• «harakatga keltiruvchi kuch»
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali




    Download 53.34 Kb.
    bet8/13
    Sana28.09.2023
    Hajmi53.34 Kb.
    #85462
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat-www.hozir.org
    Yarim Statik malumotlar, 1. Axborot tizimi, tizim komponentlari va maqsadi nimadan iborat, TATU SF akademik litseyi, Mavzu Tarixni o’rganishda virtual muzeylarning o’rni, [E ECE ]TRADE WP.6 2000 12-RU, tKe3jMBqU3OiPgeJZQP6ENtc5uFR2Dqt, Doc2, 1-3 Lab-ya, 2.docx Lab-ya, 15, ABDUSATTOR VHGFFYJY, English Time 2 Students Book www.frenglish.ru, Tarix, Farg‘ona politexnika instituti “kompyuterlashtirilgan loyihalash
    2.4Massa almashinish jarayoni
    Bir yoki bir necha komponentlarni binar yoki murakkab aralashmalarda bir fazadan ikkinchi fazaga o’tishida ro’y bergan jarayonlar massa almashinish jarayoni deb yuritiladi (masalan, gazdan gazga, suyuqlikdan gazga, qattiq jismdan suyuqlik yoki gazga). Odatda, komponentlarning bir fazadan ikkinchisiga o’tishi molekulyar yoki turbulent diffuziya orqali sodir bo’ladi. Shuning uchun, bu jarayonlar diffuzion jarayonlar deb ataladi. Massa almashinish jarayonlari faol komponent va inert tashuvchi fazalar bilan xarakterlanadi. Faol komponent – bu fazadan fazaga o’tuvchi massa, inert tashuvchilarning miqdori esa, jarayon davomida o’zgarmaydi.
    Massa almashinish jarayonini harakatga keltiruvchi kuch – konstentrastiyalar farqi.
    Sanoat texnologiyalarida ishlatiladigan absorbstiya, ekstrakstiya («suyuqlik - suyuqlik», «qattiq texnologiya jism – suyuqlik sistemalarida), adsorbstiya, quritish, kristallanishlarda massa almashinish jarayonlari sodir bo’ladi.
    Absorbstiya – bu gaz aralashmasidan biror moddaning suyuq fazaga selektiv ravishda yutilish jarayonidir. Ya’ni, bu jaraenda modda bug`yoki gaz fazadan suyuq fazaga o’tishini kuzatishimiz mumkin.
    Suyuqliklarni haydash va rektifikastiya – bu suyuq va bug`fazalar orasida komponentlar o’zaro modda almashinish yo’li bilan suyuq aralashmalarni komponentlarga ajratish jarayonidir.
    Ekstrakstiya – bu eritma yoki qattiq jismdan erituvchi yordamida bir yoki bir necha komponent ajratib olish jarayonidir («suyuqlik-suyuqlik» sistemasida faol komponent bir suyuq fazadan ikkinchisiga o’tadi. «Qattiq jism – suyuqlik» sistemasida modda qattiq jismdan suyuq fazaga o’tadi.
    Adsorbstiya – bu gaz, bug` yoki suyuq aralashmalardan bir yoki bir necha komponentlarni qattiq, g`ovakli jism bilan yutilish jarayonidir. Juda katta faol yuzaga ega qattiq jismlar adsorbentlar deb ataladi.
    Quritish – bu qattiq materiallar tarkibidagi namlikni bug` shaklida ajratib olish jarayonidir. Ushbu jarayonda faol komponent - namlik qattiq fazadan gaz yoki bug` fazasiga o’tadi.
    Kristallanish – bu suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristall shaklida ajratib olish jarayonidir.
    Muvozanat holatiga erishish yo’nalishida moddaning bir fazadan ikkinchisiga o’tish jarayoniga massa o’tkazish deyiladi.
    Massa almashinish jarayonida eng kamida 3 ta modda ishtiroq etadi: 1) birinchi fazani tashkil etuvchi modda; 2) ikkinchi fazani tashkil etuvchi modda; 3) bir fazadan ikkinchisiga o’tgan tarqaluvchi modda.
    Massa almashinish jarayonida muvozanat holatlarini aniqlashda fazalar qoidasidan foydalaniladi:
    bu erda F – fazalar soni; S – erkinlik darajasi soni; K – sistemadagi komponentlar soni.
    Bu qoidaga binoan, muvozanat holatlarini hisoblashda parametrlarining (bosim, temperatura, konstentrastiya) nechtasini o’zgartirish imkoniyati borligini aniqlash mumkin. Muvozanat va haqiqiy konstentrastiyalar orasidagi farq massa almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuchi deb hisoblanadi.
    Massa almashinish jarayonlarining tezlik koeffistienti va harakatga keltiruvchi kuchini hisolash massa o’tkazish kinetikasining asosiy masalasidir.
    Massa o‟tkazishning asosiy tenglamasi kinetikaning umumiy tenglamasidan keltirib chiqarilishi mumkin.
    Ushbu tenglamaga binoan, massa almashinish jarayonlarining tezligi harakatga keltiruvchi kuchga to’g`ri va jarayon diffuzion qarshiligiga teskari proporstionaldir.
    Agar, diffuzion qarshilik teskari kattalikni K = 1/R (bu erda R – diffuzion qarshilik) deb belgilasak, ushbu tenglamaga ega bo’lamiz:

    bu erda, M – bir fazadan ikkinchisiga o’tgan modda miqdora, kg; F – massa o’tkazish yuzasi, m2; t - jarayon davominligi, s; k – massa o’tkazish koeffistienti


    Shunday qilib, yuqorida ko’rib chiqilgan hamma kinetik tenglamalar quyidagi umumiy ko’rinishga keltirilishi mumkin:

    bu yerda: I- jarayonni o’tish tezligi; x — jarayonni harakatga keltiruvchi kuch, turli kattaliklar farqi (bosim, temperatura, kontsentratsiya); l – o’tkazuvchanlik koeffitsienti, biror jarayon uchun skalyar kattalik bo’lib, qarshilikka teskari kattalik.


    Turli jarayonlarning tezlik koeffitsientlari asosan material oqimlarining xarakat tezligiga bog’liq. Shuning uchun, xamma kinetik qonuniyatlar material oqimlarining xarakat qonunlariga asoslanadi.
    Kinetik tenglamalar taxlili jarayonni intensivlashning umumiy printsiplarini anikdash imkonini beradi. Jarayon tezligini oshirish uchun xarakatga keltiruvchi kuchni oshirish va qarshilikni kamaytirish kerak. Istalgan jarayon taxlil kilinganda «harakatga keltiruvchi kuch» asosiy omildir. Jarayonlarning kinetik qonuniyatlarini bilish va to’g’ri aniqlash turli xildagi qurilmalarning asosiy o’lchamlarini topishda asos bo’ladi.
    Neftni qayta ishlash korxonalarida eng ko‘p tarqalgan jarayonlarga massa almashinuv va diffuziya jarayonlari kiradi. Bu jarayonlarning texnologik vazifasi turlichadir. Lekin massa almashinuv jarayonlarining vazifasi aralashmadagi moddalarni diffuzion usul bilan bir fazadan ikkinchisiga o‘tkazishdan iborat. Har bir massa almashinuv jarayoni aniq maqsadga mo‘ljallangan jarayonning nomi bilan ataladi. Masalan, rektifikatsion kolonnasi – bu jihozda rektifikatsiya jarayoni boradi, ya’ni komponentlarni aniq ajratib olish uchun suyuq va bug‘ fazalari orasida massa almashinuv ketadi.Adsorber – adsorbsiya jarayoni boradigan jihoz, ya’ni kerakli komponentlarni ajratish uchun qattiq va gazsimon moddalar o‘rtasida massa almashinuv jarayoni boradi. Ekstraktor – ekstraksiya jarayoni ketadigan jihoz, ya’ni maqsadda ko‘zlangan moddani ajratib olish uchun yoki keraksiz moddani chiqarib tashlash uchun ikki suyuq faza orasida massa almashinuv jarayoni ketadi. Massa almashinuv jarayonining asosiy jihozlari – rektifikatsiya kolonnalarini metallga bo‘lgan ehtiyojining yarmini tashkil qiladi. Ularni to‘g‘ri texnologik hisoblash va konstruktiv yaroqliligidan jarayonlarni to‘g‘ri olib borishning sifatiga, ya’ni neftni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir.

    Download 53.34 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 53.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali

    Download 53.34 Kb.