• 5. Jinoyat huquqining manbalarini izohlang. 6. Jinoyat huquqining prinsiplari deganda nimani tushunasiz
  • 10. «Jinoyat huquqi» fanining mamuriy va fuqarolik fanlari bilan bogliqligi va farqi nimalarda ifodalanadi
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/141
    Sana30.05.2024
    Hajmi53,9 Mb.
    #257489
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   141
    Bog'liq
    67. Жиноят хукуки умумий кисм

     
    NAZORAT SAVOLLARI 
    1. «Jinoyat huquqi» fani qanday fan? 
    2. Jinoyat huquqining predmetini bayon eting. 
    3. Jinoyat huquqining vazifalari nimalardan iborat? 
    4. Jinoyat huquqining qanday funksiyalari mavjud va uning tartibga solish usullari nimalardan iborat? 
    5. Jinoyat huquqining manbalarini izohlang. 
    6. Jinoyat huquqining prinsiplari deganda nimani tushunasiz? 
    7. Jinoyat huquqida qanday konstitutsiyaviy prinsiplar mujassamlangan? 
    8. Ayb uchun javobgarlik prinsipini qanday tushunasiz? 
    9. Odillik prinsipini qanday tushunasiz? 
    10. «Jinoyat huquqi» fanining ma'muriy va fuqarolik fanlari bilan bog'liqligi va farqi nimalarda ifodalanadi? 
     
     
     
    2-bob. JINOYAT QONUNI
    2.1. Jinoyat qonuni tushunchasi va ahamiyati 
    O'zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni 
    davlat hokimiyati oliy organining jinoiy javobgarlikning umumiy 
    asoslarini belgilovchi, alohida turdagi jinoyatlar va ularni sodir qilgan shaxslarga qo'llaniladigan jazolarni ko'zda 
    tutuvchi huquqiy normalar yig'indisidan iborat bo'lgan huquqiy aktdir. 
    Umumiy huquq tizimida jinoyat qonuni alohida o'rin egallaydi. U ijtimoiy munosabatlarni tartibga solibgina qolmasdan, 
    balki ularni huquqqa xilof tajovuzlardan himoya qiladi ham. 
    О 'zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni — 
    jinoyat huquqining prinsiplari va umumiy qoidalarini, jinoyat 
    qonun vazifalarini, jinoyat va uning belgilarini, jazoning maqsadi va turlarini jazo tayinlash hamda jazodan ozod qilish 
    asoslarini belgilaydi. 
    Jinoyat qonun mazmuniy jihatdan biron harakat (masalan, firibgarlik) qilishni man etadi yoki biron-bir harakat 
    qilishga (masalan, xizmat vazifalarini bajarishga) majbur qiladi. Shu bilan birga, qonun tegishli davlat hokimiyati organi 
    va mansabdor shaxsga jinoyat qonuni man etgan ijtimoiy xavfli harakatni sodir qilgan yoki qonun talabini bajarmagan 
    shaxsni aniqlash va javobgarlikka tortish masalasini qo'yadi. Jinoyat qonuni jamiyatimizda mavjud bo'lgan barcha 
    ijtimoiy munosabatlarni turii jinoiy qilmishlardan himoya qiladi 
    Qonunlarga, 
    shu jumladan, jinoyat qonuniga amal qilish, 
    ularni og'ishmay bajarish, fuqarolik huquqiy davlatni 
    qurishda har bir fuqaroning burchidir. Qonun talablaridan ozgina bo'lsa-da, chetlashish qonunchiligimizning buzilishiga, 
    fuqarolarning huquq va erldnliklarini davlat va jamiyat manfaatlarini buzilishiga olib keladi. 
    Jinoyat to'g'risidagi qonun hujjatlari barcha qonunlar uchun huquqiy asos bo'lgan O'zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasining prinsiplari, umumiy qoidalari va moddalari asosida tuzilgan. O'zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasining 24-moddasida yashash huquqi har bir insdnning uzviy huquqi ekanligi va inson hayotiga suiqasd 
    qilish eng og'ir jinoyat ekanligi mustahkamlab qo'yilgan. Konstitutsiyaning 53-moddasida esa, xususiy mulkning boshqa 
    mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi qayd etilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
    yuqorida ko'rsatib o'tilgan, shuningdek, ba'zi og'ir jinoyatlarga qarshi kurash nazarda tutilgan yoki jinoyat-huquqiy 
    muhofazaga muhtoj muayyan ijtimoiy munosabatlar jamiyat uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan va 
    muhim shartlarni o'zida aks ettirgan yana boshqa normalar ularni jinoyat qonuniga kiritish uchun bevosita huquqiy asbs 
    hisoblanadi. 
    O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga asoslanadi. Shu 
    bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume'tirof etilgan priinsiplari 
    davlatning ichki qonunchiligiga nisbatan ustun ekanligi tan olingan. 
    Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalari Jinoyat kodeksining aksariyat bo'limlari, boblari va muayyan 
    moddalarda bevosita o'z ifodasini topgan. Chunonchi, kodeksning «Maxsus» qismi ham butun dunyoda e'tirof etilgan 
    qadriyatlar tizimini inobatga olgan holda tuzilgan. Masalan, «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar» 
    deb nomlangan VIII bobda urushni targ'ib qilish (150-modda), agressiya (151-modda), genotsid (153-modda), yollanish 
    (154-modda) kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu esa, Jinoyat kodeksiga hozirgi zamon xalqaro 
    huquqining asosiy prinsiplari kiritilganligidan dalolat beradi.
    Qonun chiqaruvchi organ, ya'ni Oliy Majlisning rasmiy hujjati hisoblanuvchi Jinoyat kodeksiga huquqning 
    mazkur sohasidagi yagona manba maqomini berish, barcha huquqiy normalarni bir qonunda jamlash, ularni tizimlilik 
    prinsipidan kelib chiqqan holda muayyan ketma-ketlikda joylashtirish, barcha qonunlar haqida yaxlit tasawurga ega 
    bo'lish, huquqni qo'llovchilarning qonunlardan foydalanishlari uchun barcha qulayliklar yaratish imkonini beradi. 


    12 
    Jinoyat qonuni ushbu huquq sohasining yagona manbayi hisoblanadi. Boshqa hech bir me'yoriy hujjat, sud 
    pretsidenti, sud qarori, urf-odatlar uning manbayi bo'la olmaydi. 
    Jinoyat qonuni tarixan o'zgaruvchan hujjat hisoblanadi, chunki ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ishlab 
    chiqarishning rivojlanib, o'zgarib borishi jarayonida jinoyat qonuniga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishni 
    taqozo etadi. Bu esa, o'z navbatida bu hujjatning tarixan o'zgarishiga sabab bo'ladi. 
    Jinoyat kodeksining vazifalari — 
    birinchidan, 
    shaxsni uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat 
    manfaatlarini, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza etishdan; 
    ikkinchidan, 
    jinoyatlarning oldini 
    olishdan; 
    uchinchidan, 
    fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iborat. 
    Jinoyat qonunining asosiy vazifasi shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, 
    mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishdir. Zero, ushbu qonun bilan 
    himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlar har qanday demokratik davlatning negizini tashkil etadi. Mazkur vazifa, ya'ni 
    maxsus ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish muhofaza munosabatlari vositasida amalga oshirilib, bunday 
    munosabatlar taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtdanoq paydo bo'ladi. 
    Jinoyat qonunining bu vazifalarni amalga oshirishi uchun unda javobgarlik asoslari va prinsiplari 
    mustahkamlangan va qaysi ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligi belgilangan. 
    Jinoyat qonuni jazolash tahdidi asosida jinoyat hisoblanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etilishini taqiqlaydi. Shu 
    bilan bir qatorda, jinoyat qonuni ham taqiqlovchi, ham majburiy hisoblanadi. 
    Jinoyat huquqi normalari: 
    1) ogohlantirish funksiyasi; 
    2) tarbiyalash funksiyasini bajaradi. 
    Ogohlantirish funksiyasi jinoyat huquqi normasida belgilab qo'yilgan sanksiya orqali sodir etilgan qilmish 
    uchun jazo qo'llash orqali jinoyat sodir etishi mumkin bo'lgan shaxslarni ogohlantiradi. 
    Jinoyat qonuni shaxslarni qonun talablarini so'zsiz ravishda bajarish ruhida tarbiyalash, jinoyat sodir etgan shaxsga 
    nisbatan murosasiz munosabatda bo'lishga yo'naltirilgandir. 
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, jinoyat qonunining asosiy belgilarini ko'rsatish mumkin. Jumladan: 
    1. Jinoyat qonuni, bu — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquq normalari va prinsiplariga 
    asoslangan Oliy qonun chiqaruvchi organning normativ me'yoriy hujjati; 
    2. Jinoyat qonunining asosiy belgisi uning shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, tabiiy muhitni, mulkni, davlat va 
    jamiyat manfaatlarini himoya qilishida ifodalanadi; 
    3. Huquqiy davlatda jinoyat qonuni hokimiyat tomonidan amalga oshirilib, jamiyatni sog'lomlashtirishga qaratiladi; 
    4. Jinoyat qonuni jinoyat huquqining yagona manbayi bo'lib, jinoyat huquqi normalari faqat jinoyat qonunida aks 
    ettiriladi va faqat jinoyat qonunigina qilmishning jinoiyligini hamda jazoga sazovorligini belgilaydi; 
    5. Jinoyat qonuni javobgarlikning asosiy prisiplarini o'zida mujassamlashtiradi; 
    6.Jinoyat qonunining ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat ekanligini, ushbu qilmishga nisbatan 
    tayinlaydigan jazo chorasini yoki alohida hollarda ularni jazodan ozod qilish shartlarini belgilaydi; 
    7. Jinoyat qonuni hayotning ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy va mafkuraviy holatiga bog'liq, bu sharoitning o'zgarishi bilan 
    jinoyat qonuni yoki uning alohida normasi qonun chiqaruvchi tomonidan o'zgartiriladi; 
    8. Jinoyat qonuni ogohlantirish va fuqarolarni qonunga rioya qilish ruhida tarbiyalash funksiyasini bajaradi. 

    Download 53,9 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   141




    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi

    Download 53,9 Mb.
    Pdf ko'rish