28
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi. Biroq, ko'pchilik
qilmishlarni jinoyat, deb hisoblash uchun u tufayli ro'y bergan ma'lum bir oqibatlarini aniqlamoq zarur.
Amalga oshirilgan ijtimoiy xavfii qilmish va uning natijasida kelib chiqqan oqibatlar orasidagi sababiy
bog'lanish moddiy tarkibli jinoyatlarning uchinchi, zaruriy belgisi hisoblanadi. Jinoyatning
obyektiv tomoni fakultativ
belgilarisiz to'liq bo'lmaydi. Demak, jinoyatning obyektiv tomoni: ijtimoiy xavfii harakat yoki harakatsizlik va uning
amalga oshirilishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar o'rtasidagi sababiy bog'lanish, shuningdek, fakultativ belgilar:
joyi, vaqti, usuli, sharoiti, jinoyatni amalga oshirish quroli va vositasi singari belgilardan iboratdir.
Jinoyat tarkibining
uchinchi elementi
uning subyektiv tomonidir.
Jinoyat tarkibining subyektiv tomoni jinoiy qilmishning ichki tomoni bo'lib, shaxsning o'zi sodir
etgan ijtimoiy
xavfii qilmish va uning oqibatlariga bo'lgan ruhiy munosabatini ko'rsatadi. Bunda aybidan tashqari jinoyatning
subyektiv tomonini tasniflovchi motiv va maqsad ham mavjud bo'ladi.
Ayb qasddan yoki ehtiyotsizlik shaklida bo'lishi mumkin. Ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlar jinoiy o'z-
o'ziga ishonish yoki beparvolik ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin. O'z navbatida qasddan qilingan jinoyat to'g'ri
qasddan yoki egri qasddan sodir qilingan bo'lishi mumkin. Ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlar o'z-o'ziga ishonish
yoki beparvolik orqasida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, Jinoyat kodeksida moddaning nomi
yoki uning
dispozitsiyasida aybning shakli ko'rsatiladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 97-moddasida qasddan odam o'ldirish, 98-
moddasida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o'ldirish, 102-moddasida ehtiyotsizlik orqasida odam
o'ldirish, 111-moddasida ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish ko'rsatilgan.
Ammo ko'pchilik moddalarning nomi va dispozitsiyalarida aybning shakli ko'rsatilmagan. Bunday holatlarda
jinoyat huquqiy normada ko'rsatilgan jinoyatning ayb shakli qasddan (21-modda) yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir
etilgan (22-modda) jinoyat haqidagi umumiy tushunchalarni tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan ayb jinoyat subyektiv tomonining
zaruriy belgisi
hisoblanadi.
Motiv va maqsad jinoyat subyektiv tomonining qo'shimcha (fakultativ) belgisi hisoblanadi, ammo ba'zi bir
jinoyatlarda ularning mavjudligi zarur bo'ladi, Jinoyat kodeksining 97-mod-dasi, 2-qismida g'arazli maqsadlarda yoki
bezorilikdan yoxud o'likning qismlaridan foydalanish yoki transplantat olish maqsadida yoxud boshqa jinoyatlarni
yashirish maqsadida odam o'ldirish jinoyatlarida motiv va maqsad zaruriy belgi hisoblanadi. Bunday
jinoyatlarda motiv
va maqsad og'irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o'ldirishning zaruriy belgilari hisoblanadi. Ba'zi bir boshqa jinoyat
tarkiblarida jinoyatning motivi va maqsadi zaruriy belgi bo'lmasligi va shunga bog'liq holda ular jinoyat subyektiv
tomonining fakultativ belgilari bo'ladi.
Jinoyat tarkibining
to'rtinchi elementi
uni sodir etgan shaxs, ya'ni jinoyatning subyektidir.
Jinoyat kodeksining 17-moddasiga binoan jinoiy javobgarlikka jismoniy shaxslar tortiladi. O'zbekiston
Respublikasi jinoyat huquqiga binoan faqat jismoniy shaxslargina jinoyatning subyekti bo'lishi mumkin. Yuridik
shaxslar esa, jinoyatning subyekti bo'la olmaydi, lekin ba'zi bir xorijiy davlatlar qonunchiligida yuridik shaxslarning
ham jinoiy javobgarligi ko'zda tutilgan. Shaxs Jinoyat kodeksining 17-moddasida ko'rsatilgan belgilarga ega bo'lsagina
uni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin, ya'ni
birinchidan, u jinoyat sodir etish vaqtida qonunda belgilangan yoshga
to'lgan bo'lishi lozim. Jinoyat kodeksining 17-moddasiga binoan aybdorning sodir etgan ijtimoiy xavfli harakati uchun
javobgarlikka tortilishning yosh chegaralari aniq belgilangan. Ushbu moddaning 1-qismiga muvofiq, jinoyat sodir
etgunga qadar o'n olti yoshga to'lgan shaxslar javobgarlikka tortiladi. 17-moddaning 2-qismida ko'rsatilishicha, «Jinoyat
sodir etgunga qadar o'n uch yoshga to'lgan shaxslar javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirgan-
liklari (97-moddaning 2-qismi) uchungina javobgarlikka tortila-dilar».
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning aqli raso bo'lishi lozim. Aqli rasolik tushunchasi Jinoyat
kodeksining 18-moddasida bayon etilgan bo'lib, unda ta'kidlanishicha: «Jinoyat sodir etish vaqtida o'z qilmishining
ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o'z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso, deb topiladi».
Agar jinoyat sodir etgan shaxs sud tibbiyot tekshiruvi xulosasiga ko'ra aqli noraso, deb topilsa, jinoiy
javobgarlikka tortilishi mumkin emas (Jinoyat kodeksining 18-moddasi, 2-qismi).
Ayrim holatlarda ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi
uchun subyektning
umumiy belgilari (yoshi va aqli rasoligi) yetarli bo'lmay, bundan tashqari jinoyat subyektining maxsus belgilarini
aniqlash lozim bo'ladi, masalan, harbiy jinoyatlarning subyektlari, albatta, harbiy xizmatchi bo'lishi, mansabdorlik
jinoyatlarning subyekti mansabdor shaxs bo'la oladi. Ayrim hollarda subyekt faqat shifokor, transport vositasining
haydovchisi bo'ladi va hokazolar.
Shuning uchun ham yuridik adabiyotlarda jinoyatning maxsus subyekti tushunchalari beriladi, ya'ni bunday
shaxs umumiy belgilardan tashqari jinoyat huquqiy normalarda ko'rsatilgan alohida (maxsus) belgilarga ham ega
bo'lishi lozim.