O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
14.5. Qo'shimcha jazo
Jinoyat kodeksiga muvofiq, shaxs og'ir yoki o'ta og'ir jinoyati uchun jazoga hukm qilinayotganida, sud 
malikumning shaxsini hisobga olib, uni harbiy yoki maxsus unvonidan mahrum qilishi ham mumkin. 
Bu jazoning mohiyati shundaki, sud ushbu jazoni qo'llash orqali jinoyatning og'irlik darajasi va mahkumning 
shaxsini hisobga olib, unga kasbi, egallab turgan mansabi, muayyan sohada ko'rsatgan xizmatlari uchun davlat 
tomonidan taqdirlangan harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qiladi. 
Harbiy unvon - 
O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida ofitser yoki serjantlar tarkibidagi xizmatchilarga 
nisbatan berila-digan unvon. Bu unvonlar O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan belgilanadi. 
Maxsus unvonlarga 
qator sohalarda belgilangan unvonlar kiradi. Masalan, Soliq qo'mitasi, Bojxona qo'mitasi, 
Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa shunday unvonlarni beradigan organlarning unvonlari. 
Oliy harbiy unvon — 
bu yuqori ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga nisbatan beriladigan unvon (general-
mayor, general-leytenant, general-polkovnik, armiya-generali). 
Oliy maxsus unvonlarga xuddi shunday unvonlarni beruvchi organlar tomonidan beriladigan unvonlar kiradi. 
Bundan tashqari davlat mukofotlari ham mavjud bo'lib, ular shaxsga fan, san'at, xo'jalik sohasining muayyan tarmog'ida 
olib borilgan faoliyati uchun beriladi (xalq artisti, xalq shoiri, xizmat ko'rsatgan yurist). 
Qonunda belgilangan unvonlar va davlat mukofotlaridan asosiy jazoga qo'shimcha jazo sifatida qo'llaniladi. 
Jinoyat qonunida ushbu jazo chorasini qo'llashning quyidagi shartlari belgilangan: 
• 
birinchidan, 
bu jazo shaxs og'ir yoki o'ta og'ir jinoyati uchun hukm qilinganda qo'llaniladi; 

ikkinchidan, 
oliy harbiy yoki maxsus unvon yoxud davlat mukofotiga ega bo'lgan shaxs sud hukmi asosida 
kiritilgan taqdimnomaga asosan vakolatli organ tomonidan mahrum etiladi. 
Mahkumni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish to'g'risidagi sud hukmi nusxasi shu unvonni bergan 
organga yuboriladi. Zaxiradagi harbiy xizmatchiga hukm nusxasi uning yashash joyidagi mudofaa isMari bo'limiga 
yuboriladi. Unvonni bergan organning mansabdor shaxsi mahkumni unvondan mahram qilish to'g'risidagi yozuvni 
belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bog'liq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini 
ko'radi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusxasi olingan kundan boshlab bir oylik muddat ichida uning ijro 
etilganligi haqida xabar beradi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish