O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

3.2. Jinoyatlarni tasniflash
Jinoyatlarni tasniflash deganda, jinoyatlarni u yoki bu belgilariga ko'ra, turkumlarga ajratish tushuniladi.
Jinoyat huquqida jinoyatlarni tasniflashda quyidagi 
ikki mezon 
nazarda tutilgan bo'lib, jinoyat qonunida 
jinoyatlar aynan ana shu mezonlar asosida tasniflangan: 
1. Jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab tasniflash. 


22 
2. Jinoyatlarning obyekti (tajovuz qaratilgan obyekt)ga ko'ra tasniflash. 
Jinoyatlarni tasniflash va guruhlarga bo'lishning asosiy mezoni jinoyatlarning xususiyati va ijtimliy xavflilik 
darajasi hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 15-moddasidagi jinoyatlar tasnifi jinoyat-ning moddiy va formal belgilarini birlashtiradi. 
Bu esa, jinoyatning ijtimoiy tarkibi va u yoki bu guruhga kirishini aniq belgilaydi. Sanksiyaning xususiyati, jazo turlari 
va ularning og'irlik darajasi jinoyatning ijtimoiy tarkibini tashkil etadi, shuningdek, jinoyat-chilikka qarsbi kurash 
yo'nalishlari ham jinoyat ijtimoiy tarkibining elementlaridan biri hisoblanadi. 
Jinoyatlarning tasnifi — 
Jinoyat kodeksining 15-moddasida berilgan bo'lib, unda Jinoyat kodeksining 
«Umumiy» va «Maxsus» qismi normalari tizimini e'tiborga olgan holda jinoyatlar o'zining xavflilik darajasiga ko'ra 
yengilidan og'iriga qarab tasniflangan. 
Jinoyat kodeksining 15-moddasiga muvofiq, jinoyatlar o'z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko'ra: 
a) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar; 
b) uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar; 
d) og'I r jinoyatlar; 
e) o'ta og'ir jinoyatlarga bo'lingan. 
Ijtimoiy xavfi katta bo Imagan jinoyatlarga 
qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko'p bo'lmagan muddatga 
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, 
qonunda besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar 
kiradi. Bunday jinoyat guruhiga - onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirishi (Jinoyat kodeksining 99-mod-dasi), 
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam 
o'ldirish (101-modda), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish 
(106-modda), qiynash (110-modda), o'ldirish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish (112-modda), besoqolbozlik (120-
modda), ko'p xotinli bo'lish (126-modda), tarix yoki madaniyat yodgorligini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast 
yetkazish (132-modda), ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to'sqinlik qilish (136-modda), 
fuqarolarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish (144-modda) kabilarni kiritish mumkin. 
O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan 
O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi 
kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi Qonuni bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlardan 
oldin esa, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlarga qonunda ozodlikdan mahrum qilishga nisbatan yengilroq jazolar 
nazarda tutilgan jinoyatlar kiritilgan edi. 
Uncha og'ir bo 'Imagan jinoyatlarga 
qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko'p 
bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik 
oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan 
jinoyatlar kiradi. 
Bunday jinoyatlar guruhiga - kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o'ldirish (Jinoyat kodeksining 
98-moddasi), qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish (105-moddaning 2-qismi), kasb yuzasidan o'z vazifalarini 
lozim darajada bajarmaslik (116-moddaning 4-qismi), ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (121-moddaning 2-
qismi), bolani almashtirib qo'yish (124-mod-da), o'n olti yoshga to'Imagan shaxsga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar 
qilish (129-moddaning 2-qismi), qabrni tahqirlash (134-modda), saylov huquqining yoki ishonchli vakillar vakolat-
larining amalga oshirilishiga to'sqinlik qilish (147-modda), talonchilik (166-moddaning 1,2-qismi) kabi jinoyatlar 
kiradi. 
Yuqorida ta'kidlab o'tilgan jinoyatlar O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi Qonuni bilan 
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlardan oldin esa, uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, 
qonunda besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, 
shuningdek, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilib, qonunda ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan 
jinoyatlar kirgan. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish