Dispozitsiya va sanksiya tushunchasi, turlari




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/141
Sana30.05.2024
Hajmi53,9 Mb.
#257489
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141
Bog'liq
67. Жиноят хукуки умумий кисм

 
2.3. Dispozitsiya va sanksiya tushunchasi, turlari 
 
«Maxsus» qism normalari - ijtimoiy xavfli 
qilmishning belgilarini ifodalovchi 
dispozitsiya, 
jazoning 
turi va o'lchamini belgilovchi 
sanksiyadan 
iborat. 
Dispozitsiyada alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarning 
ta'rifi beriladi. 
Jinoyat huquqiy normalarda dispozitsiyaning 
quyidagi to'rt turi: 
oddiy, tasvirlov, blanket 
va 
havolaki 
dispozitsiya nazarda tutiladi. 
Oddiy dispozitsiyada 
jinoyat tarkibining belgilari 
ifodalan-masdan, jinoyatning umume'tirof etilgan nomi 
ko'rsatiladi. Masalan, «Qasddan odam o'ldirish jinoyati» 
(97-moddaning 1-qismi). Bunday dispozitsiyada jinoyatning belgilari ochib ko'rsatilmaydi. Ba'zan bunday 
dispozitsiyalar «nomlanuvchi dispozitsiya», deb ham ataladi. 
Tasvirlovchi dispozitsiyada 
muayyan jinoyat turining belgilari ko'rsatiladi. Masalan, firibgarlik jinoyatini 
ifodalovchi 168-moddada jinoyatning nomi ko'rsatilmasdan, uning asosiy belgilari ham ko'rsatib berilgan: firibgarlik
ya'ni aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan o'zganing mulkini yoki mulkiy huquqini qo'lga kiritish. 
Blanket dispozitsiyada 
muayyan jinoyatning belgilari boshqa huquq sohasiga oid qonunlar yoki me'yoriy 
hujjatlar asosida aniqlanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 200-moddasi dispozit-siyasi, unda veterinariya yoki 
zootexnika qoidalarini buzish hayvon yoki parrandalar epidemiyasi (epizotiyasi) tarqalishiga, ularning y;ilpi qirilib 
ketishiga yoki boshqa og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa, ushbu modda bilan javobgarlikka tortishga asos 
bo'ladi, deyilgan. Veterinariya qoidalari va zootexnika qoidalari O'zbekiston Kespublikasi Qonunlari va Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari yoki Icgishli vazirliklarning yo'riqnomalarida belgilab qo'yilishi mumkin. Jinoyatning 
obyektiv tomonini aniqlashda ushbu qoidalar ko'rsa-tilgan hujjatlarga murojaat qilinadi va qaysi qoidalar buzilganligi 
aniqlanadi. Blanket dispozitsiya qonunlarni ixchamlashtirish va amalda qo'llanishini osonlashtirishda katta ahamiyatga 
ega. 
Havolaki dispozitsiyada 
normaning mazmunini aniqlash uchun kodeksning boshqa bir normasiga murojaat 
etiladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 100-moddasida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam 
o'ldirish jinoyati berilgan. Zaruriy mudofa holatini aniqlash uchun Jinoyat kodeksining 37-moddasiga murojaat qilish 
lozim. 
Aralash (kombinatsiyalashgan) dispozitsiya 
dispozitsiyaning ikki yoki undan ortiq elementlaridan iborat bo'ladi. 
Masalan, Jinoyat kodeksining 137-moddasi, 1-qismiga ko'ra, ushbu kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan 
alomatlar mavjud bo'lmagan holda odam o'g'irlash jinoyat deb hisoblanadi. Ushbu moddada dispozitsiyaning ham oddiy 
(odam o'g'irlash), ham havolaki (Jinoyat kodeksining 245-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud ho'lmasa) 
turlari mavjud bo'lganligi sababli «aralash», deb yuri-liladi. 
Sanksiya — 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi muayyan moddasi dispozitsiyasida nazarda tutilgan jinoyat 
uchun belgilangan jazo turi va miqdorini belgilovchi qismi; sanksiyaning og'irligiga qarab, turli jinoyatlarning ijtimoiy 
xavflilik darajasini taqqoslash mumkin. 
Huquq nazariyasida sanksiyaning quyidagi turlari mavjud: nisbiy muayyan, mutlaq muayyan, altemativ va 
havolaki sanksiyalar. 
O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida nisbiy muayyan va alternativ sanksiyalar nazarda 
tutilgan: 
Nisbiy muayyan sanksiya 
— jazo miqdorining muayyan chegarasini (qismini yoki eng quyi va eng yuqori 
qismini) belgilovehi sanksiya. Masalan, Jinoyat kodeksining 99-moddasida onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirgani 
uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi, qasddan odam o'ldirganlik uchun 97-moddaning birinchi qismida 
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan. 
Alternativ sanksiya — 
ikki yoki undan ortiq jazo turlaridan birini qo'llash imkoniyati mavjudligini ko'rsatadi. 
Masalan, Jinoyat kodeksining 206-moddasi, 1-qismida hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqanlik 
uchun besh yilgacha muayyan huquqdan mahram qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha 
ozodlikdan mahram qilish bilan bog'liq bo'lgan jazo turlari belgilangan. Alternativ sanksiyaning belgilanishi sudyalarga 
shaxsning ijtimoiy xavfliligiga, qilmishning xususiyatiga qarab jazolardan birini tayinlash imkonini beradi. 
Sanksiyaning yuqoridagi turlarini belgilanishi sudga qaysi jazo turini belgilashni va uning miqdori qanday 
bo'lishini ko'rsatib beradi. Sanksiyaning tuzilishi dispozitsiyaning xususiyatiga bog'liq: jinoyatning ijtimoiy xavflilik 


15 
darajasi qancha yuqori bo'lsa, jazo ham shuncha og'ir bo'ladi; aniq bir jinoyatning ijtimoiy xavfliligi qancha yuqori 
bo'lsa, sanksiyaning doirasi ham shuncha keng bo'ladi. 
Jinoyat qonunining amal qilishi u qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlanadi. Xuddi shu paytdan boshlab, jinoyat qonu-
nining tartibga soluvchi funksiyasi harakatga keladi. 

Download 53,9 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141




Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dispozitsiya va sanksiya tushunchasi, turlari

Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish