31
qilmish tufayli shaxs va jamiyatning manfaatlariga tajovuz qilinadi. «Maxsus» qismning moddalarida esa, shunday
qilmishning sodir etishni qonunda taqiqlanganligi, bunday taqiqlarini buzib sodir ctilganda
shunday qilmishni sodir
etganlikda ayblilik va jazoga sazovorlik belgilanadi.
Jinoyatning umumiy tushunchasi jinoyatning ijtimoiy-siyosiy mazmunini ochib beradi, uning ijtimoiy
xususiyati bo'lgan ijtimoiy xavfliligini ko'rsatib beradi. Jinoyat tushunchasi uning belgilarini ko'rsatib, qilmishga tavsif
beradi. Ijtimoiy xavfli ekanligini belgilaydi va bu bilan jinoiy qilmishni boshqa huquq buzishlardan farqini ham aniqlab
beradi. Jinoiy qilmishni kvalifikatsiya qilishda faqatgina Jinoyat kodeksi «Maxsus»
qismining moddalarigina emas,
balki «Umumiy» qism moddalaridan ham foydalanUadi. «Maxsus» qism normalarini amalda tatbiq qilishning umumiy
qoidalari «Umumiy» qism moddalarida belgilanadi. Jinoyat kodeksi «Maxsus» qismining normalarini ishlab chiqishda
qonun chiqaruvchi organ muayyan jinoyat tarkibning belgilarini imkoni boricha aniq qilib belgilashga harakat qiladi.
Jinoyat tarkibining
umumiy tushunchasi esa, jinoyat tarkibining tomon-Ikrini umumlashtirilgan holda ifodalaydi.
Boshqacha qilib aytganda, barcha jinoyatlar tarkibi yuzasidan abstrakt (mavhum) tasavvur hosil qiladi, xolos. Bunda
jinoyat huquqi faqat «Maxsus» qism normalari qoidalaridagina emas, balki «Umumiy» qism qoidalari dan ham
foydalanadi.
Shunday qilib, jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi biron-bir normada emas, balki jinoyat huquqi
nazariyasida ishlab chiqiladi va jinoyatning yuridik tavsifini o'zida ifoda etadi.
Jinoyat tarkibining umumiy tushunchasi ilmiy bilishning muhim bosqichi hisoblanib, faqat o'quv jarayonidagina
emas, balki dastlabki tergov organlari va sud faoliyatida sodir etilgan jinoyatni nazariy jihatdan to'g'ri kvalifikatsiya
qilishning nazariy bazasi bo'lib hisoblanadi.