O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

7.2. Jinoyat subyektining yoshi


43 
Jinoyat qonuni bo'yicha javobgarlikka tortish yoshiga yetgan shaxsgina jinoyatning subyekti, deb hisoblanadi. 
Qonun chiqamvchi ma'lum bir yoshni belgilash vaqtida shaxsning hayotiy tajribasi, psixofiziologik va ijtimoiy-ruhiy 
holatining darajasini hisobga olgan. 
O'zbekiston Respublikasining jinoyat qonunida birinchi marta jinoiyjavobgarlikka tortilishiga asos bo'lishi 
uchun yoshining to'rt darajasi belgilangan. Jinoyat kodeksining 17-moddasi, 1-qismiga ko'ra, jinoyat qilgunga qadar 16 
yoshga to'lgan shaxs javobgarlikka tortiladi. Jinoyat kodeksida ko'pchilikjinoyatlar uchun javobgarlik 16 yoshdan 
belgilangan. 
Jinoyat kodeksining 17-moddasi, 2-qismiga ko'ra, «13 yoshga to'lgan shaxslar javobgarlikni og'irlashtiradigan 
holatlarda qasddan odam o'ldirganlik (97-moddaning 2-qismi) uchungina javobgarlikka tortiladilar». Jinoyat 
kodeksining 97-moddasi, 2-qismida belgilangan subyekt yoshi eng past yosh bo'lib, Jinoyat kodeksidagi yagona norma 
hisoblanadi. Oldingi qonunlarda bunday yosh chegarasi belgilanmagan edi. 
Jinoyat kodeksining 17-moddasi, 3-qismiga ko'ra, jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga to'lgan shaxslar 
quyidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgar bo'ladilar: qasddan odam oidirish (97); qasddan badanga og'ir 
shikast yetkazish (104); qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish (105); kuchli ruhiy hayajonlanish holatida 
qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish (106); nomusga tegish (118); jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib 
g'ayritabiiy usulda qondirish (119); odam o'g'irlash (137); bosqinchilik (164); tovlamachilik (165); talonchilik (166); 
o'g'rilik (169); mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish (173, 2—3); ozodlikdan mahrum qilish jazosini 
ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqamvchi harakatlar (220); ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish 
(222); o'qotar qurol, o'q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish quril-malarini qonunga xilof ravishda egallash 
(247); radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash (252); temiryo'l, dengiz, daryo, havo transporti vositasi 
yoki aloqa yo'llarini yaroqsiz holatga keltirish (263); transport vositasini olib qochish (267); giyohvandlik vositalari 
yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash (271); og'irlashtiruvchi holatlarda bezorilik (277, 2—3). 
Jinoyat kodeksining 17-moddasi, 4-qismida quyidagi jinoyatlar uchun javobgarlik yoshi 18 yosh,. deb 
belgilangan: voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (122); ota-
onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (123); voyaga yetmagan shaxsni g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish 
(127); fuqarolarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish (144); saylov yoki referendum tashkil qilish, 
ularni o'tkazish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish (146); ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish 
(193); atrof-tabiiy muhitning ifloslanganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko'rsatish (194); 
atrof-tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko'rmaslik (195); hokimiyat yoki mansab 
vakolatini suiiste'mol qilish (205); hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206); mansabga 
sovuqqonlik bilan qarash (207); hokimiyat harakatsizligi (208); mansab soxtakorligi (209); pora olish (210); harbiy yoki 
muqobil xizmatdan bo'yin tovlash (225); ma'muriy nazorat qoidalarini buzish (226); aybsiz kishini javobgarlikka tortish 
(230); adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish (231); sud qarorini bajarmaslik (232); qonunga xilof 
ravishda ushlab turish yoki hibsga olish (234); ko'rsatuv berishga majbur qilish (235) va «Harbiy xizmatni o'tash 
tartibiga qarshi jinoyatlar» bo'limidagi (279~302) jinoyatlar. 
Jinoyat kodeksining 17-moddasiga ko'ra, jinoyatchilarning yoshi chegaralari aniq belgilanishi uchun shaxsning 
yoshi to'liq (tug'ilgan yili, oyi, kuni) aniqlanishi lozim. 
Shaxsni ma'lum bir yoshga to'lgan, deb hisoblash uchun uning yoshi tug'ilgan kunidan emas, balki keyingi 
kundan boshlanadi. Shaxsni yoshi tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki pasportga qarab aniqlanadi. Ushbu hujjatlar 
va yoshni aniqlaydigan dalillar bo'lmaganda, tug'ilgan vaqt sud-tibbiyot ekspertizasi orqali aniqlanadi. Lekin ekspertiza 
ham aniq yil, oy va kunni aytib bera olmasa, ekspert komissiyasi shaxsning jismoniy va aqliy rivojlanishini e'tiborga 
olib, muayyan yilni tug'ilgan yili, deb belgilaydi. Bunday holda yilning oxirgi kuni (31-dekabr) tug'ilgan kun, deb 
belgilanadi. Ba'zi hollarda ekspertiza aniq yilni ham ayta olmasdan o'rtacha yoshni belgilaydi (masalan, 12 dan 15 
gacha). Bu hollarda shaxsning minimal yoshi olinadi (bu vaziyatda 12 yosh olinadi). 
Jinoyat kodeksida birinchi marta 18 yoshga to'lmagan shaxslarning jismoniy va aqliy yetuklik darajasi va 
ruhiyatini hisobga olib, voyaga yetmaganlar uchun Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida alohida javobgarlik 
belgilandi (masalan, 18 yoshga yetmaganlar uchun o'lim jazosi qo'llanilmaydi). 

Download 53,9 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish