O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana19.12.2023
Hajmi0,8 Mb.
#123470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mashina detallarini qayta tiklash metodlari

JARAYONINI O‘RGANISH 
Ishdan maqsad. Yeyilgan, yemirilgan detallarning yuzasiga mahalliy 
qoplama qoplash yo‗li bilan ta‘mirlash texnologik jarayonini o‗rganish. 
Ishni bajarishga bajarishga yo‘riqlar
Metallarni elektrolitik usulda cho‘ktirish 
Metallarni elektrolitik usulda cho‗ktirish elektroliz hodisasiga, ya‘ni 
elektrolit orqali o‗zgarmas tok o‗tayotganda elektrolit va elektrodlarda 
sodir bo‗luvchi oksidlash-tiklash jarayonlariga asoslangan. Yuzalari ayni 
uslub bilan tiklanganda detallarning tuzilmasi o‗zgarmaydi; ushbu usul 
kam yeyilgan detallarni tiklash imkonini beradi. Tiklash jarayonini 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish oson kechadi. 
Jarayonning asosini metallar elektrolizi tashkil qiladi. Uning mohiyati 
quyidagilardan iborat (3.1-rasm). Musbat zaryadlangan ionlar (kationlar) 
manfiy elektrod (katod) tomon harakatlanib, bu yerdan yetishmaydigan 
elektronlarni oladi va metallning neytral atomlariga aylanadi. Manfiy 
zaryadlangan ionlar musbat zaryadlangan elektrod (katod) tomon siljib, 
o‗zining elektr zaryadini yo‗qotadi va neytral atomlarga aylanadi. Katodli 
metall va vodorod, anodda esa kislorod hamda kislota qoldiqlari ajralib 
chiqadi. Tiklanayotgan detallar katod bo‗ladi, anodlar sifatida esa 
eriydigan va erimaydigan metall elektrodlardan foydalaniladi. Eriydigan 
anodlar katodga cho‗kishi (o‗tirishi) lozim bo‗lgan metallardan, 
erimaydigan anodlar esa qo‗rg‗oshindan (faqat xromlashda qo‗llaniladi) 
tayyorlanadi. 


15 
3.1-rasm. Metallarni elektrolitik qoplama qoplash sxemasi:
1-anod; 2-katod (detal); 3-vanna; 4-elektrolit. 
Elektrolizda cho‗kadigan metall massasi q Faradey qonuniga ko‗ra 
ushbu formuladan aniqlanadi. 
Elektrolita, metall ionlaridan tashqari, bosh qa zaryadlangan 
zarralar - vodorod, metall gidroksidlari va xokazolar ham bor. Ular 
muqarrar 
elektr 
energiyasi 
nobudgarchiligiga 
olib 
keladi. 
Bu 
nobudgarchlik quyidagi koeffitsiyent bilan hisobga olinadi: 
η = (G
2
-G
1
)/q 
 
bu yerda: G
2,
G
1
 — mos ravishda elektrolizdan oldingi va keyingi detal 
massasi, g. 
Elektroliz (metallning cho‗kish) jarayonining vaqti (soat) 
qoplanayotgan qatlamning qalinligiga qarab ushbu formuladan aniqlanadi: 
I
cho‘q
=1000γh/(αηD
k
), 
 
bu yerda: D
k
— detalning katod zichligi, A/dm
2
;h— qoplama qatlamining 
qalinligi, mm; γ— qoplama metallining zichligi, g/sm
3

Maxsus xromlash jarayonlari. G‗ovakdor xromlash. Katta bosim va 
yuqori haroratda va kam moyda ishlaydigan detallarning yeyilishga 
chidamliligini oshirish uchun qo‗llaniladi. G‗ovakdor xrom sirtida moy 
kirib borishi uchun yetarli kenglikdagi ko‗p miqdorda g‗ovaklar yoki 
darzlar to‗ri maxsus hosil qilinadigan qoplamadan iborat. Uni mexanik, 
kimyoviy va elektr-kimyoviy usullar bilan hosil qilish mumkin. Elektr-
kimyoviy usul eng keng qo‗llaniladi. Ayni usulning mohiyati shundaki, 
xrom yaltiroq xromlash rejimida cho‗ktiriladi. Bunda qoplamada 
mikrodarzlar to‗ri yuzaga keladi. Ularni kengaytirish va chuqurlashtirish 


16 
uchun qoplamaga tarkibi xromlashdagi kabi bo‗lgan elektrolitda anod 
bilan ishlov beriladi. Xromlash va anod bilan ishlov berish rejimiga ko‗ra 
g‗ovaklarning ikki turini: ariqchalar hamda nuqtalar ko‗rinishidagi 
g‗ovaklarni hosil qilish mumkin. G‗ovakdor qoplamalar olish uchun detal 
universal elektrolitda tokning 4O...50=A/dm
2
zichligida xromlanadi, keyin 
vannaning qutbiyligi o‗zgartiriladi va o‗sha tok zichligida anod bilan 
ishlov beriladi. Ariqchalar ko‗rinishidagi g‗ovaklar elektrolitning 
58...62°C haroratida va 6...9 daqiqa anod bilan ishlov berib, nuqtalar 
ko‗rnishidagi g‗ovaklar esa mos ravishda 50...52°C da va 10...12 daqiqa 
ishlov berib hosil qilinadi. G‗ovakdor qoplamalardan o‗lchamli 
xromlashda, masalan, porshen halqalarini xromlashda foydalaniladi. 
Ularning qalinligi 0,1...0,15 mm ga yetadi. Halqalarni g‗ovakdor qilib 
xromlash ularning yeyilishga chidamliligini 2...3 barobar, gilzalarnikini 
esa 1,5 barobar oshiradi. 
G‗ovakdor xrom bilan qoplangan detallarning vodorod mo‗rtligini 
bartaraf etish va g‗ovaklarini moy bilan to‗ldirish maqsadida ularga 
150...200°C gacha qizdirilgan moyda 1...2 soat ishlov beriladi. 

Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari

Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish