• 4. Jinoyatlarni sifat korsatkichlariga kora tasniflash nima 5. Jinoyatlarni miqdor korsatkichlariga kora tasniflash nima
  • 9. Ijtimoiy xavfi katta bolmagan jinoyatlarga qanday jinoyatlar kiradi 10. Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga kora tasniflashda qanday mezon asos qilib olingan
  • JINOYAT TARKIBI 4.1. Jinoyat tarkibi tushunchasi va uning ahamiyati
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

     


    26 
    NAZORAT SAVOLLARI
    1. Jinoyat deb nimaga aytiladi? 
    2. Jinoyatning belgilarini bayon eting. 
    3. Jinoyatni tasniflash deb nimaga aytiladi? Uning turlarini izohlang. 
    4. Jinoyatlarni sifat ko'rsatkichlariga ko'ra tasniflash nima? 
    5. Jinoyatlarni miqdor ko'rsatkichlariga ko'ra tasniflash nima? 
    6. Jinoyatlarni tasniflashning ahamiyati nimalarda ifodalanadi? 
    7. Jinoiy qilmishni boshqa huquqbuzishlardan farqi nima? 
    8. Jinoyat va jinoyatchilik nima? 
    9. Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlarga qanday jinoyatlar kiradi? 
    10. Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasiga ko'ra tasniflashda qanday mezon asos qilib olingan? 
    11. Jinoyat qaysi belgilariga ko'ra boshqa huquqbuzarliklardan farq qiladi? 
    12. G'ayriaxloqiy qilmishlar nima va ularning jinoyatlardan farqi bormi? 
     
    4-bob. JINOYAT TARKIBI
    4.1. Jinoyat tarkibi tushunchasi va uning ahamiyati 
    Jinoyat kodeksining 16-moddasi, 2-qismida jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari belgilangan bo'lib, 
    unda: «Ushbu kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo'lgan qilmishni sodir etish 
    javobgarlikka tortish uchun asos boiadi», deb yozilgan. Ushbu jinoyat huquqiy tushunchada jinoiy javobgarlik uchun 
    asos deb, aybdorning qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi belgilangan bo'lsa-da, lekin jinoyat tarkibi 
    tushunchasiniig o'zi to'liq ochib berilmagan. 
    Jinoyat tarkibi haqidagi ta'limot jinoyat huquqi fanining markaziy masalalaridan biridir. Jinoyat tarkibining 
    to'g'ri aniq-lanishi jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish uchun asos hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida odil sudlovni 
    amalga oshirish va qonunchilikni mustahkamlash hamda pirovard natijada ayblanuvchining taqdirini hal etishda katta 
    ahamiyatga egadir. Shuni qayd etish zarurki, jinoyat tarkibi haqidagi ta'limotda jinoyat huquqining- «Umumiy» va 
    «Maxsus» qismlariga oid masalalarni o'rganishga har tomonlama e'tibor berilmoqda. «Maxsus» qismga tegishli bo'lgan 
    har qanday masalani o'rganish jinoyat tarkibi to'g'risidagi ta'limot bilan bog'liq ravishda olib borilishi zarur. 
    Yuridik adabiyotlarda jinoyat tarkibiga turlicha ta'riflar berilgan. Lekin jinoyat tarkibi haqidagi ta'limotning 
    qator masalalari bo'yicha olimlar o'rtasida yagona bir fikr mavjud emas. 
    Adabiyotlardagi jinoyat tarkibini aniqlashga doir fikrlarning lurlicha ekanligiga qaramay, ko'pgina mualliflar 
    jinoyat tarkibi tushunchasini obyektiv va subyektiv belgilar yig'indisidan iboratligini tan olib, jinoyat tarkibi ijtimoiy 
    xavfli qilmishni jinoyat, deb topishga xizmat qiladi, deya ta'kidlashadi. 
    Ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyligini aniqlash (kriminalizatsiya qilish) vositasi faqat jinoyat tarkibidir. 
    Qilmishning jinoyat ekanligini aniqlash (kriminalizatsiya qilish)da biron-bir aniq jinoiy xatti-harakatni, agar o'zida 
    muayyan jinoyat tarkibining alomatlarini mujassamlantirgan bo'lsa, qonun bo'yicha javobgarlikni belgilashdir. 
    Qilmishning jinoiyligini aniqlash (krimnalizatsiya)ga ilmiy yondashmoq zarur. Qonunshunoslarning biror qilmishning 
    jinoiyligini aniqlash haqidagi taklifi jinoiylikni aniqlash va ijtimoiy so'rov o'tkazilgandan keyingina qilinmog'i lozim 
    bo'lib, bu tadqiqot Jinoyat kodeksiga yangi jinoyat tarkibini kiritishning maqsadga muvofiqligi haqida ijobiy xulosa 
    chiqarish imkonini beradi. Jinoyat tarkibini mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashning maqsadi ham muayyan 
    ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyligini aniqlashdir. Qonunni amalda qo'llash faoliyatida jinoyat tarkibi katta ahamiyatga 
    ega bo'lib, shaxsni javobgarlikka tortish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Qilmishda jinoyat tarkibining yo'qligi esa, 
    jinoyat qidirav ishlari olib borishni taqozo etmaydi. 
    Jinoyatni tasniflashda ham jinoyat tarkibi katta ahamiyatga egadir. Jinoyatni tasniflash shaxsning xatti-
    harakatida jinoyat tarkibining mavjudligini aniqlash jarayoni bo'lib, ya'ni shaxs tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfi 
    qilmishning alomatlari muayyan bir jinoyat-huquqiy normada ko'zda tutilgan jinoyat tarkibi alomatlariga mos kelishini 
    aniqlashdan iboratdir. 
    Jinoyatni tasniflash jarayoni bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda shaxs tomonidan sodir 
    etilgan ijtimoiy xavfli qilmish dalillar yig'ish orqali aniqlanadi. Bu bosqichda jinoyat tarkibi mavjudligini tasdiqlovchi 


    27 
    yoki inkor etuvchi aniq dalillarni yig'ib, ularni baholash zarur bo'ladi. Jinoyat tarkibining biror belgisi mavjud emasligi 
    jinoiy javobgarlikni inkor etib, jinoyat ishning to'xtatilishiga sabab bo'ladi. 
    Jinoyatni tasniflashning ikkinchi bosqichida ushbu jinoyat tarkibini o'zida aks ettirgan moddani aniqlash zarur 
    bo'ladi. 
    Yakunlovchi, ya'ni jinoyatni tasniflashning uchinchi bosqichida taqqoslash o'tkazilishi (shaxs tomonidan sodir 
    etilgan ijtimoiy xavfli qilmish bilan muayyan jinoyat huquqiy normadagi jinoyatga berilgan ta'rifning o'xshashligini 
    solishtirish) zarur. Agar sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning alomatlari va jinoyat huquqiy normada belgilangan 
    alomatlar bilan to'liq mos kelsa, u holda jinoyatni tasniflash jarayoni tugaydi. 
    Faqat shu bosqichdan keyingina shaxsning xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi borligi haqida so'z yuritish 
    mumkin bo'ladi va sodir etilgan qilmishi uchun shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. 
    Jinoyatni tasniflashning bunday jarayoni Jinoyat kodeksining 4-moddasida bayon etilgan qonuniylik prinsipiga to'liq 
    mos keladi, ya'ni qilmishning jinoiyligi, qilmishga yarasha jazo tayinlash va boshqa huquqiy oqibatlar faqat Jinoyat 
    kodeksiga solishtirish bilan aniqlanadi. 
    Jinoyat tarkibi ma'lum bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat, deb topish uchun zarur bo'lgan obyektiv va 
    subyektiv belgilarning minimal va yetarli yig'indisidir. 
    Sodir etilgan qilmishda Jinoyat kodeksida ko'rsatilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo'lgan 
    taqdirdagina shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun minimal va yetarli asos mavjud bo'ladi. 
    Shunday qilib, jinoyat tarkibining bir necha vazifasi mavjud: 
    1) jamiyat uchun xavfli qilmishning jinoiyligini aniqlash vositasi; 
    2) jinoiy javobgarlik uchun asos bo'lishi; 
    3) jinoyatchilik darajasini aniqlashda qonunchilik namunasi bo'lishi; 
    4) jinoyatlarni farqlovchi vosita sifatida xizmat qilishi. 
    Demak, jinoyat tarkibi jinoyatning o'ziga xos xususiyati bo'lib, o'zida jinoyatning barcha alomatlarini 
    mujassamlashtirgan bo'ladi va shu alomatlarning shaxs tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishda mavjud 
    ekanligi qilmishni jinoyat, deb hisoblash uchun asos bo'ladi. 

    Download 53,9 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish