6
Qonuniylik prinsipining ikkinchi talabi
— Jinoyat kodeksining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos
kelishi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasiga ko'ra, birorta ham qonun va boshqa normativ
huquqiy hujjat Konstitutsiya normalariga va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
Jinoyat kodeksining Konstitutsiyaga mos kelishi, shuningdek, Jinoyat kodeksi va Konstitutsiya normalari o'rtasida
kolliziya (qarama-qarshilik) kelib chiqqanda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarining ustunligi tan
olinadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida «Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir
jinoyatdir», deb ta'kidlab o'tilgan. Konstitutsiyaning aynan shu moddasidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining «Maxsus»
qismiga «Hayotga qarshi jinoyatlar» bobi kiritilgan.
Uchinchi talab:
«qonunda ko'rsatilmagan jinoyat ham, jazo ham mavjud emas». Bu qadimiy huquqiy qoida
quyidagi lotincha jumlalar orqali ifodalanadi:
«Nullum crimen, nulla poena sinelege».
Ushbu qoida qonuniylik prinsipining asosiy qoidasi bo'lib, unga ko'ra, shaxs qonunda ko'rsatilgan jinoyati
uchun qonunda ko'rsatilgan jazo doirasidagina javobgarlikka tortiladi, ya'ni shaxsning sodir etgan qilmishning jinoiyligi
va ushbu jinoyat uchun jazoning mavjudligi jinoyat qonunida aniq ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Qonu niylik prinsipining to'rtinchi talabi
— jinoyat uchun javobgarlik haqidagi normalarning jinoyat
qonunida kodefikat-siyalanishi kerakligida ifodalanadi, ya'ni javobgarlikni belgilovchi alohida qonunlar, masalan,
harbiylarning jinoiy javobgarligi, voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi to'g'risidagi qonunlar amal qilishi
mumkin emas. Barcha jinoyat huquqiy normalar yagona Jinoyat kodeksida mujassamlanishi kerak.
Jinoyat huquqi qonuniylik prinsipining beshinchi talabi bo 'yicha:
jinoyat qonunining analogiya bo'yicha
qo'llanilishi taqiqlanadi, ya'ni «jinoyat-huquqiy javobgarlikni belgilovchi normalar Jinoyat kodeksida to'g'ridan to'g'ri
ko'rsatilmagan bo'lsa, shunga o'xshash normalar qo'llaniladi», qoidasi jinoyat huquqida amal qilmaydi.
Qonuniylik prinsipining oltinchi talabi kriminalizatsiya bilan bog'liq
bo'lib, qonun chiqaruvchi tomonidan
shaxsning jinoyat, deb hisoblanadigan xulq-atvori uning qilmishiga nisbatan, ya'ni shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlariga zarar yetkazuvchi harakat yoki harakatsizlikka nisbatan olinadi. Ma'lum bir jinoyatni sodir qilish xayoli,
o'yi jinoyat, deb hisoblanmaydi va ular uchun jazo mavjud emas
(«Cogitationis poenam nemo patitur»).
Jinoyat huquqi nazariyasidagi ilmiy bahslarga ko'ra, javob-garlikning muqarrarligi prinsipini qonuniylik prinsipi
tarkibiga kiritish ham mumkin.