davlat majburlov chorasi hisoblanadi; 
2) jinoiy jazo chorasi faqat sud tomonidan tayinlanishi mumkin. 
Jazo tayinlash uchun jinoiy qilmishning sodir etilganligi asos bo'ladi, boshqa hech qanday qilmish emas. 
3) jazo faqat jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilgan shaxsga nisbatan tayinlanadi; 
4) jazo muayyan huquq va erkinlikni cheklashda ifodalanishi kerak; 
5) maxsus huquq va erkinlikdan mahrum qilish faqat jinoyat qonunida ko'rsatilishi mumkin. 
Jinoiy jazo shunday usul bilan ta'sir etish chorasiki, u muayyan sifat va miqdor xususiyatiga ega. 
Sifat xususiyati deganda, jinoiy jazo chorasi orqali ta'sir etishning mazmuniy jihati tushuniladi, ya'ni uning turi 
(masalan, jarima jazosini tayinlash moddiy ta'sir etish xususiyatiga ega) usulida jinoyatchi shaxsiga ta'sir etishidir. 
Miqdor xususiyati deganda, u yoki bu usulda ta'sir etishning chegarasi tushuniladi (masalan, jarima jazosini 
belgilashda uning summasi, ozodlikdan mahrum etishda uning muddati). Hech kimga jinoyat qonunida belgilangan sifat 
va miqdor xususiyatidan chetga chiqib, jazo tayinlanishi mumkin emas. Faqat sud belgilangan jazo doirasida jinoyat 
qonuniga muvofiq jazo muddati va rejimini belgilash orqali qanday miqdorda va sifatda jazo qoilanilishini belgilashi 
mumkin. 
Jazo sifatida faqat majburlov xususiyatiga ega bo'lgan ta'sir chorasi tan olinadi, ya'ni jazo qo'llanilayotgan yoki 
boshqa shaxslarning (jazoni ijro etish muassasasi) ixtiyoridan qat'iy nazar, ijro etiladi. Bu o'rinda jazo qo'llanilayotgan 
shaxsga nisbatan subyektiv munosabatda bo'lish, uning majburiy xususiyatiga ta'sir etmaydi. Jazo aybdor tomonidan 
ixtiyoriy tarzda yoki uning ixtiyoriga qarshi majburiy ravishda ijro etiladi, ya'ni bu o'rinda uning majburiy ekanligi 
namoyon bo'ladi. 
Jazoning majburiy xususiyati, jazoni aybdor tomonidan, shuningdek, jazoni ijro etuvchi organ xodimlari, 
muassasalar ma'muriyati tomonidan ijro etilishini bildiradi. 


98 
Jazoni ijtimoiy munosabatlarga ta'sir ko'rsatuvchi vosita sifatida belgilash uchun u quyidagi talablarga javob berishi 
lozim: 
1). Jazo majburlov chorasi sifatida davlat nomidan qo'llaniladi. Jazoni qo'llash faqat davlatning vakolatli organi — sud 
tomonidan amalga oshiriladi. Faqat O'zbekiston Respublikasining vakolatli jazoni ijro etish organlari jazoning ijrosini 
amalga oshiradilar, bu o'rinda ular o'z nomidan emas, balki davlat nomidan harakat qiladilar. Jinoiy majburlov chorasi 
boshqa davlat organlari tomonidan qo'llanilganida, bu ta'sir chorasi jinoiy jazo, deb hisoblanmaydi; 
2). Jinoiy jazo shaxsiy xususiyatga ega bo'lib, faqat jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilgan shaxslarga nisbatan 
qo'llanishi mumkiri. 
Jinoiy jazoning mazmuni jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilgan shaxsning muayyan huquq va erkinligini 
cheklash yoki ulardan mahrum etishda ifodalanadi. 
Jinoyat qonuni doirasida ta'sir etish usuli jinoyat huquqiga ko'ra, jinoiy jazo choralari faqat Jinoyat kodeksida 
to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan hollarda qo'llaniladi. Jinoyat qonunida ko'rsatilmagan jazo choralarining qo'llanilishi 
mumkin emas. Jinoyatga ta'sir etish chorasi sifatida jazoning belgilangan xususiyatlari quyidagilarni talab qiladi: 
• 
birinchidan, 
Jinoyat kodeksining jazo tizimida mavjud bo'lishi; 

ikkinchidan, 
jinoyat sodir etganlik uchun qo'llaniladigan normaning sanksiyasida ko'rsatilgan bo'lishi (ayrim hollar 
bundan mustasno). 
Jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilgan shaxslarning huquq va erkinliklarini cheklash yoki ulardan mahrum 
qilish jinoiy jazo chorasining jazolovchi belgisini ifodalaydi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish