• Nasoslar haqida umumiy tushunchalar
  • Nasoslar klassifikatsiyasi
  • Kompressorlar
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali




    Download 53.34 Kb.
    bet3/13
    Sana28.09.2023
    Hajmi53.34 Kb.
    #85462
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat-www.hozir.org
    Yarim Statik malumotlar, 1. Axborot tizimi, tizim komponentlari va maqsadi nimadan iborat, TATU SF akademik litseyi, Mavzu Tarixni o’rganishda virtual muzeylarning o’rni, [E ECE ]TRADE WP.6 2000 12-RU, tKe3jMBqU3OiPgeJZQP6ENtc5uFR2Dqt, Doc2, 1-3 Lab-ya, 2.docx Lab-ya, 15, ABDUSATTOR VHGFFYJY, English Time 2 Students Book www.frenglish.ru, Tarix, Farg‘ona politexnika instituti “kompyuterlashtirilgan loyihalash
    Cho’ktirish usuli suspenziya, emul’siya va changli gazlarni ajratish uchun
    ishlatiladi. Cho’ktirish jarayoni turli jinsli sistema tarkibidagi qattiq jism mayda
    zarrachalarining og’irlik kuchi ta`sirida apparat tubiga cho’kishiga asoslangan.
    Cho’ktirish tezligini aniqlash uchun alohida olingan sharsimon
    zarrachaning suyuqlik muhitidagi muvozanat shartidan foydalanamiz.
    Muhitdagi zarrachaga og’irlik kuchi G, ko’tarish kuchi A, muhitning qarshilik
    kuchi R ta`sir qiladi. Jarayonning harakatlantiruvchi kuchi og’irlik va ko’tarish
    kuchlari orasidagi farq, ya`ni zarraning suyuqlikdagi og’irligidir.

    bu erda: d -zarra diametri, m . - mos ravishda qattiq jism zarrasi va suyuqlik zichliklari, kg/m3


    Muhitning qarshiligi R- zarra harakat yunalishiga qarama-qarshi bo’lib, ishqalanish va inertsiya kuchlaridan tashkil topgan.
    Nasoslar haqida umumiy tushunchalar
    Qurilmalarda va quvur ichidagi suyuqlik uning boshi va oxiridagi bosimlar farqi tufayli harakat qiladi. Suyuqlikning quyi sathidan yuqori sathiga uzatish uchun esa nasoslardan foydalaniladi. Bunda suyuqlikka bosimning potensial energiyasi ta’sir etadi.Nasos shunday gidravlik mashinaki, u elektr yuritkichning mexanik energiyasini suyuqlikning harakatlanish (uzatish) energiyasiga aylantirib beriladi.
    Nasoslar klassifikatsiyasi
    Harakatlanish turiga qarab hajmiy, kurakli (markazdan qochma), uyurmaviy va o‘qli nasoslarga bo‘linadi. Hajmiy nasoslarning ishlash prinsiрi yoрiq hajm ichida siqib chiqarish usuliga asoslangan bo‘lib, ilgarilanma-qaytma va aylanma harakatlar tufayli suyuqlik siqib chiqariladi. Hajmiy nasoslarga porshenli, rotatsion, vintli, shesternyali va plastinali gidravlik mashinalar kiradi. Markazdan qochma nasoslarda bosim markazdan qochma kuch ta’sirida, ya’ni nasos qobig‘i (asosi) ga joylashgan kurakli g‘ildirakning aylanishi tufayli sodir bo‘ladi. Uyurmaviy nasoslarda uyurma energiya hisobiga uzatiladi. Bu ishchi g‘ildirakning aylanishida uyurmaning tezda hosil bo‘lishi va so‘nishi bilan amalga oshadi. Aytib o‘tilgan nasoslardan tashqari yana oqimchali nasoslar hamda gazliftlar va montejyu deb nomlanadigan mashinalardan ham foydalaniladi. Bu nasoslarda gaz, suv va bug‘larning bosimlaridan foydalaniladi.
    Kompressorlar
    Kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati korxonalarida ko‘p miqdorda gaz hamda gaz aralashmalarini qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina kimyoviy jarayonlarning atmosfera bosimdan farqli bosim ostida olib borilishi jarayon tezligini oshiradi, qurilma o‘lchamlarining kichik bo‘lishiga va hokazolarga olib keladi. Gazlarni siqish yordamida ularni quvurlar va qurilmalarda harakati ta’minlanadi hamda vakuum hosil qilinadi. Bundan tashqari havo va gazlarni siqish, ularni aralashtirish,
    suyuqliklarni purkash uchun ishlatiladi. Kimyo sanoatida qo‘llaniladigan bosim miqdorlari 10-3 dan 108 N/m2 (10-8...103 atm) gacha bo‘ladi. Gazlarni uzatish va siqish uchun mo‘ljallangan mashinalar kompressor mashinalari deyiladi. Kompressor mashinasi hosil qiladigan oxirgi bosim p2 ning,gazni so‘rilish paytidagi bosim p ga nisbati siqish darajasi deb nomlanadi
    Siqish ko‘rsatkichining qiymati bo‘yicha compressor mashinalari quyidagi turlarga bo‘linadi:

    1. Ventilyatorlar (p2/p1) < 1,1 – katta miqdordagi gazlarni uzatish uchun.


    2. Gazoduvkalar 1,1 < (p2/p1) < 3 – nisbatan katta gidravlik qarshilikka ega quvurlardan gazlarni uzatish uchun.
    3. Kompressorlar (p2/p1) > 3 yuqori bosim hosil qilish uchun.
    4. Vakuum-nasos atmosfera bosimidan kichik bo‘lgan bosimlarda gazlarni so‘rib olish uchun.
    Kompressor mashinalari ishlash usuli (prinsiрi) bo‘yicha porshenli, markazdan qochma, o‘qli va boshqa mashinalarga bo‘linadi.

    Download 53.34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 53.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali

    Download 53.34 Kb.