• 2.6. Jinoyat qonunini sharhlash
  • Jinoyat qonunining vaqt bo'yicha amal qilishi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

     
    2.5. Jinoyat qonunining vaqt bo'yicha amal qilishi
    Jinoyat kodeksining 13-moddasi, 1-qismiga ko'ra, qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish 
    sodir etilgan paytda amalda bo'lgan qonun bilan belgilanadi. Jinoyat qonunini vaqt bo'yicha amal qilishini to'g'ri 
    belgilash quyidagi: 
    a) qonunning amal qilish vaqtini aniqlash zarurligi; 
    b) jinoyat sodir etilgan vaqtni aniqlash kabi shartlarga asos-lanishi kerak. 
    Amalga kiritilgan va o'z kuchini yo'qotmagan qonun amalda, deb hisoblanadi. Har bir aniq holatda jinoyat sodir 
    etilgan paytda amaldagi jinoyat qonuni kuchga kirganligini aniqlash muhim o'rin tutadi. 
    O'zbekiston Respublikasida qonun hujjatlarini qabul qilish va ularni kuchga kirishi, amalda bo'lishi O'zbekiston 
    Respublikasining «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to'g'risida»gi va «Normativ-huquqiy hujjatlar 
    to'g'risida»gi Qonunlari bilan tartibga solinadi. 
    O'zbekiston Respublikasining «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to'g'risida»gi Qonuniga ko'ra, 
    qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qo'yish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo'lgan organlar 
    va shaxslarga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo'mitalari va komissiyalariga tegishlidir. Ushbu 
    qonun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi. Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi uchun 
    umumxalq muhokamasiga qo'yish haqida qaror qabul qilinganidan keyin o'n kundan kechiktirmay «Xalq so'zi», 
    «Народное слово» gazetalarida e'lon qilinadi. Ular maxsus nashrlarda va ommaviy axborot vositalarida ham chop 
    etilishi mumkin. Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi ixtiyoriylik, tenglik, oshkoralik, hamma uchun ochiqlik va 
    erkin fikr bildirish prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 
    Jinoyat kodeksining 13-moddasi, 1-qismida harakat yoki harakatsizlikning sodir qilish vaqti jinoyat 
    tamomlangan vaqt,
    2.6. Jinoyat qonunini sharhlash
    Huquq normlarini sharhlash 
    - bu tafakkur jarayoni bo'lib, u kodeksdagi atamalar va ifodalarning ma'nosini 
    ochib berish asosida jinoyatlar huquqiy normalami tushuntirishdan iborat. O'zbekiston Respublikasining «Normativ-
    huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi Qonuni 31-moddasiga ko'ra, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ-huquqiy 
    huijatda noaniqliklar topilgan yoki u amaliyotda noto'g'ri va mantiqqa zid tarzda qo'llanilgan hollarda amalga oshiriladi. 
    Sharhlash jarayonida normativ huquqiy hujjatlarga tuzatishlar, qo'shimchalar va aniqlashtiruvchi normalar kiritiUshiga 
    yo'l qo'yilmaydi. Qonunlarga Konstitutsiyaviy sud, qonun osti hujjatlariga esa, ularni qabul qilgan organlar rasmiy sharh 
    beradi. 


    18 
    Qonunni sharhlashning maqsadi qonun talabidan kelib chiqqan holda uni aniq tushuntirishdan iboratdir. Jinoyat 
    qonunini sharhlash subyekti, sharhlash usuli va sharhlash hajmiga ko'ra qator guruhlarga bo'linadi. 
    Kodeks sharhlovchi subyektiga ko'ra: 
    legal sharhlash, sud tomonidan sharhlash, ilmiy (doktrinal) sharhlash 
    turlariga bo'linadi. 
    Legal sharhlash 
    qonunda bunday vakolat berilgan davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Bu sharhlash 
    rasmiy bo'lib, majburiy ahamiyatga egadir. Bu sharhlash 
    autentik sharhlash, 
    deb ham yuritiladi. O'zbekiston 
    Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi shunday vakolatga ega bo'lgan 
    organdir. Qonunni sharhlashning bu turi qonuniy kuchga ega bo'ladi. Bunday sharhlash yangi qonunni vujudga 
    keltirmaydi, balki amaldagi qonunlarni tushuntiradi. 
    Sud tomonidan yoki kazual sharhlash 
    sud tomonidan aniq bir jinoiy ishni ko'rishda amalga oshiriladi va shu ish 
    uchun majburiy ahamiyatga ega bo'ladi. Sud tomonidan qonunni sharhlashga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
    plenumining qonunlarni qo'llash amaliyoti to'g'risidagi qarorlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Oliy sud 
    plenumi sudlov amaliyotini o'rganish va umumlashtirish natijasida, shuningdek, sud idoralari, prokuratura va boshqa 
    qonunni qo'llaydigan idoralarning so'rovlariga javob sifatida ham u yoki bu qonuni tushunish va tatbiq etishning 
    to'g'riligiga oid tushuntirishlar berishga haqlidir. Bu ko'rsatmalar ularni qo'l-lovchi organlar uchun majburiy hisoblanadi. 
    Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining «Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar 
    to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud amaliyoti haqida», «Kontrabanda va bojxona qoidalarini buzish to'g'risidagi ishlar 
    bo'yicha sud amaliyoti haqida»gi qarorlari ham sud sharhi hisoblanadi. Bu sharhlash 
    normativ sharhlash, 
    deb ham 
    yuritiladi. 
    Ilmiy yoki doktrinal sharhlash 
    ilmiy muassasalar, huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qiluvchi 
    organlarning xodimlari tomonidan qonunga berilgan sharhlardir. Ushbu sharhlash turini biz ilmiy maqolalarda, 
    monografiyalarda uchratishimiz mumkin. Doktrinal sharhlash majburiy bo'lmasada, lekin jinoyat qonunini to'g'ri 
    tushunish va to'g'ri qo'llashda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga u qonunchilikni takomillashtirish, fanning 
    taraqqiyotiga xizmat qiladi. 

    Download 53,9 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jinoyat qonunining vaqt bo'yicha amal qilishi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish