• 4. Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgilari va ularning ahamiyatini izohlang. 5. Jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilarining ahamiyati va zaruriy belgilardan farqi nimada
  • 9. Jinoiy oqibatni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati nimalarda ifodalanadi 10. Sababiy boglanishning jinoyat huquqiy ahamiyatini tushuntiring.
  • 12. Jinoyat obyektiv tomonining jinoyat tarkibi elementlaridan farqlovchi oziga xos xususiyatlari qanday 7-bob. JINOYAT SUBYEKTI
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

     
    NAZORAT SAVOLLARI 
    1. Jinoyatning obyektiv tomoni, deb nimaga aytiladi? 
    2. Jinoyat tarkibi element (tomon)lari tizimida obyektiv tomonning aha-miyati nimada? 
    3. Jinoyat obyektiv tomonining belgilarini bayon eting. 


    42 
    4. Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgilari va ularning ahamiyatini izohlang. 
    5. Jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilarining ahamiyati va zaruriy belgilardan farqi nimada? 
    6. Ijtimoiy xavfli qilmishni jinoiy, deb hisoblashning yuridik belgilari nima-larda ifodalanadi? 
    7. Harakat nima, harakatsizlik nima? 
    8. Ijtimoiy xavfli oqibat nima? 
    9. Jinoiy oqibatni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati nimalarda ifodalanadi? 
    10. Sababiy bog'lanishning jinoyat huquqiy ahamiyatini tushuntiring. 
    11. Jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilarini jinoyatni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati nimalarda 
    ifodalanadi? 
    12. Jinoyat obyektiv tomonining jinoyat tarkibi elementlaridan farqlovchi o'ziga xos xususiyatlari qanday? 
     
    7-bob. JINOYAT SUBYEKTI
    7.1. Jinoyat subyekti tushunchasi 
    Jinoyat huquqi nazariyasiga ko'ra, har qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan, qonunda belgilangan yoshga 
    yetgan va aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti bo'ladi. Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining zaruriy 
    elementidir, ya'ni jinoyat sodir qilgan shaxs bo'lmasa, o'z-o'zidan jinoyat ham bo'lmaydi. 
    Jinoyat qonuniga muvofiq, jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bo'la oladi va Jinoyat kodeksining 17-
    moddasida yozilishicha: «Jinoyat sodir etgunga kadar o'n olti yoshga to'lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka 
    tortiladilar». Yuridik shaxs (tashkilot, muassasa, korxona va hokazo)lar jinoyatning subyekti bo'la olmaydi. Shuni ham 
    ta'kidlab o'tish joizki, bir qator chet el davlatlarining jinoyat qonuniga ko'ra, yuridik shaxs ham jinoyatning subyekti 
    bo'la olmaydi. Lekin tashkilot, muassasa, korxona faoliyati bilan bog'liq jinoiy oqibat uchun to'g'ridan to'g'ri uning 
    rahbarlari va mas'ul shaxslar javob beradilar. Bular, asosan, ekologiya sohasidagi jinoyatlardir (masalan, atrof-tabiiy 
    muhitni ifloslantirish (193-mod-da), yerdan, yer osti boyliklaridan foydalanish va qo'riqlash qoidalarini buzish (197-
    modda), o'simliklar, o'rmon va boshqa ekinlarni yo'q qilish yoki zarar yetkazish (198-modda) va hokazo). 
    Sud-tergov amaliyotida hayvonlar tomonidan jamiyat manfaat-lariga zarar yetkazilgan ishlar ham uchrab turadi. 
    Masalan, hayvonlar tomonidan insonga har xil darajadagi tan jarohati yetkazilishi, shuningdek, hayvonlar tomonidan 
    insonlarga jinoiy maqsadlarda hujum qilinganligi ham uchraydi. Bu hollarda, birinchidan, inson tomonidan maxsus 
    o'rgatilgan itga buyruq berilishi natijasida inson sog'lig'iga zarar yetkazilsa, bunda hayvon tomonidan yetkazilgan zarar 
    uchun uning egasi jayobgar bo'ladi. Ikkinchi holatda, biron-bir hayvon tomonidan o'zgalarning aralashuvisiz inson 
    sog'lig'iga zarar yetkazilgan bo'lsa, uning egasi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi va bunday holda hayvon egasining 
    fuqarolik-huquqiy javobgarligi to'g'risidagi masala qo'zg'atilishi mumkin. 
    Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs, ya'ni insongina bo'la 
    oladi. Biroq, Jinoyat kodeksining 17-moddasi (jismoniy shaxslarning javobgarligi)ga ko'ra, har qanday inson ham 
    jinoyatning subyekti bo'la olmaydi. Shaxsning qonunda belgilangan subyekt yoshiga yetganligidan tashqari u o'z 
    harakatlarini boshqara olishi va harakati tufayli kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatni ham anglashi kerak bo'ladi. 
    O'z harakatini idora qila olmaydigan va oqibatini anglamaydigan shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishi tufayli 
    qonun bilan qo'riq-lanadigan ijtimoiy munosabatga zarar yetkazilsa, ularning harakatida qasd yoki ehtiyotsizlik 
    shaklidagi ayb mayjud bo'lmaydi. 
    Jinoyat subyektining asosiy belgilaridan yana biri — qonunda belgilangan yosh bo'lib, muayyan yoshga to'lgan 
    shaxslargina jinoiy javobgarlikka tortiladi. So'zsiz insonda ma'lum yoshga yetgandan keyingina atrofdagi voqealarni 
    qabul qilishi, o'z harakatlariga to'g'ri baho berishi va o'z xohishini kerakli yo'nalishga yo'naltira olish qobiliyati 
    shakllanadi. Inson ma'lum bir yoshga yetgandan keyin muayyan bir jinoyat qonuni bilan man qilingan harakatlar uchun 
    javobgarlik yuzaga kelishini to'g'ri anglay oladi. Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq, 16 yoshga to'lgan, aqli 
    raso shaxslar jinoyatning subyekti hisoblanadi. Bu yoshda o'smir har bir voqeani to'g'ri qabul qiladi, uning dunyoqarashi 
    va huquqiy fikrlashi shu darajaga yetadiki, u o'z qilmishining xavfli ekanligini to'g'ri baholay oladi. Biroq, ba'zi bir 
    alohida jinoyatlar uchun qonunda javobgarlik yoshi 14 yosh deb belgilangan. Javobgarlikni og'irlashtiradigan holatda 
    qasddan odam o'ldirish uchun esa 13 yosh belgilangan (97-moddaning 2-qismi). Yuqoridagilardan kelib chiqib: 
    1) jismoniy shaxs ekanligi; 
    2) aqli rasoligi; 
    3) qonun bilan belgilangan yoshga yetganligi jinoyat subyektining belgilaridir, deb aytish mumkin. 
    Jinoyat qonunida jinoyat subyektining umumiy belgilaridan tashqari qo'shimcha va maxsus belgilari ham nazarda 
    tutilgan. Buni jinoyatning maxsus subyekti, deyiladi. Masalan, mansabdorlik jinoyatining subyekti jinoyat subyektining 
    umumiy belgilari (yosh, aqli rasolik)dan tashqari belgilangan tartib bo'yicha mansabdor shaxs ham bo'lishi kerak. 
    Harbiy jinoyatlarda jinoyatning subyekti faqat harbiy xizmatchilar bo'ladi va hokazolar. 

    Download 53,9 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish