• Arduino dasturi quyidagi asosiy va muhim afzalliklarga ega.
  • Salom Dunyo loyihasi dasturi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali




    Download 1,33 Mb.
    bet6/19
    Sana16.12.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #120908
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    EA (amaliy uslubiy).
    7-mavzu, PYTHON dasturlash tilida oyin yaratish (2), shabalin (1), Darsni interfaol metodlarda tashkil etish, 12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE (1), 6-sinf-barcha-chorak-uchun-matematika-test-4, Anushteginiylar davlati, 0198002, ANKETA SOʻROVI TUSHUNCHASI, USLUBIY AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARINI (2), 2 course reading and writing lesson 4, Mavzu Fonema-fayllar.org, 8-sinf answers (2)-Copy, 3-sinf answers (2)-Copy, Buxoro davlat universiteti evolutsiya nazariyasi fanidan mustaqi(1)
    Nazorat savollari
    1. Mikrokontroller nima?
    2. Mikrokontroller nima vazifani bajaradi?
    3. Mikrokontrollerni qanday dasturlash tillari bor?
    4. Ardiuno uno pragrammatori nima vazifani bajaradi.


    2-Amaliy mashg’ulot
    Mikrokontrollerlarni dasturlash muhitlarida loyiha yaratishni o‘rganish.
    I shdan maqsad: Ardiuno uno muhitida loyiha yaratishni o‘rganish, Ardiuno uno R3 kontrolleri ishchi oynasi bilan tashib chiqish.
    Mikrokontroller ATmega32u4
    Ishlash kuchlanishi 5V
    Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani): 7-12V
    Kirish kuchlanishi quyi va yuqori chegaralari 6-20V
    Raqamli kirish chiqish portlari 20
    Puls kengligi modulyatsiyasi kanallari 7
    Analog kirish kanallari 12
    Kirish chiqish portlaridagi o‘zgarmas tok kuchi 40 mA 3,3V kuchlanishda quvvatlanganda chiqishdagi o‘zgarmas tok kuchi 50 mA
    Flash Xotira 32 KB (ATmega32u4), 4 KB bootloader
    Tezkor xotira2.5 KB (ATmega32u4)
    EEPROM 1 KB (ATmega32u4)
    Chastota 16 MHz Uzunligi 68.6 mm
    Kengligi 53.3 mm Og‘irligi 20 g


    Arduino dasturi quyidagi asosiy va muhim afzalliklarga ega.
    - Arzon (Tekin) - Turli xildagi Arduino platformalari bilan moslashuvchanligi
    - Ishlatilishga tayyor strukturasi
    - Ko‘plab tayyor kutubxonalarning mavjudligi
    - Sodda va tushunarli dasturlash muhiti.
    - Jamiyat katta qismi Arduinodan foydalanayotganligi sababli muammoga oson yordam olish imkoniyati.
    Har qanday dasturlash tilini o‘rganishda ilk loyiha Salom Dunyo loyihasi bo‘lganidek, Arduinoda ham Salom Dunyo loyihasi amalga oshiriladi. Odatda Salom Dunyo loyihasi ekranga Salom Dunyo yozuvini chiqarishdan iborat bo‘lsa, Arduinoda esa yorug‘lik diodini yoqib o‘chirishdan iborat. Loyiha sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan.


    Salom Dunyo loyihasi dasturi.
    Salom Dunyo loyihasi dasturini yozish uchun ishlatiladigan funksiyalar:
    - pinMode(port raqami, kirish yoki chiqish);
    - digitalWrite (port raqami, holat);
    - delay(vaqt miqdori);
    Yuqoridagi sxemani qurib bo‘lgandan so‘ng, Arduino platformasini kompyuterga ulaymiz. Arduino dasturini ishga tushiramiz. Arduino IDE oynasida void setup () va void loop() funksiyalari hosil bo‘ladi. Void setup () funksiyasi ichiga asosan loyiha davomida ishlatiladigan kirish chiqish portlarining kirish yoki chiqish ekanligi e‟lon qilinadi. Void loop() funksiyasiga esa loyiha dasturining asosiy qismi kiritiladi. Sxemaga e’tibor berilsa, yorug‟lik diodi Arduino platformasining 13-portiga ulangan. Bu degani, Arduino platformasining 13-porti chiqish porti hisoblanib, ushbu portdan chiquvchi signalni boshqarish orqali yorug‘lik diodini ham o‘chirib-yoqish mumkin. Ishni 13-portni chiqish porti deb e’lon qilishdan boshlaymiz. Buning uchun void setup() funksiyasi ichiga quyidagi qatorni kiritamiz:
    • pinMode(13, OUTPUT);
    Endi esa void loop() funksiyasi ichiga asosiy dasturni yozamiz. Avvalo, yorug‘lik diodini yoqish uchun 13-portga signal chiqarish buyrug‘ini beramiz.
    • digitalWrite(13, HIGH);
    Ushbu komanda natijasida 13-portdan 5Volt kuchlanish chiqadi. Bu esa yorug‘lik diodini yonishiga olib keladi. Yorug‘lik diodi 1 sekund vaqt intervali bilan yonib o‘chishi kerak. Buning uchun 1 sekund kutib turish komandasini beramiz:
    • delay(1000);
    Endi yorug‘lik diodini o‘chiramiz:
    • digitalWrite(13, LOW);
    Void loop() funksiyasi ichiga yozilgan dastur to‘xtovsiz takrorlanib turadi. Shuning uchun yana 1 sekund kutib turish komandasi beriladi.
    Dasturning umumiy ko‘rinishi esa quyidagi rasmda keltirilgan.


    Download 1,33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali

    Download 1,33 Mb.