Tamom bo'lgan jinoyatlar tushunchasi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
10.5. Tamom bo'lgan jinoyatlar tushunchasi
Jinoyatni tamom bo'lgan, deb topish uchun, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddasida nazarda 
tutilgan aniq bir jinoyatning barcha belgilari (obyekt, obyektiv tomon, subyekt, subyektiv tomon) sodir etilgan bo'lishi 
lozim. Moddaning dispozitsiyasida ko'rsatilgan obyektiv tomonning barcha belgilari va subyektiv tomon (qasd yoki 
ehtiyotsizlik) to'liq mavjud bo'l-ganda jinoyat tamom bo'lgan, deb topiladi. 
Jinoyatning tamom bo'lgan vaqtini aniqlash uchun har bir holatda uning tugallangan vaqtini bilish lozim. Bu 
jinoyat qonunida belgilangan aniq bir jinoyat tarkibiga bog'liq bo'ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda Jinoyat kodeksining 
«Maxsus» qismi moddasida ko'rsatilgan oqibat kelib chiqqan bo'lishi lozim. Ba'zi bir jinoyatlarda uning tamom bo'lgan 
vaqtini aniqlash qiyin. Jinoyat belgisini tashkil qiluvchi oqibatning kelib chiqqanligi va aybdorning qasdi ayni shu 
oqibatni keltirib chiqarishga qaratilganligi e'tiborga olinadi. Agar qasd qilingan oqibatdan boshqa oqibat kelib chiqqan 
bo'lsa (masalan, shaxs qasddan odam o'ldirish maqsadida jinoyat sodir etsa, ammo badanga og'ir shikast yetkazsa). 
Bunday holatda jinoyat sodir etishga suiqasd bo'ladi. 
Formal tarkibli jinoyatlar uchun esa, jinoiy oqibat yuz bergan yoki yuz bermaganligidan qat'iy nazar, Jinoyat 
kodeksining «Maxsus» qismi moddasida nazarda tutilgan, ijtimoiy xavfii qilmish sodir etilishi bilan jinoyat tamom 
bo'lgan hisoblanadi. Masalan, haqorat qilish jinoyatida shaxsning sha'ni, qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir 
etilgan vaqtdan boshlab, jinoyat tamom bo'lgan hisoblanadi. 
Ba'zi jinoyatlarda oqibatning yuz berishi bilan emas, balki shunday oqibatning yuz berish xavfi ostida qoldirish 
bilan jinoyat tamom bo'lgan hisoblanadi. Masalan tanosil yoki OITS kasalligini tarqatish jinoyatida, bila turib boshqa 
shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo'lgan hisoblanadi (Jinoyat 
kodeksining 113-moddasi, 1-qismi). 
Ba'zan qilmishning ijtimoiy xavfliligi yuqoriligiga qarab, jinoiy guruhni tashkil etish bilan bog'liq bo'lsa, jinoyat 
xuddi shu narsa tashkil etilgan vaqtdan boshlab tamom bo'lgan hisoblanadi. Masalan, jinoiy uyushma tashkil etish 
(Jinoyat kodeksining 242-mod-dasi). Bu qilmish jinoiy uyushma yoki uning bo'linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik 
qilish, shuningdek, uning mavjud bo'lishi va ishlab turishiga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish bilan tamom bo'lgan 
hisoblanadi. Jinoyat huquqida bunday jinoyatlar kesik tarkibli jinoyat, deb yuritiladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish