82
a) ilgari o'ta og'ir jinoyati uchun yoki ikki marta og'ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan
kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o'ta og'ir jinoyat sodir etilishi;
b) oldin-keyinligidan qat'iy nazar, og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo'lmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og'ir jinoyat sodir etishi o'ta xavfli retsidiv jinoyat,
deb topiladi.
Shaxsni faqat sudning hukmi bilangina o'ta xavfli retsidivist, deb topish mumkin. Bundan tashqari, shaxsni o'ta
xavfli retsidivist, deb topish uchun boshqa davlatlarning hukmlari ham e'tiborga olinadi. Shaxsni o'ta xavfli retsidivist,
deb topish bir qator huquqiy oqibatlarga sabab bo'ladi:
1) o'ta xavfli retsidivist tomonidan jinoyat sodir etganlik «Maxsus» qismning ko'p moddalarida qonun
chiqaruvchi
tomonidan tasniflovchi yoki alohida tasniflovchi belgi sifatida baho-lanadi;
2) o'ta xavfli retsidivist erkaklar ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni maxsus tartibli koloniyalarda, ayollar esa,
qattiq tartibli koloniyalarda o'taydilar;
3) o'ta xavfli retsidivistlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi muddatining bir qismini turma qamog'ida saqlash tarzida
o'tash tayinlanishi mumkin;
4) ularga nisbatan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etishni qo'llashning bir qancha cheklashlari belgilanishi
mumkin;
5) ularga nisbatan shartli
ravishda jazo tayinlash, jazo muddatidan ilgari shartli ozod etish va jazoni yengilrog'i bilan
almashtirish qo'llanilmaydi;
6) o'ta xavfli retsidivistlarga nisbatan sudlanganlikni olib tashlashning alohida tartibda belgilanadi.
Retsidiv jinoyat ham quyidagi huquqiy oqibatlarga sabab bo'ladi:
1) retsidiv jinoyat uchun jazo tayinlashda og'irlashtiruvchi holat sifatida Jinoyat kodeksining 56-moddasi, «n» bandi
asosida hisobga olinadi;
2) Jinoyat kodeksining 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo'yicha jazo tayinlashning alohida tartibiga sabab
bo'ladi;
3) shartli hukm qilishga to'sqinlik qiladi (Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi);
4) jazoni haqiqiy muddatini uzaytirish uchun, jazo o'tash muddatidan ilgari shartli ozod qilishda hisobga olinadi
(Jinoyat kodeksining 73-moddasi).