Jinoyat kodeksida belgilangan jinoyat obyektlarini sanab bering




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

9. Jinoyat kodeksida belgilangan jinoyat obyektlarini sanab bering. 
 
 
 
 
 
6-bob. JINOYATNING OBYEKTIV TOMONI
6.1. Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi va uning ahamiyati
 
Jinoyatning obyektiv tomoni 
ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni boiib, jinoyatning qanday sodir 
etilganligini ko'rsatadi. Aynan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni bir jinoyatni ikkinchisidan ajratish imkonini 
beradi, chunki bitta obyektga qilingan tajovuz ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyati va darajasiga ko'ra turlicha bo'lishi 
mumkin. Masalan, o'g'rilik yashirin sodir etilsa, talonchilik ochiqdan ochiq, bosqinchilik esa, jabrlanuv-chining 
badaniga shikast yetkazilishiga olib kelgan hujum qilish bilan bog'liq bo'ladi. 
Jinoyatning obyektiv tomoni, asosan, Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddalari dispozitsiyasi va 
bandlarida ko'rsatiladi. Aynan moddaning dispozitsiyasida jinoyatning obyektiv tomoni ta'riflanadi, ko'rsatiladi. 
Har qanday jinoyat turli harakat, ayrim hollarda esa, harakatsizlik orqaU sodir etiladi. Masalan, qasddan odam 
oidirish ko'pchilik hollarda faol harakat orqali sodir etiladi (pichoq urish, quroldan o'q otish, qandaydir narsa bilan 
qattiq, jarohat yetkazish, bo'g'ish va hokazolar), ammo xuddi shunday o'lim harakatsizlik (onaning o'z chaqalog'ini 
qasddan ovqatlantirmasligi, yordamga muhtoj holda yotgan shaxsni qarovsiz qoldirish va boshqalar) natijasida ham 
kelib chiqishi mumkin. Ya'ni, har qanday ijtimoiy xavfli qilmish harakat yoki harakatsizlik natijasida sodir etilishi 
mumkin. 
Ayrim hollarda jinoyatning oxiriga yetkazilgan, deb topilishi uchun qandaydir aniq oqibat yuzaga kelishi kerak 
(moddiy tarkibli jinoyat), boshqa hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli «qilmishning o'zi» (oqibatning kelib chiqishi 
talab qilinmaydi, formal tarkibli jinoyat) uchun javobgarlik belgilanadi. Ko'rinib turibdiki, aynan jinoyatning obyektiv 
tomoni qilmishning moddiy yoki formal tarkibli jinoyat ekanligini farqlash imkonini beradi. Bundan xulosa qilib, har 
qanday jinoyatning obyektiv tomoni qilmishdan iboratdir, desak xato bo'lmaydi. Ijtimoiy xavfli qilmish har qanday 
jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisidir. 
Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonning zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmishdan tashqari ijtimoiy xavfli 
oqibat va ro'y bergan oqibat bilan qilmish o'rtasida sababiy bog'lanishning mavjud ekanligi hisoblanadi. Formal tarkibli 
jinoyatlar uchun qilmishning o'zi yetarli va oqibatning ro'y berishi talab qilinmaydi. 
Ayrim hollarda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, sharoit, 
foydalanilgan vosita va qurollar ham ta'sir etadi. Ayrim hollarda bu holatlar jinoyatning zaruriy belgisi, boshqa hollarda 
esa, javobgarlikni og'irlashtiradigan holat bo'lishi mumkin. 
Jinoyat obyektiv tomonining yuqorida aytilgan fakultativ belgilari, agar jinoyatnnng zaruriy belgilari bo'lmasa 
yoki aybdor javobgarligini og'irlashtirmasa, jazo tayinlashda hisobga olinishi mumkin. 
Demak, ta'kidlab o'tish lozimki, moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgilari quyidagilardan iborat: 
1) ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik); 
2) ijtimoiy xavfli oqibat; 
3) ijtimoiy xavfli qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o'rtasidagi sababiy bog'lanish. 
Formal tarkibli jinoyatlarning zaruriy belgisi ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dir. 
Kesik tarkibli jinoyat 
deyilganda, shunday jinoyat tarkibi 
tushuniladiki, jinoyatning oxiriga 
yetgan vaqtini qonun oldingi 
bosqichiga ko'chiradi, ya'ni 
jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki 
suiqasd qilish bosqichiga ko'chiradi. 
Masalan, bosqinchilik (165-mod-da) 
yoxud jinoiy uyushma tashkil etish 
(242-modda). 
Moddiy va formal tarkibli 
jinoyatlar obyektiv tomonning fakultativ belgilari jinoyat sodir etish joyi, vaqti, sharoiti, vositasi, usuli va hokazolardir. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jinoyat kodeksida belgilangan jinoyat obyektlarini sanab bering

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish