Jinoyatchilik tushunchasi va uning sabablari




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

3.4. Jinoyatchilik tushunchasi va uning sabablari 
Jinoyat va jinoyatchilik bir-biri bilan bog'liq bo'lgan hodisa bo'lib, 
jinoyat — 
jazo qo'llash tahdidi bilan jinoyat 
qonunida taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ni aybli sodir etishdan iborat bo'lgan hodisa 
bo'lsa, jinoyatchilik muayyan vaqt mobaynida sodir etilgan barcha turdagi jinoyatlarning yig'indisidan iborat. 
Jinoyatchilik g'oyat murakkab ijtimoiy huquqiy hodisa bo'lib, uning kengroq ta'rifini quyidagicha ifodalash 
mumkin: 


25 
• jinoyatchilik kishilik jamiyatida mavjud bo'ladigan o'zining qonuniyatlariga, sifat va miqdor tavsifiga ega 
bo'lgan, jamiyat va kishilar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqaradigan va uning ustidan davlat va jamiyatning maxsus 
nazorat choralari o'rnatishni talab qiladigan salbiy, ijtimoiy-huquqiy hodisadir. 
Alohida ijtimoiy xavfii qilmishlaraing jinoyat ekanligi masalasi jinoyat huquqida o'rganiladi. Kriminologiya fani esa
qilmishning jinoyat va jinoyat emasligini emas, balki jinoyatchilikni kishilik jamiyatida mavjud bo'ladigan salbiy 
ijtimoiy hodisa sifatida o'rganadi. 
Jinoyat huquqi jinoyatga yuridik fakt sifatida qarasa, kriminologiya jinoyatni ijtimoiy hodisa sifatida o'rganadi. 
Shunga ko'ra, jinoyat huquqi bilan kriminologiya fani bir-biri bilan uzviy bog'liq ekanligi jinoyat huquqida belgilanadi. 
Shunga ko'ra, kriminologiya o'zining boshlang'ich asoslarini jinoyat huquqidan oladi. 
Jinoyat hodisasi 
- jinoyat-huquqiy nuqtayi nazaridan o'rganil-ganda, bu hodisa inson tomonidan jinoyat qonuni bilan 
taqiqlangan aktni sodir etish, deb baholanadi. Jinoyatga jinoyat huquqiy nuqtayi nazardan baho beriladigan tushuncha 
jinoyat huquqi nazariyasida ishlab chiqilgan. Jinoyat huquqida sodir etilgan ijtimoiy xavfii qilmishga jinoyat tarkibi 
qoidalari tatbiq etilib, jinoyat tarkibi to'rt tomondan, ya'ni jinoyatning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va 
subyektiv tomoni tahlil qilinib, qilmishning jinoyat yoki jinoyat emasligi aniqlanadi, Jinoyat kodeksidagi muayyan 
moddasining belgilariga taqqoslanib ko'riladi va o'sha moddada nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan, deb topiladi. 
Qilmishni jinoyat deb, hisoblash masalasi to'rt belgi bilan, ya'ni qilmishning ijtimoiy xavfliligi, huquqqa 
xilofligi, jazoga sazovorligi va aybning mavjudligi belgilari bilan ifodalansa, jinoyat kriminologiya nuqtayi nazardan 
o'rganilganda ikki jihatdan yondashiladi, ya'ni: 
• 
birinchidan 
- jinoyat sodir qilgan shaxsning o'zini tavsifi va uni o'rab turgan atrof-muhit nuqtayi nazardan; 
• 
ikkinchidan — 
jinoyatga bir marta sodir qilingan alohida akt sifatida emas, balki vaqt va makonda sodir etilgan 
jarayon nuqtayi nazardan o'rganiladi. 
Demak, jinoyat hodisasi jinoyat-huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinganda, shaxsni jinoyat qonunining 
muayyan moddasi bilan javobgar qilish uchun zarur bo'lgan belgilar tizimi tahlil qilinadi. Kriminologiya nuqtayi 
nazardan qaralganda esa, jinoyat sodir qilishning sharoit va sabablari, jinoyat sodir etgan kishining o'ziga xos shaxsiy 
xususiyatlari va jinoiy xulqning oqibatlari o'rganiladi. Shunga ko'ra, jinoyat hodisasi kriminologiya nuqtayi nazardan 
tahlil qilinganda ushbu shaxs tomonidan jinoiy faoliyatni davom ettirishi yoki yangi jinoyat sodir etish mumkinligining 
oldini olish uchun qanday harakatlar qilish kerakligi va boshqa shaxslar tomonidan ham shunday qilmish sodir 
etilishining oldini olish uchun qanday choralar ishlab chiqish kerakligi nazarda tutiladi. Bundan tashqari, jinoyat sodir 
qilgan shaxsga qonun doirasida jinoyatning oldini olishda qanday aniq choralari ko'rish mumkinligini ham belgilaydi. 
Jinoyat huquqi jinoyatni jinoyat sodir qilish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso shaxs 
tomonidan sodir etilgan yuridik fakt sifatida o'rgansa, kriminologiyada jinoyatchilik quyidagi belgilarda ifodalanadigan 
hodisa, deb o'rganiladi: 
1. Jinoyatchilik - jamiyatda mavjud bo'ladigan hodisa. 
2. Jamiyat va kishilar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqaradigan va uning ustidan davlat va jamiyatning 
maxsus nazorat choralarini o'rnatishni talab qiladigan salbiy ijtimoiy hodisa. 
3. Jinoyatchilik - o'zgaruvchan hodisa. 
4. Jinoyatchilik - ijtimoiy-huquqiy hodisa. 
Jinoyatchilik 
- kishilik jamiyatida mavjud bo'ladigan o'zgaruvchan hodisa. Jinoyatchilikning holati, darajasi, 
strukturasi inson taraqqiyoti davomida sifat va miqdor jihatdan o'zgarib boruvchi hodisaligi shundaki, jamiyatdagi 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquqiy o'zgarishlarga qarab o'zgarib boradi. Sifat jihatidan sodir etish usuli, uyushgan gurah 
bo'lib sodir etilishi, zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalanib sodir etilishi va hokazolarda ifodalanadi. 
Jinoyatchilikning ijtimoiy hodisa ekanligi shundaki, jinoyatlarning subyektlari jamiyat a'zolarining o'z ichidagi 
shaxslar bo'lib, ular o'zlari bilan birga yashab turgan jamiyatdagi ijtimoiy munosa-batlarga va jamiyat a'zolariga tajovuz 
qiladi. Jinoyatchilik hodisaning sharoit va sabablari ham ijtimoiy sabablar tufayli yuz beradi. Jinoyatchilik ijtimoiy 
hodisa sifatida boshqa har qanday ijtimoiy munosabatlardagi iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy, ruhiy boshqaruv, huquqiy va 
hokazo munosabatlar bilan bog'lanib ketgan. Shuning uchun ham jinoyatchilikning o'sishi, xususiyatlari, ijtimoiy jara-
yonlarning o'zaro aloqadorligi qarama-qarshiliklar, kriminologik vaziyatlarning miqyosi bilan belgilanadi. 
Jinoyatchilik sodir etilgan jinoyatlarning oddiy yig'indisidan iborat bo'lmay, bir butun ijtimoiy hodisani tashkil 
qiluvchi jinoyatlar tizimidan iborat. U o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'zining ijtimoiy munosabatlar bilan 
bog'lanib ketgan. Shuning uchun uning sabablari ham ana shu ijtimoiy munosabatlarda yotadi. 
Jinoyatchilik muayyan hududda, muayyan vaqt mobaynida sodir etilgan jinoyatlar jamidan iborat ekan, jinoyat 
va jinoyatchilikning aloqadorligi bir qismdan bir butunga, alohidalikdan umumiylikka ega bo'lgan umumiy 
qonuniyatlarga asoslanadi. Jinoyatchilikning qonuniyatlari alohida turdagi jinoyatlar orqali emas, balki uni bir butun 
salbiy ijtimoiy hodisa sifatida tahlil qilish orqali aniqlanadi. 
Jinoyatchilikni oddiy raqamlarda ifodalab, uning mazmun va mohiyatini ochib berib bo'lmaydi. Shunga ko'ra, 
jinoyatchilik kriminologiyada sifat va miqdor ko'rsatkichlari orqali ifodalanadi. Jinoyatchilikning miqdor ko'rsatkichlari 
uning darajasi va dinamikasi bo'lsa, sifat ko'rsatkichlari uning strukturasi va xususiyatlaridagi o'zgarishlardir. 
O'zbekiston bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tishi jarayonida uyush-gan jinoyatchilik, giyohvand vositalar bilan 
noqonuniy muomala qilish, korrupsiya jinoyatlarining o'sganligi kuzatildi. Bular jinoyatchilikdagi sifat o'zgarishlardir. 
Jinoyatchilikning sabablari g'oyat murakkab mavzulardan biri hisoblanib, insoniyatning ko'p ming yillik tarixida 
bu salbiy ijtimoiy hodisa odamlarning eng ilg'or qismini har doim tashvishga solib kelgan. Nima sababdan odamlarning 
muayyan qismi jinoyat sodir qiladi? Jinoyat sodir qilishning sababi qayerda yotadi? Bu muammo fanlarning turli 
tarmoqlari mutaxassislari tomonidan jiddiy muno-zaralarga sabab bo'lib kelmoqda va hozirgi kunda ham olimlar bu 
borada bir fikrga kelishgan emas. Jinoyatchilik sabablari to'g'risidagi masalalar «Kriminologiya» darsligining III 
bo'limida, ya'ni 5 va 6-boblarda batafsil bayon qilingan. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jinoyatchilik tushunchasi va uning sabablari

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish