|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markaziBog'liq 67. Жиноят хукуки умумий кисм
7.4. Jinoyatning maxsus subyekti
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning maxsus subyekti tushunchasi berilgan.
Shaxsni jinoyatning maxsus
subyekti,
deb hisoblash uchun subyektning zarariy belgilari bilan birga (yosh, aqli rasolik), albatta, boshqa belgilar ham
bo'lishi kerakki, bunday belgisiz shaxsning tegishli norma bilan jinoiyjavobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ko'p hollarda ushbu belgilar jinoyat-huquqiy normalar dispozitsiyasida ko'rsatiladi yoki ularni sharhlash orqali
aniqlanadi. Jinoyatning maxsus subyekti belgilari turlicha bo'lib, ular xizmat, kasb, fuqarolik yoki harbiy majburiyat
bo'yicha bo'lishi mumkin. Masalan, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarning subyekti faqat mansabdor shaxs bo'la oladi
(205, 206, 207, 208, 209, 210, 211-moddalar), harbiy xizmatga oid jinoyatlarda faqat harbiy xizmatchilar subyekt bo'la
oladi (279-300-moddalar). Transport harakati va undan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarda uning subyekti
faqat transport vositasini boshqarayotgan shaxs bo'la oladi (260, 266-moddalar).
Ta'mirlash qoidalarini yoki transportni ekspluatatsiyaga chiqarish qoidalarini buzganlik jinoyatida subyekt faqat
ta'mirlovchi yoki transportning texnik holati uchun javobgar shaxsgina bo'la oladi. Davlat sirlarini oshkor qilganlik
uchun davlat sirlari xizmat yoki kasb yuzasidan ishonib topshirilgan shaxsgina javobgarlikka tortiladi (162-modda).
Jinoyat qonunining «Maxsus» qismini o'rganish shuni ko'rsa-tadiki, jinoyatning maxsus subyekti belgilarini
quyidagicha tasnif-lash mumkin:
1) fuqaroligi;
2) demografik belgilari (jinsi, yoshi);
3) mansabi;
4) harbiy xizmatga aloqadorligi;
5) bajarayotgan ishi;
6) kasbiy majburiyati;
7) shaxsiy majburiyatlari;
8) subyektning asosiy holatlari (retsidivist, xavfli retsidivist).
Bu tasnif, albatta, taxminiydir. Har bir ijtimoiy xavfli harakat sodir etilganida sud-tergov xodimlari jinoyatning
maxsus subyektining alohida belgilarini aniqlashi lozimki, bularsiz harakat sodir etgan shaxs ushbu jinoyatning
subyekti, deb topilmasligi kerak.
|
| |