16
hududlar ham, masalan, sun'iy orollar, suvda qurilgan uy, shuningdek, texnik qurilmalar, masalan, ko'priklar, suv osti
quvurlari ham yer yuzi chegarasi hisoblanadi.
Anklavlar (boshqa davlat chegaralari bilan to'rt tomondan o'ralgan vn dcngizga chiqish mumkin bo'lmagan
hududlar), shuningdek, i|Mlliq holdagi suv resurslari - muzliklar ham yer yuzi chegarasi Nifntida e'tirof etiladi.
Suv chegarasi —
davlat hududidagi suyuqlik holida mavjud bo'lgan suvlar. Suv
chegarasi ichki va hududiy
suvlarga bo'linadi. Yer osti suvlari va mineral suvlar suv chegarisiga kirmaydi.
Agar suv (ko'llar, daryolar) bir necha davlat chegarasi doirasida bo'lsa, ko'llar maxsus chegara belgilari bilan, daryolar
suv o(|imining o'rta qismidan chegaralanadi. Masalan, O'zbekiston bilan Al'g'oniston chegarasi Amudaryoning uzuniga
suv o'rtasi hisoblanadi. Ochiq dengiz va okeanlar hech bir davlatning hududi hisoblanmaydi. Dengiz va okeanlar bilan
tutashgan davlatning
suv ilicgarasi esa, xalqaro bitimlar bilan belgilanadi. O'zbekiston Kespublikasining jinoyat
qonunining amal qilish doirasi qaysi davlat hududida bo'lishidan qat'iy nazar, O'zbekiston Respub-likasinig harbiy
kemalari va samolyotlariga nisbatan ham amal qiladi. Jinoyat qonunining amal qilish doirasi ochiq dengizda suzayotgan
harbiy bo'lmagan kemalar va ular ustidagi havo havzalarida uchayotgan samolyotlarga nisbatan ham amal qiladi.
Havo havzasi
deganda, quruqlik va suv ustidagi hudud lushuniladi.
Jinoyat kodeksining 11-moddasida belgilangan to'rt holat, nafaqat, o'zining mazmuni jihatidan obyektiv
hisoblanadi, balki qonunda bu holat jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilariga qarab belgilagan. Bu elementlar bevosita
jinoyat obyektiv tomonini tashkil etadi. Boshqa belgilar jinoyatni sodir etilgan hududini aniqlashiga la'sir ko'rsatmaydi,
ammo sud va tergov organlari tomonidan ко'rib chiqilishi lozim.
Jinoyat kodeksining 11-moddasi jinoyat sodir etilgan hududni lining namoyon bo'ladigan turli shakllariga nisbatan
(jinoyatga layyorgarlik ko'rish, suiqasd qilish, ishtirokchilikda jinoyatni sodir qilish) jinoyat
tarkibiga doir qoidalarni
aniqlash imkonini beradi.
Qonunga ko'ra, jinoyat tarkibiga obyektiv tomondan faqat ijtimoiy xavfli bo'lgan qilmishlargina kiritiladi,
jinoyatning oqibati esa, bunga kiritilmaydi, chunki qilmishni yuridik baholash uchun ro'y berishi mumkin bo'lgan oqibat
e'tiborga olinmaydi, muayyan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilgan joy jinoyatning sodir
etilgan joy hisoblanadi.
Jinoyat tarkibining obyektiv tomoniga ij'timoiy xavfli qilmish bilan bir qatorda jinoiy oqibatlar
ham kiritiladi,
qoidaga ko'ra, muayyan ijtimoiy xavfli oqibat ro'y bergan joy qilmish sodir etilgan joy, deb hisoblanadi. Bu qoida
O'zbekiston hududidan tashqarida boshlangan, lekin oqibati esa O'zbekiston hududida ro'y bergan qilmishlarga nisbatan
ham tatbiq etiladi.
Uzoqqa cho 'zilgan, davomli, murakkab tarkibli
jinoyatlar sodir etilgan joyni aniqlash ham muhim ahamiyatga
ega bo'lib, ular bir necha davlat hududlarida bajarilgan hollarda paydo bo'ladi. Jinoyat kodeksining 11-moddasi, 2-
qismi, «g» bandiga muvofiq, agar O'zbekiston hududida boshqa qilmishlar bilan qo'shilib yoki muqobil ravishda yagona
murakkab jinoyatni vujudga keltirgan harakatlarning faqat bir qismi bajarilgan, boshlangan, tugatilgan yoki to'xtatilgan
bo'lsa, u holda jinoyat O'zbekiston Respublikasi
hududida sodir etilgan, deb hisoblanishi lozim.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning joyini aniqlashda bajaruvchining jinoiy xatti-harakatni amalga
oshirgan joyi inobatga olinishi kerak. Shu boisdan, agar tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar o'z faoliyatlarini
O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirgan, ayni paytda bajaruvchi muayyan jinoyat tartibini
qisman yoki to'la O'zbekiston hududida bajargan bo'lsa, u holda, bunday jinoyatni sodir etilgan joyi O'zbekiston
Respublikasi deb topilib, barcha jinoyat ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuniga binoan javobgarlikka
tortilishi lozim. Tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi o'z vazifalarini O'zbekiston hududida bajargan bo'lsa-yu, lekin
bajaruvchi jinoyatni mazkur hududdan tashqarida sodir etgan hollarda ham masala xuddi shunday hal qilinadi.
Jinoyat kodeksining /11-moddasi, 4-qismiga muvofiq, shuning-dek, «Chet el davlatlarining diplomatik va
konsullik vakolatxonalari to'grisida»gi Nizomga ko'ra, quyidagilar jinoyat yurisdiksiyasidan, ya'ni shaxsiy
immunitetdan foydalanadUar va daxlsiz hisoblanadilar:
1) diplomatik vakolatxonalar boshliqlari (elchi, ishonchli vakil); I
2)
maslahatchilar;
3) savdo vakillari va ularning o'rinbosarlari;
4) harbiy-dengiz va harbiy havo attashelari;
5) sekretar-arxivariuslar;
6) ularning oila a'zolari va ular bilan birga yashovchilar.
O'zbekiston Respublikasida jinoiy yurisdiksiyadan cheklangan darajada konsullik xizmatidagi mansabdor
shaxslar, diplomatik vakolarxonalar xodimlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning vakillari va mansabdor shaxslari,
parlament va hukumat delegat-siyalarining a'zolari foydalanishadi.
Hududiy daxlsizlik huquqidan foydalanuvchi shaxslar doirasi manfaatdor taraflarning kelishuviga muvofiq
kengaytirilishi mumkin. Hududiy daxlsizlik huquqi, shuningdek, diplomatik vakolatxonalarning hududi, xizmat va turar
joylariga ham taalluqli hisoblanadi. Ammo bu huquq diplomatik vakillik funksiyalardan g'arazli maqsadlarda
foydalanish huquqini bermaydi.
Jinoyat kodeksining 12-moddasi jinoyat qonunida nazarda tutilgan