• Oddiy haydash Suyuqlik aralashmalarini bir marta qisman bug‘latish yo‘li bilan ajratish jarayoni oddiy haydash
  • Haydash va rektifikatsiya jihozlari




    Download 53.34 Kb.
    bet9/13
    Sana28.09.2023
    Hajmi53.34 Kb.
    #85462
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat-www.hozir.org
    Yarim Statik malumotlar, 1. Axborot tizimi, tizim komponentlari va maqsadi nimadan iborat, TATU SF akademik litseyi, Mavzu Tarixni o’rganishda virtual muzeylarning o’rni, [E ECE ]TRADE WP.6 2000 12-RU, tKe3jMBqU3OiPgeJZQP6ENtc5uFR2Dqt, Doc2, 1-3 Lab-ya, 2.docx Lab-ya, 15, ABDUSATTOR VHGFFYJY, English Time 2 Students Book www.frenglish.ru, Tarix, Farg‘ona politexnika instituti “kompyuterlashtirilgan loyihalash
    Haydash va rektifikatsiya jihozlari
    Ikki va undan ortiq uchuvchan komponentlardan tarkib topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini ajratish uchun qo‘llaniladigan usullardan eng keng tarqalganlari haydash va rektifikatsiyadir.Haydash va rektifikatsiya jarayonlari kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatlarida juda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Masalan, neftni fraksiyalarga ajratish, aromatik moddalar ishlab chiqarish hamda aralashmalarni dag‘al ajratish uchun qo‘llaniladi. Juda to‘la ajratish uchun rektifikatsiya jarayonidan foydalaniladi. Haydash va rektifikatsiya jarayonlari bir xil haroratda aralashma komponentlarining turli uchuvchanligiga asoslangandir. Yuqori uchuvchanlikka ega komponent yengil uchuvchan, pastuchuvchanlikka ega komponent qiyin uchuvchan deb nomlanadi. Demak, yengil uchuvchan komponent qiyin uchuvchanga qaraganda pastroq haroratda qaynaydi. Shuning uchun ham ular past va yuqori haroratda qaynaydigan komponentlar deb ataladi. Haydash yoki rektifikatsiya jarayonida boshlang‘ich aralashma yengil uchuvchan komponenti bilan boyitilgan distillyat va qiyin uchuvchan komponent bilan boyitilgan kub qoldig‘iga ajraladi. Haydash jarayonida hosil bo‘lgan bug‘ kondensator deflegmatorga kondensatsiyalash natijasida distillyat olinadi.Qurilma kubida esa kub qoldig‘i qoladi.
    Oddiy haydash
    Suyuqlik aralashmalarini bir marta qisman bug‘latish yo‘li bilan ajratish jarayoni oddiy haydash deb nomlanadi. Oddiy haydash jarayonini eritma komponentlari uchuvchanligi orasidagi farq katta bo‘lgan hollardagina qo‘llash maqsadga muvofiq va yuqori samara beradi. Oddiy haydash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: fraksiyali haydash; deflegmatsiya bilan haydash; suv bug‘i bilan haydash; molekulyar haydash. Eritmani haydash jarayonida kub qoldig‘ida yengil uchuvchan komponent va distillyat tarkibidagi miqdori maksimal qiymatdanminimalgacha kamayadi. Shuning uchun har xil tarkibli distillyat fraksiyalari turli yig‘gichlarga ajratib olinadi. Har xil tarkibli mahsulot olishga mo‘ljallangan eritmalarni ajratib olish usuli fraksiyali haydash deb nomlanadi. Oddiy haydash davrida hosil bo‘layotgan bug‘ kubdan chiqarib olinadi va har bir onda kubda qolgan eritma bilan muvozanatda bo‘ladi. Bu usulda haydash atmosfera yoki vakuum ostida haydash usuli issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish imkoniyatini yaratadi, chunki bu usulda qaynash harorati pasayadi. Shuning uchun ham bu usuldahaydash davrida past haroratli suv bug‘laridan foydalaniladi. Rektifikatsiya kolonnalari deb, vertikal silindrik – bir-biridaerigan suyuqliklar (aralashma) ni ajratadigan maqsadda ko‘zlagan mahsulotni olishga yordam beradigan jihozga aytiladi. Rektifikatsiya jarayonida ikki faza orasida ikki tomonlama massa almashinuv bo‘ladi. Agar suyuqliklarning qaynash harorati har xil bo‘lsa, ularni diffuzion jarayonda rektifikatsiyalab ajratish mumkin. Diffuziya jarayonining amalga oshishi uchun bug‘lar va suyuqliklar bir-biriga qarama-qarshi harakatda bo‘lib, yaxshi kontaktda bo‘lishi mumkin: suyuqlik o‘zining og‘irligi bilan pastga qarab, bug‘lar esa pastdan yuqoriga qarab, bir-biriga qarama-qarshi harakat natijasida bug‘ fazasi yengil qaynovchi komponentlarni, suyuq faza esa yuqori haroratda qaynovchi komponentlarga to‘yinadi. Muvozanatdagi sistemaning xossalaridan ma’lumki, muvozanatda bo‘lmagan bug‘ va suyuq fazalar bir-biri bilan kontaktda bo‘lganda, sistema issiqlik va massa almashinuvi natijasida muvozanatga intiladi. Demak, rektifikatsiya jarayoni borishi uchun kontaktda bo‘ladigan bug‘ va suyuqlik bir xil bosimda muvozanatda bo‘lmasligi kerak. Boshqacha aytganda, suyuqlikning harakati bug‘ harakatidan past bo‘lishi kerak. Kontaktning samaradorligini oshirish uchun rektifikatsiya kolonnalari ichida maxsus uskunalari bor, bu uskunalarni konstruksiyalarga qarab to‘xtovsiz (nasadkali kolonnalarda) yoki bosqichma-bosqich (tarelkali kolonnalarda) kontakt amalga oshiriladi.

    Download 53.34 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 53.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Haydash va rektifikatsiya jihozlari

    Download 53.34 Kb.