60
Suiqasd
— bu jinoyatni sodir etishning ikkinchi bosqichi bo'lib, jinoyatni sodir etishga va ijtimoiy xavfli
oqibatga erishishga qaratilgan, jinoyatning obyektiv tomonini ifodalovchi ongli harakat bo'lib, shaxsga bog'liq
bo'lmagan holatlarga ko'ra tugatiladi. Suiqasdda tayyorgarlik bosqichidan farqli ravishda jinoyat sodir etish uchun
sharoit yaratilmasdan, balki uni sodir etishning bevosita boshlanishi bo'lib, jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan
obyektga tajovuz qilinadi va zarar yetkazish xavfi vujudga keladi. Qonunga xilof bo'lgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir
etish xavfi yoki ijtimoiy xavfli oqibatning yuz berishi real bo'lib qoladi. Ammo jinoyat shaxsga bog'liq bo'lmagan
holatlarga ko'ra oxiriga yetkazilmaydi.
Jinoyat kodeksining 25-moddasiga muvofiq: «Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog'liq
bo'lmagan holatlarga ko'ra oxiriga yetkazilmagan bo'lsa, jinoyat sodir etishga
suiqasd,
deb topiladi».
Boshqacha qilib aytganda,
suiqasd
bu qasddan sodir etilgan jinoyatning tugallanmay qolishi yoki aybdor istagan
oqibatning ro'y bermasligidir. Shunday qilib, suiqasd o'zida bevosita jinoyat sodir etishning boshlanishini ifodalaydi. Bu
bosqichda qonun himoyasida bo'lgan obyektga bevosita tajovuz qilinadi, aniq bir jinoyatning obyektiv tomoni amalga
oshiriladi. Suiqasdda shaxs qonun bilan qo'riqlanadigan obyektni real xavf ostida qoldiradi, lekin
obyektiv va subyektiv
sabablar natijasida jinoiy oqibat yuz bermaydi. Masalan, qasddan odam o'ldirish maqsadida jinoyatchi jabrlanuvchiga
zahar beradi, lekin moddaning zararsizligi tufayli jinoiy oqibat yuz bermaydi. Shuning uchun ham suiqasdning ijtimoiy
xavflilik darajasi tamom bo'lgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga yaqin turadi.
Jinoyat huquqi nazariyasida suiqasd obyektiv va subyektiv belgilarga ega, deyiladi. Ko'pchilik mutaxassislar
suiqasdning uch obyektiv belgisi mavjudligini ta'kidlashadi. Birinchi navbatda, suiqasd jinoyat sodir etishga qaratilgan
harakat (yoki hara-katsizlik)ni ifodalaydi. Suiqasd bu bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan harakat (harakatsizlik)dir.
Ayni shu harakat (harakat-sizlik) jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan bo'ladi. Aybdor aniq bir obyektga tajovuz qilib,
uni zarar yetkazish xavfi ostida qoldiradi, ba'zi hollarda unga zarar yetkazadi ham. Bu
belgining asosiy mazmuni
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida ifoda-langan jinoyat obyektiv tomonining qisman bajarilishi (masalan,
o'g'irlik jinoyatini sodir etish maqsadida shaxsnining uyga kirishi, qulfni buzishi)da ifodalanadi. O'q otish qurolidan
odam o'ldirishga suiqasd bo'lganligini aniqlash uchun, quroldan o'q otilgan yoki otilmaganligini aniqlash lozim bo'ladi.
Onaning o'z chaqalog'ini o'ldirishga suiqasd qilganligini bilish uchun chaqaloqning ovqatlantirilganligi yoki aksini
aniqlash kerak bo'ladi.
Ko'pchilik hollarda suiqasd harakat (qasddan odam o'ldirish maqsadida zahar berish) orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan bir qatorda ba'zi bir hollarda harakatsizlik (masalan, onani o'z chaqalog'ini o'ldirish maqsadida uni
emizmaganligi) ham suiqasdni amalga oshirish shakli bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, suiqasdda jinoyat oxiriga
yetkazilmaydi. Suiqasd shu belgisi bilan tamom bo'lgan jinoyatdan farq qiladi.
Tamom bo'lgan jinoyatdan farqli ravishda suiqasdda jinoyatning obyektiv tomoni
jinoyat sodir etayotgan
shaxsga bog'liq boimagan holatlarga ko'ra, o'zining to'liq belgilariga ega bo'lmaydi. Bu belgi, asosan, obyektiv
tomondan jinoiy oqibatning yo'qligida ifodalanadi. Masalan, shaxs o'q otish quroli yordamida odam o'ldirish jinoyatini
sodir etmoqchi bo'ladi, ammo qurolning otmaganligi sababli shaxs o'lmay qoladi. Bu о'rinda jinoyat subyektiv jihatdan
tugallangan, lekin uni faktik jihatdan tugallanmaganligi uni tamom bo'lgan jinoyatdan farqlash imkonini beradi. Tamom
bo'lgan jinoyatni suiqasddan farqlashda, aybdorning jinoiy harakati boshlanishidan to jinoiy oqibat yuz bergunga qadar
qancha vaqt o'tganligi ahamiyatga egadir. Agar jinoiy oqibat muayyan vaqt o'tgandan so'ng yuz bersa (masalan,
jabrlanuvchini o'ldirish maqsadida unga suiqasd qilib og'ir tan jarohati yetkazsa va jabrlanuvchi bir necha kundan so'ng
vafot etsa), qilmish tamom bo'lgan jinoyat, deb baholanadi. Qonunga ko'ra, oqibat ayblanuvchining qasddan qilgan
harakati
tufayli yuz berganida, oradan qancha vaqt o'tishidan qat'iy nazar, jinoyat tamom bo'lgan, deb hisoblanadi.
61
Moddiy tarkibli jinoyatlarda suiqasd jinoyat obyektiv tomoni-ning zaruriy belgisi bo'lgan ijtimoiy xavfli
oqibatning yuz bermasligida ifodalanadi. Og'ir tan jarohati yetkazish maqsadida aybdor. lezviya bilan jabrlanuvchiga
tajovuz qiladi, ammo lezviya jabrlanuvchi kamarining temir qismiga tegadi va natijada, og'ir tan jarohati yetkazilmaydi
va jinoiy oqibat kelib chiqmaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, suiqasd, deb topish uchun har doim ham obyektga zarar
yetkazilishi talab etilmaydi. Qator hollarda jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar
yetkaziladi. Masalan, katta summadagi pulni o'g'irlash maqsadida aybdor seyfni ochadi,
ammo u yerda oz miqdordagi
pul bo'ladi. Bunday hollarda qilmish tamom bo'lgan jinoyat emas, balki ko'p miqdordagi pulni o'g'irlashga suiqasd, deb
kvalifikatsiya qilinadi. Formal tarkibli jinoyatlarda, suiqasd jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi barcha harakatlarning to'liq
bajarilmasligida ifodalanadi (masalan, pora beruvchi mansabdor shaxsning qarshiligiga qaramasdan, pora predmetini
uning stoli ustida qoldiradi).
Suiqasd jinoyat tarkibining zaruriy belgisi jinoiy oqibat ro'y bermaganida ahamiyatga ega bo'ladi. Shu o'rinda
suiqasdning jinoyat sodir etishning boshqa bosqichlaridan farqlovchi quyidagi belgilarini ko'rish mumkin. Suiqasd
subyektga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra, jinoiy oqibat yuz bermagan holdagina ahamiyatga ega bo'ladi. Subyekt
jinoyat sodir etish uchun o'ziga bog'liq bo'lgan barcha harakatlarni bajaradi, ammo istalgan oqibat yuz bermaydi.
Suiqasdning obyektiv tomonini ifodalovchi uchinchi belgi jinoyatning shaxsga bog'liq bo'lmagan holda
tugallanmay qolishidir. Bu belgi jinoyatga tayyorgarlik ko'rishga ham xosdir. Bu holatlar turlicha bo'lishi mumkin
(masalan, kalitning yaroqsizligi tufayli eshikning ochilmasligi). Jinoyatning tamom bo'lishiga to'sqinlik
qilgan turli
holatlarga: ularning har biri jinoyatchining xohishiga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra vujudga kelishi hosdir. Aynan
shu belgi suiqasdning yuqorida ko'rsatilgan obyektiv belgilarini birlashtirib, uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy
qaytishdan farqlash imkonini beradi.
Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda shaxsda jinoyatni oxiriga yetkazish uchun barcha shart-sharoit
mavjud bo'ladi. Masalan, aybdor o'g'rilik jinoyatini sodir etish maqsadida avto-mobil topa olmaganligi haqida xabar
bergach, sherigi jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi. Agar aybdor o'zi xohishi bilan jinoiy fao-liyatini to'xtatsa, bunda
jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, deb topiladi.
Subyektiv tomondan, suiqasd faqat to'g'ri qasddan sodir etiladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish
bosqichi kabi
suiqasd ham jinoyatni amalga oshirishda qasdning amalga oshirishga qaratilgan bosqichi hisoblanadi. Aybdor jinoyat
sodir etayotganida uni oxiriga yetkazishga harakat qiladi. U o'z harakati bilan aniq bir jinoyatni
?
sodir etayotganini,
jinoyat obyektiv tomonining bir qismini bajarayotganini anglaydi, ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishini biladi (moddiy
tarkibli jinoyatlarda) va jinoyatni oxiriga yetkazishni istaydi.
Suiqasdda shaxsning harakati jinoiy maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Masalan, nomusga
tegish jinoyatida zo'rlik ishlatish jinoiy maqsadga erishish vositasi bo'ladi, agar zo'rlik shu maqsadda ishlatilmasa, bu
jinoyat sodir etishga suiqasd, deb baholanmaydi.
Agar shaxs biror aniq maqsadni ko'zlab harakat qilsa-yu, uning harakati natijasida
boshqa oqibat kelib chiqsa,
shaxsning maqsadi qanday oqibatga erishishga qaratilgan bo'lsa, u o'sha jinoyatga suiqasd qilishda ayblanadi. Masalan,
shaxs jabrlanuvchining sog'lig'iga og'ir shikast yetkazish maqsadida uni ursa, lekin buning natijasida unga o'rtacha og'ir
shikast yetkazilsa, bu og'ir shikast yetkazishga suiqasd, deb topiladi.
Jinoyat kodeksida suiqasdning turlari ko'rsatilmagan. Jinoyat-huquqiy nazariyasida suiqasd tamom bo'lgan va
tamom bo'lmagan suiqasdga ajratilgan. Bundan tashqari, yaroqsiz obyektga tajovuz, deb nomlanuvchi suiqasdning turi
ham mavjud. Ammo sud amaliyotida suiqasdning bu turi ahamiyatga ega bo'lsa-da, unga e'tibor berilmaydi.