Ayb shakli sifatida ehtiyotsizlik va uning turlari




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
8.5. Ayb shakli sifatida ehtiyotsizlik va uning turlari
Odatda, ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan oqibatiga qarab, ayrim hollarda esa, bu 
oqibatlarni vujudga keltirgan usul va vositaga qarab, kvalifikatsiya qilinadi. Oqibatning yo'qligi javobgarlikni istisno 
etadi. Ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar uchun' javobgarlik faqatgina jinoyat qonunida to'g'ridan to'g'ri 
ko'rsatilgan holdagina kelib chiqadi. 
Jinoyat kodeksining 22-moddasida aybning ehtiyotsizlik shakUga quyidagicha ta'rif berilgan: «O'z-o'ziga 
ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat, deb 
topiladi. 
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o'z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib 
chiqarishi mumkinligiga ko'zi yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday 
oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bo'lsa, bunday jinoyat o'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir 
etilgan, deb topiladi». 
Ko'pchilik hollarda ehtiyotsizlik orqasidagi jinoyatlar shaxsning o'z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashi 
natijasida ijtimoiy manfaatlarga bo'lgan loqayd munosabatlar va boshqalar tufayli sodir bo'ladi. Jinoyat kodeksida 
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik kelib chiqqan oqibatga qarab belgilanadi. Masalan, 
ehtiyotsizlik orqasida odam o'ldirish (Jinoyat kodeksining 102-moddasi), ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir 
yoki og'ir shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 111-mod-dasi), transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish 
xavfsizligi qoidalarini buzishning badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lishi (266-moddaning 
1-qismi), yong'in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan buzilishi 
badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazishga sabab bo'lishi (259-moddaning 1-qismi) va shu kabilar. 
Ammo qator hollarda javobgarlikka tortish uchun oqibatning kelib chiqishi nazarda tutilmaydi. Masalan, davlat 
sirlarini oshkor qilish (Jinoyat kodeksining 162-moddasi). Bu jinoyat qasddan va shuningdek, ehtiyotsizlik orqasida 
ham sodir etilishi mumkin hamda davlat sirlari oshkor etilgan vaqtdan boshlab qilmish tugallangan, deb hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 22-moddasi mazmunidan ko'rinib turibdiki, ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyat 
o'z-o'ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilishi mumkin. O'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir etilayotgan 
jinoyatning intellektual (tafakkuriy) holati shundan iboratki, aybdor o'zining xulq-atvori natijasida kelib chiqishi 
mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko'ra biladi. 
Agar jinoiy o'z-o'ziga ishonish ehtiyotsizlikning beparvolik orqasida sodir etilgan jinoyat bilan taqqoslansa, 
ko'rinib turibdiki, aybning o'z-o'ziga ishonish xavfliroq shaklidir, chunki bu holda aybdor xulq-atvori natijasida qanday 
oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini ko'ra bila turib, ongli ravishda ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga rioya qilmaydi. 
Masalan, haydovchi mast holda avtomashinani odamlar ko'p joyda yuqori tezlikda boshqaradi, u ongli ravishda yoi 
harakati xavfsizligi qoidalarini buzadi. Buning natijasida aybdor odamlar sogiig'iga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan 
ijtimoiy xavfli oqibat ro'y berishi mumkinligiga ko'zi yetadi va bu oqibatlar kelib chiqmasligi to'g'risidagi ishonchi xom 
xayol bo'lib chiqadi (irodaviy holat). 
Jinoiy o'z-o'ziga ishonish ko'rinishida sodir etilgan qilmishlar transport vositasini boshqarish, tabiiy muhitni 
qo'riqlash va tabiatdan foydalanish bilan bog'liq jinoyatlar uchun xos. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etilishi natijasida 
jinoyat-huquqiy normada ko'rsatilgan oqibat yuz bermagan bo'lsa, qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etmaydi 
Masalan, haydovchi ongli ravishda belgilangan tezlikni oshirib, yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzadi, ammo bu 
hech qanday oqibatlarga olib kelmadi. Bu holda haydovchiga yo'l patrul xizmati xodimlari tomonidan ma'muriy 
choralar qo'llaniladi. 


52 
Jinoiy o'z-o'ziga ishonishda shaxsning ongi va irodasi kelib chiqishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli oqibatga, 
o'zining xulq-atvoriga befarq bo'lmaydi, balki hech qanday oqibat yuz bermaydi, deb hisoblaydi. 
Beparvolik ko'rinishidagi jinoyatni sodir etishda shaxs qonunda ko'zda tutilgan o'z xulq-atvori tufayli kelib chiqadigan 
ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan bilmaydi. Lekin bilishi mumkin va zarur. Beparvolik ko'rinishidagi jinoyatlarni 
sodir etishda oqibatlarni ko'ra bilmaslik, shaxsning qonun talablariga, turli qoidalarga va boshqalarga beparvoligidan 
dalolat beradi. Jinoiy beparvolikda shaxs o'z xulq-atvorining ijtimoiy xavfliligini anglamaydi. Natijada, ijtimoiy xavfli 
oqibat yuz berishi mumkin. Shunga qaramasdan, sodir etilayotgan qilmish holatlarini hisobga olib oqibatning yuz 
berishi mumkinligini bilishi zarurdir. Jinoiy beparvolik o'z-o'ziga ishonishdan shunisi bilan farq qiladiki, awalo, shaxs 
o'z xulq-atvorining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglamaydi. Lekin vaziyatni hisobga- olib, jinoiy oqibat yuz berishini 
shaxs bilishi mumkin va zarurdir. 
Sud-tergov amaliyotida jinoiy beparvolikni tasodifan yuz bergan qasddan ajrata bilish lozim. Jinoyat kodeksida 
birinchi marta (24-mod-dasida) aybsiz holda zarar yetkazish tushunchasi berilgan. Unda: «Agar shaxs o'z qilmishining 
ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo'lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli 
oqibatlariga ko'zi yetmagan va ishning holatlariga ko'ra ko'zi yetishi mumkin va lozim ham bo'lmagan bo'lsa, bunday 
qilmish aybsiz holda sodir etilgan, deb topiladi». 
Bunday shaxsning harakatlari tufayli ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqqan taqdirda ham aybi bo'lmaydi 
(qasddan yoki ehtiyotsizlik shaklida) aybining yo'qligi birinchi navbatda u qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini 
anglamagani, anglashi mumkin va lozim ham bo'lmagani yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetmagani va 
ishning holatlariga ko'ra ko'zi yetishi mumkin va lozim ham bo'lmaganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun shaxs har 
qanday ijtimoiy xavfli oqibat yuz berganda ham jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Jinoyat huquqi nazariyasi va sud amaliyotida oqibatlarni kelib chiqishining oldini olish uchun aybdorda 
imkoniyat bo'lganmi yoki yo'qmi, degan masalalami hal qilish uchun 
obyektiv 
va 
subyektiv 
mezon ishlatiladi. 
Beparvolikning obyektiv mezoni shaxsning yozilgan va yozilmagan oldini olish qoidalariga rioya qilmasligi 
natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishini oldindan ko'ra bilish majburiyatini o'z ichiga oladi. O'z navbatida, 
agar haqiqiy yuzaga kelgan ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko'ra bilish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan shaxs 
ushbu xavfli oqibatlar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Subyektiv mezon shaxsning aniq bir vaziyatda va o'zining individual xususiyatlari bilan ijtimoiy xavfli 
oqibatlarni kelib chiqish imkoniyatini oldindan ko'ra bilish qobiliyatini anglatadi. 
O'z-o'ziga ishonish va beparvolikning umumiy jihatlari ko'pligidan, ular aybning bir shakli tarkibiga kiritilgan. 
Ulaming umumiyligi, eng awalo, yagona ruhiy va ijtimoiy negizga ega ekanli-gida namoyon bo'ladi. Bularga 
hushyorlikning yo'qligi, e'tiborsizlik, ehtiyotkorlik qoidalarini mensimaslik va boshqalar kiradi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayb shakli sifatida ehtiyotsizlik va uning turlari

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish