17
xalqaro shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bo'yicha
javobgarlikka tortiladilar.
Fuqarolik prinsipi subyektiv tarkibning belgisi jinoyat qonunining qonunda ko'rsatilgan
shaxslar toifasiga, ya'ni
respublika fuqarolari va respublika hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar nisbatan amal qilishini
anglatadi.
O'zbekiston Respublikasifuqarosi
qonunga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi degan
huquqiy maqomga
ega bo'lgan shaxslardir. O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlarga pasport, pasport olingunga qadar
tug'ilganlik guvohnomasi kiradi.
Fuqaroligi bo'lmagan shaxslar
O'zbekiston hududida yashovchi respublika fuqarosi hisoblanmagan va o'zining
boshqa davlat fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo'lmagan shaxslardir. Jinoyat kodeksining 12-moddasiga
ko'ra, boshqa davlat hududida jinoyat sodir etgan har qanday shaxslar emas, balki O'zbekiston Respublikasi hududida
doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida
doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar degan-da, respublika hududida doimiy yashashga ruxsat berilgan
shaxslar tushuniladi.
Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asosi sifatida kodeksga ko'ra, nafaqat, jinoyatning
boshqa davlat hududida
sodir etilganligi ko'rsatilgan.
Bu holatda muayyan qilmishni jinoyat, deb hisoblash uchun quyidagi ikki shart talab qilinadi.
1) qilmish qaysi davlatda sodir etilgan bo'lsa, shaxsning ana shu davlat qonuni bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi
belgilanganligi;
2) bu qilmishni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko'ra jinoyat, deb kvalifikatsiya qilinishi.
Jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilishi
universallik prinsipi
xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash
zaruratidan kelib chiqqan bo'lib, uning mazmuni
shundan iboratki, har bir davlat uning hududida xalqaro bitimlarda
ko'zda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan chet el fuqarolariga nisbatan o'z jinoyat qonunini qo'llash huquqiga egadir.
Bundan tashqari boshqa davlatlar jinoyat qonunida jinoyat qonuni hudud bo'yicha amal qilishining
aniqlik
prinsipi
ham mavjud. Bu prinsipga ko'ra, qilmish davlat yoki uning fuqarolari manfaat-lariga zarar yetkazsa,
har bir
davlat o'z hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan o'z
jinoyat qonunini tatbiq etadi.
Agar O'zbekiston Respublikasi fuqarosi chet el davlati hududida jinoyat sodir etgan bo'lsa, xalqaro bitim va
shartnomalarda boshqacha hoi nazarda tutilmagan bo'lsa, uning ushlab berilishi mumkin emas. Agar xalqaro bitimlarda
yoki shartnomalarda jinoyatchilarni ushlab berish nazarda tutilgan bo'lsa va ularga O'zbekiston Respublikasi qo'sMgan,
bu shartnoma Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilingan bo'lsa, jinoyatchi ushlab berilishi mumkin. Bu xalqaro
jinoyatchilarni ushlab berish prinsipi, deyiladi. Bu
prinsipga muvofiq, jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilgan
davlatga yoki jinoyat qaratilgan davlatga yoxud qaysi davlatning fuqarosi bo'lsa, o'sha davlatga topshiriladi.
Jinoyatchilarni ushlab berish (ekstraditsiya) ikki tomonlama (masalan, o'zaro huquqiy yordam to'g'risidagi)
shartnomalar asosida tartibga solinadi.