35
Qilmish har qanday jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Har qanday jinoiy qilmish ijtimoiy xavflidir,
qilmishning bunday xavfliligi uning qonun bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishda
namoyon bo'ladi. Ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi, eng awalo, yetkazilgan zararning hajmi va tajovuz qilingan
obyektning qiymati bilan belgilanadi.
Qilmish —
bu insonning ongli xulq-atvori. Shuning uchun jinoyat huquqiy ma'noda qilmish deyilganda, ongli,
shuningdek, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishga sabab bo'lgan tana harakati tushuniladi.
Har qanday jinoyat o'zining obyektiv belgilariga ko'ra, ijgimoiy xavfli harakat yoki passiv xulq (harakatsizlik) yo'li
bilan sodir etiladi.
Ijtimoiy qilmishning keng tarqalgan turi bu harakatdir. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko'rsatilgan
jinoyatlarning uchdan ikki qismiga yaqini harakat orqali sodir etiladi. Har bir harakat negizida inson tomonidan ma'lum
maqsadlar sari, ongli yo'naltirilgan tana harakati yotadi. Jinoyat huquqiy ma'nodagi harakat bilan tana harakati o'zaro
uzviy bog'liqdir. Lekin ular bir xil emas. Instinktiv, reflektor va impulsiv tana harakatlari ong
bilan boshqarilmaganligi
va inson erki bilan yunaltirilmaganligi uchun, jinoyat huquqiy ma'nodagi harakatni keltirib chiqarmaydi. O'z navbatida
jinoyat huquqiy ma'nodagi harakat birgina ongli va irodaviy tana harakati bilan cheklanmaydi, balki u o'zida tana
harakatlarining o'zaro bog'liq tizimini o'zida aks ettiradi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligini vujudga keltiradi.
Harakat
shaxsning xulq-atvori, uning ongli ravishda sodir etiladigan xatti-harakati bo'lib, imo-ishora, til, qo'l va
oyoq
bilangina emas, balki boshqa narsalar vositasi bilan ham qilinishi mumkin. Masalan, odam o'ldirish yoki badanga
shikast yetkazish uchun avtomashinadan foydalanish, itga qoptirish va hokazolar.
Jinoiy harakatning obyektiv chegarasi to'g'risidagi masala muhim hisoblanadi. Ijtimoiy xavflilik va
g'ayrihuquqiy ham bo'lgan harakat irodaviy va ongli tana harakati amalga oshirilgan vaqtdan boshlangan hisoblanadi.
Bunday harakatlar sirasiga, nafaqat, himoya qilinadigan obyektlarga zarar yetkazishga qaratilgan va «Maxsus» qism
moddalarida tamom bo'lgan jinoyatlar sifatida aks ettirilgan harakatlar, balki jinoyat sodir etishga
yetarli sharoit yaratib
beruvchi harakatlar ham kiradi: tayyorgarlik harakatlari, tashkilotchilar, dalolatchilarning harakatlari. Harakatning oxiri
deganda, uning tugashi (bunga aybdorning erkiga bog'liq bo'lmagan harakatlar ham kiradi) yoki
zarali oqibatlarning
kelib chiqishi yoki qilmishning ijtimoiy xavflilik va g'ayrihuquqiylik xususiyatini yo'qotishi tushuniladi.
Jinoyat-huquqiy harakatlar tashqi tomondan inson, hayvon yoki moddiy predmetga jismoniy ta'sir qilish
shaklida ifodalanishi mumkin. Jinoyat kodeksidagi 90 % jinoyatlar shunday shaklda sodir etiladi.
Jinoyat huquqiy harakat muayyan so'z yoki iboralarni yozish yoki aytishda ham ifodalanishi mumkin. Masalan,
tuhmat, haqorat. Ba'zida boshqa odamlar ham ijtimoiy xavfli harakat vositasi bo'lishi mumkin. Masalan, aqlidan noraso
yoki kichik yoshdagi bolalar o't qo'yishga yoki odam o'ldirishga dalolat qilinganida, dalolatchi o'sha jinoyatni bevosita
sodir qilishda ayblanadi. Aqli noraso yoki subyekt yoshida bo'lmagan shaxslar esa, o'z harakatlarining ijtimoiy
xavfliligini tushunmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Harakatsizlik —
shaxsning
ijtimoiy xavfli, ongli va passiv xulq-atvori. Harakatsizlik shaxsning qilishi lozim va
mumkin bo'lgan harakatni qilmaganligi natijasida, jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar
yetkazilganligi yoki zarar yetkazish xavfi tug'ilganligida ifodalanadi.
Ijtimoiy xavfli harakatsizlik xuddi ijtimoiy xavfli harakatday tashqi dunyoga ta'sir o'tkazadi va ma'lum
o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Harakatsizlik birgina holatda muayyan harakatni amalga oshirishdan o'zini tiyish bilan
birga jinoiy xulq-atvor tizimini aks ettirishi mumkin. Misol uchun, mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatida
mansabdor shaxs o'ziga yuklatilgan vazifani doimiy ravishda bajarmay keladi.
Harakatsizlik faqatgina ijtimoiy xavfli va g'ayrihuquqiy bo'lgan taqdirdagina, jinoiy javobgarlikni keltirib
chiqaradi. Bundan
tashqari, harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikni kelib chiqishining zaruriy shartlaridan yana biri
imkoniyatning borligi va majburiyligi. Masalan, jinoyatchilar tomonidan bog'lab qo'yilgan qorovul talon-tarojning
oldini olmasa, o'z vazifalariga insofsiz munosabatda bo'lganligi uchun javobgarlikka tortib bo'lmaydi, chunki u
jismonan o'z vazifalarini bajara olmaydi.
Insonning har qanday qilimishi har doim ongli va aql-irodasi bilan sodir etiladi. Shuning uchun o'z
harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxsning barakatlari, hatto ijtimoiy
xavfli oqibatlarga olib kelgan taqdirda ham jinoyat hisoblanmaydi. Masalan, fuqaro A.
sirpanib ketayotib, omon qolish
niyatida biror narsani ushlab qolishga harakat qiladi. Biroq, yiqilayotib fuqaro O.ning kiyimidan tutadi, yiqilish
natijasida fuqaro O. og'ir jarohat oladi. Bunday holda kelib chiqqan oqibat uchun A. jinoiy javobgarlikka tortilmaydi,
chunki bu uning ongiga, aql irodasiga bog'liq bo'lmagan tarzda yuz bergan.
Shaxsning yengib bo'lmaydigan jismoniy kuch yoki ruhiy zo'rlik ta'sirida qonun bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy
munosabatga xavf soluvchi qilmishi va uning oqibatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Jinoyat
huquqi nazariyasida yengib bo'lmaydigan kuch deganda, ma'lum bir (aniq) shaxsni stixiyali kuchlar (yong'in, toshqin,
bo'ron va h.k.) ta'sirida o'z irodasiga qarshi ma'lum bir xatti-harakatlarni qilib qo'yish hodisalari (•masalan, avtobus
to'xtatishi natijasida yo'lovchilardan biri yiqilayotib, qo'lini beixtiyor yonida turgan yo'lovchining ko'ziga tegib
jarohatlashi, toshqin natijasida shifokorning chaqiruvga bora olmasligi va bemorning halok bo'lishi va h.k.) tushuniladi.
Tabiiy ofatni haqiqatan ham yengib bo'lmaganligini aniqlash uchun shaxsning
unga qarshi kurash qobiliyati,
vaziyat hisobga olinadi.