65
10. Jinoyatdan ixtiyoriy qaytishning huquqiy holatlarini bayon eting.
11-bob. JINOYATDA ISHTIROKCHILIK
11.1. «Jinoyatda ishtirokchilik» tushunchasi
Sud-tergov harakatlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, aksariyat jinoyatlar bir guruh shaxslar tomonidan sodir
etiladi. Shu o'rinda, ijtimoiy xavfi yuqori bo'lgan jinoyatlar ko'p hollarda bir necha kishilarning birlashishi orqali sodir
etilishini alohida ta'kidlab o'tish lozim.
Shubhasiz, bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik
darajasi yuqoridir, chunki
bir kishi tomonidan sodir etilgan qilmishdan ko'ra, bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan jinoyat tufayli
ijtimoiy munosabatlarga ko'proq zarar yetkaziladi. Jinoyatchilar guruh bo'lib harakat qilishganda, ancha ishonch bilan
qo'pol va bemalol harakat qilishadi. Bunday holat ularning hayot tarziga aylanib qolishi mumkin.
Jinoyatning uyushgan guruh yoki jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilishi
yengil kechadi, iz qoldirmaslik va
guvohlarni yo'qotish osonlashadi. Guruh bo'lib jinoyat sodir qilinganida guruh rahbarlarini fosh etish qiyinlashadi va
ularning yashirinishi oson kechadi. Bu jihatlardan olganda, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning maxsus
o'rganilishi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda muayyan yutuqlarga erishishga yordam beradi. Turli jinoyatlarda
uyushgan jinoyatchilik darajasi bir xil bo'lmay, ularning maxsus o'rganilishi talab etiladi. Guruh bo'lib jinoyatlarning
sodir etilgan xavflilik darajasiga bir necha shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo'lgan jinoyatlarga nisbatan
ancha yuqoridir.
Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko'ra: «Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan
jinoyat sodir etishda
birgalashib qatnashishi ishtirokchilik, deb topiladi».
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning bir qator o'ziga xos xususiyatlari mavjud. U yoki bu jinoyatni
kvalifikatsiya qilishda, nafaqat, qilmishning ishtirokchilikda sodir etilishi, balki qonuniylik va adolatlilik
prinsiplariga
asoslangan holda ishtirokchihkning aniq belgilari va shakllariga e'tibor berish lozim.
Ishtirokchilik belgilarini obyektiv va subyektivga ajratish mumkin.
Ishtirokchihkning obyektiv belgilariga:
1) jinoyat sodir qilishda ikki yoki undan ortiq shaxsning ishtiroki;
2) guruh a'zolarining jinoyatni sodir qilish uchun birgalikda harakat qilishi kiradi.
Jinoyat sodir qilishda ikki yoki undan ortiq shaxsning qatnashishi ishtirokchihkning son belgisidir. Bu belgining
asosiy sharti
shundan iboratki, jinoyat ishtirokchilikda sodir etilganda, ishtirok-chilarning
barchasi aqli raso va shu
jinoyat uchun qonunda belgilangan yoshga yetgan bo'lishi talab qilinadi.
Qonunda belgilangan yoshga yetmagan va aqli noraso, deb topilgan shaxs jinoyatning subyekti, deb topilishi
mumkin emas va o'z-o'zidan ishtirokchi ham bo'la olmaydi. Agar jinoyat sodir etgan shaxs subyektning barcha
belgilariga ega bo'lsa va jinoyatning bajaruvchisi sifatida aqli noraso shaxsdan yoki qonunda belgilangan yoshga
yetmagan shaxsdan foydalangan bo'lsa, bu holda aybdor faqat sodir etgan jinoyat uchun emas, balki voyaga yetmagan
shaxsni jinoyatga yoki g'ayriijtimoiy xatti-harakatga jalb qilganlik uchun ham javobgarlikka tortiladi.
Ishtirokchilik
institutini tahlil qilishda, birgalashib jinoyat sodir etgan barcha shaxslarning harakatini o'rganish
lozim. Bunda har bir ishtirokchi tomonidan sodir etiladigan harakatning xususiyati, jinoiy kuchlarning
muvofiqlashganligi, ular o'rtasidagi aloqador-likning qat'iyligi asosiy element hisoblanadi. Aynan shu element majmuyi
ishtirokchilikda sodir etilgan qilmish darajasini belgilashga asos bo'lib, shu orqali jinoyatni sodir etgan shaxslarga
nisbatan jinoyat-huquqiy kurash chorasini belgilashga imkon beradi.
Birgalikdagi harakat shundan iboratki, bunda ishtirokchilarning jinoiy harakati birgalikda bo'ladi. Jinoyatni
birgalikda sodir qilish shundan iboratki, bunda bir ishtirokchining harakati ikkinchisiniki bilan chambarchas bog'liq
bo'ladi va jinoyat natijasi umumiy harakatga bog'liqdir. Ishtirokchilarning birgalikdagi harakati jinoyatning natijasi
uchun muhim shartdir. Ishtirokchilik jinoyati murakkab jarayon bo'lib, bunda har bir ishtirokchi o'zining