• 4. Jinoyat tarkibining turlarini izohlang. 5. Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga kora tasniflashning turlarini tushuntiring.
  • 8. Moddiy tarkibli jinoyatlarning oziga xos xususiyatlari nimalarda ifodalanadi
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

     
    NAZORAT SAVOLLARI 
    1. Jinoyat tarkibi deb nimaga aytiladi va jinoyat tarkibining ahamiyati qanday? 
    2. Jinoyat tarkibining elementlari (tomonlari)ni bayon eting. 
    3. Jinoyat tarkibining belgilarini ayting. Zaruriy belgilari nima, fakultativ belgilari nima? 
    4. Jinoyat tarkibining turlarini izohlang. 
    5. Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga ko'ra tasniflashning turlarini tushuntiring. 
    6. Jinoyatlarni obyektiv tomoniga ko'ra tasniflashning turlari va mezonlarini tushuntiring. 
    7. Formal tarkibli jinoyatlarga qanday jinoyatlar kiradi? 
    8. Moddiy tarkibli jinoyatlarning o'ziga xos xususiyatlari nimalarda ifodalanadi? 
    9. Kesik tarkibli jinoyatlarning va jinoyatlarga tayyorgarlik ko'rish, suiqasd qilish bosqichlaridan farqi 
    nimada? 
    10. Jinoyat va jinoyat tarkibining o'zaro munosabati qanday? 
     
    5-bob. JINOYAT OBYEKTI
    5.1. Jinoyat obyekti tushunchasi 
    Jinoyatning obyekti jinoyat tarkibining elementlaridan biridir. Har qanday jinoyat shubhasiz u yoki bu obyektni 
    tajovuz qilish bilan sodir etiladi. Shuning uchun jinoyat obyektini to'g'ri aniqlash jinoyatning huquqiy mohiyatini 
    aniqlash, eng asosiysi, jinoyat obyektiga yetkazilgan zararga qarab, qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilish imkonini 
    beradi. 
    Jinoyat huquqi nazariyasida 
    jinoyatning obyekti 
    deganda, jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy 
    munosabatlar tushuniladi. Jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatninig umumiy 
    obyekti hisoblanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 2-moddasida: «Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq 
    va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfa-atlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy 
    tajovuzlardan qo'riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika konstitutsiyasi va qonunlarga 
    rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir», deyilgan. 
    Shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tomonidan qo'riqlanadigan ijtimoiy 
    munosabatlar jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi. Ammo har qanday ijtimoiy munosabatlar ham jinoyat qonuni 
    bilan qo'riqlanadigan obyekt bo'la bermaydi, ba'zi ijtimoiy munosabatlar boshqa huquqiy normalar bilan qo'riqlanadi. 
    Masalan, qarz beruvchi bilan qarzdor o'rtasida da'volar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi. 
    Jinoyat obyektini aniqlash orqali aybdor qanday jinoyat (o'g'rilik, nomusga tegish, haqorat qilish va 
    hokazolar)ni sodir etganligini aniqlashimiz mumkin. Jinoyat obyekti har bir jinoyat tarkibining zaruriy elementidir. 
    Jinoyat qonuni bilan qo'riqlan-maydigan obyektga qarshi qaratilgan harakat jinoyat hisoblanmaydi. 
    Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ayrim hollardagina Jinoyat kodeksining moddalarida jinoyatning obyekti 
    to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan bo'ladi. Qolgan barcha hollarda jinoyat obyekti Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismining aniq 
    bir moddasida nazarda tutilgan qilmishning jinoyatga tarkibi uning joylanishi bo'yicha tahlil etib aniqlanadi. 
    Ijtimoiy 
    munosabatlar 
    insonlar o'rtasidagi hayotni faoliyat jarayonida vujudga keladigan ma'lum aloqalardir. Ma'lumki, har 
    qanday ijtimoiy munosabat tarkibiga, albatta, uning subyekt-lari kiradi. Shuning uchun ijtimoiy munosabatlarning 
    subyekti har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (davlat, birlashma, jamoa va boshqalar) bo'lishi mumkin. Har qanday 
    ijtimoiy munosabatning zaruriy elementi uning predmetidir. Aybdor jinoyat predmetiga ta'sir etish bilan Jinoyat kodeksi 
    bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Masalan, o'zganing mulkini o'zlashtirishda aybdor shaxs 
    mulkiy munosabatlarga ta'sir etib, jinoyat predmeti hisoblangan pul, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa narsalarni 
    talon-taroj qiladi. 


    32 

    Download 53,9 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish