59
yaratishga, shuningdek, bundan keyin jinoyatni yashirishga yoki ayni bir vaqtning o'zida unisiga ham, bunisiga ham
qaratilgan bo'lishi mumkin.
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish qonun bilan qo'riqlanadigan biror obyektga bevosita xavf tug'dirmaydi va shu
belgisi bilan u jinoyatga suiqasd qilishdan farq qiladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish jinoyatni sodir etishni
osonlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan faol harakatlaridan iboratdir. Jinoyat sodir etish uchun amalga
oshiriladigan harakatlar ikki xil bo'ladi: biri jinoyat tarkibining elementi bo'lsa, ikkinchisi jinoyat sodir etilishini
ta'minlovchi aktdir. Bu ikki harakatning mavjudligi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.
Bu harakatlar jinoyat sodir etishga yoki jinoyatni yashirishga yordam beruvchi harakatlardan iborat bo'lishi
mumkin. Jinoyat sodir etish bosqichi sifatida tayyorgarlik faqat aniq bir jinoyat sodir etish uchun tayyorgarlik
ko'rilgandagina mavjud bo'ladi. Bunda subyekt jinoyatni oxiriga yetkazishiga ishonadi. Agar shaxs har ehtimolga
qarshi, masalan, biron-bir qilmishni amalga oshirish quroli yoki vositasini tayyorlashi yoki olishi
jinoyat sodir etish
bosqichi sifatida baholanmaydi. Ba'zi hollarda shaxsning bunday harakati mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qilishi
mumkin. Masalan, qasddan odam o'ldirisb maqsadida o'qotar quroldan foydalanish uchun unga qonunga xilof tarzda
egalik qilsa, aybdor Jinoyat kodeksining 247-moddasidagi alohida jinoyat tarkibi bo'yicha jinoiy jvobgarlikka tortiladi.
Jinoyat quroli
deganda, amaliyotda ham, nazariyada ham bevosita uning yordamida jinoyat sodir etiladigan,
ya'ni jinoyat obyektiv tomonini to'liq yoki qisman amalga oshiruvchi predmet tushuniladi. Bunga o'qotar qurollar,
pichoq, qilich, nayza misol bo'la oladi.
Jinoyatni sodir etish vositasi
esa, qilmishning sodir etilishini osonlashtiradi. Masalan, qalbaki hujjat, mol-
mulkni talon-taroj qilish vositasi bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ayni bir predmet ba'zi bir jinoyatlar uchun qurol,
ba'zi bir jinoyatlar uchun vosita bo'lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, jabrlanuvchining mulkini o'g'irlash maqsadida,
unga uyqu dorini berib uxlatib qo'yilsa, bu jinoyat sodir etish vositasi bo'ladi. Ammo shu doridan odam o'ldirish
maqsadida faydalanish ham mumkin. Bunday holatda, bu -
jinoyat sodir etish quroli, deb topiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish
jinoyat sodir etish uchun ishtirokchilarni izlashda ham ifodalanadi. Masalan,
kelishuv bitimini tuzish, qo'rqitish, jinoyatni sodir etishsa, boyib ketish-lariga ishontirish, jinoiy yo'l bilan topilgan
boylikni bo'lishishni taklif qilish va hokazolar.
Kelishuv
- bu kamida ikki kishining jinoyat sodir etishga yoki jinoyat izini yashirishga qaratilgan bitimi.
Masalan,
bir kishi jinoyat sodir etsa, ikkinchisi jinoyat izlarini yo'qotadi. Kelishuv ikki xil, jinoyat sodir etishga yoki uni
yashirishga qaratilgan bo'lishi mumkin.
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rishga qaratilgan qilmishlarni yo'nalishiga ko'ra ikki guruhga bo'lish mumkin:
1. Jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi qilmishlar.
2. Jinoyatni yashirishga qaratilgan qilmishlar.
Jinoyat sodir etishga sharoit yaratuvchi harakatlarga: jinoyat qurolini qidirish, tayyorlash, moslash, kelishish va
boshqalami kiritish mumkin. Jinoyat sodir etish quroli yoki vositalarini qidirish qonuniy yo'l bilan (o't qo'yish
maqsadida benzin sotib olish), shuningdek, g'ayriqonuniy yo'l bilan (o'g'irlik yo'li bilan o'qotar qurolni egallash) amalga
oshirilishi mumkin.
Qurol yoki vositalarni jinoyat sodir etishga moslashtirish -biron-bir predmetga muayyan shakl berish, qayta
ishlash kabi harakatlardan iborat. Jinoyat sodir qilish yoki uni yashirishga qaratilgan harakatlar ko'p bo'lib, ularning
barchasini bir vaqt-nining o'zida ko'rib chiqish mumkin emas, shuning uchun qonun chiqaruvchi qonunda uning
umumlashgan shaklini qo'llaydi.
Subyektiv tomondan tayyorgarlik ko'rish faqat to'g'ri qasddan sodir etiladi. Ehtiyotsizlik orqasidan sodir
etiladigan jinoyatlarga tayyorgarlik ko'rish mumkin emas. Tayyorgarlik ongli ravishda amalga oshirilgan maqsadli
harakat bo'lib, bu bosqichda jinoyatni sodir etishga bo'lgan qasd amalga osha boshlaydi. Shaxs o'z
harakati bilan
jinoyatni sodir etishga yoki uni yashirishga tayyorgarlik ko'rayot-ganini anglaydi. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish jinoyat
sodir qilishdan ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishi bilan farq qiladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rishni baholashda bu jinoyatni sodir etishning dastlabki bosqichi aybdorga bog'liq bo'lmagan
holda tugatilganligini hisobga olish lozim. Ko'pchilik hollarda jinoyatga tayyorgarlik ko'rish huquqni muhofaza qiluvchi
organlar tomonidan shu bosqichning o'zida to'xtatiladi. Ba'zi hollarda shaxs jinoyat sodir etib bo'lmasligiga, jinoiy
harakatni amalga oshirishning imkoni yo'qligiga (jinoyat sodir etish quroli yoki vositasining yaroqsizligi,
ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan bosh tortishi) ishonch hosil qiladi. Jinoyatga tayyorgarlikning aybdorga bog'liq
bo'lmagan asoslarga ko'ra, uzilib qolganligi tergov organi xodimlari tomonidan isbotlanadi.
Obyektiv tomonni
bajarishgacha bo'lgan xatti-harakatning uzilib qolishi, jinoyatni tayyorgarlik bosqichidayoq tugallanganligini aniqlash
uni suiqasd qilishdan ajratish imkonini beradi.
Aynan jinoiy harakatning jinoyat obyektiv tomonining faktik jihatdan ijro etilgunga qadar uzilib qolishi, jinoyatga
tayyorgarlik ko'rilganligini aniqlash uchun asos bo'ladi. Agar shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko'rish bosqichida boshqa bir
jinoyatni sodir etgan bo'lsa, bunda uning har bir jinoyati alohida-alohida kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, shaxs
bosqinchilik jinoyatini sodir etish uchun qurolga ega bo'lish maqsadida qurol o'g'irlasa, bunda uning jinoyati o'g'irlik va
bosqinchilik jinoyatiga tayyorgarlik ko'rish, deb topiladi.