22
4.1.-rasm. Lemexga qo‗yilma payvandlab ta'mirlash:
1-lemexning ishchi yuzasi; 2-payvandlash choki;
3-yeyilgan qism;4-qo‗yilma
Bunday usul shu bilan birga, kesish qismining o‗lchamlari
o‗zgarmagan holda ham qo‗llaniladi. Agarda
ostki kesish qismi yeyilgan
(o‗tmaslashgan) bo‗lsa unga qo‗yiladigan qo‗yilma elementining
o‗lchamlarini kamaytirish mumkin, bu harakatlanayotgan agregatning
qarshiligini va chokning umumiy uzunligini kamaytiradi.
Odatda ta‘mirlangan lemexlar charxlanmaydi,
bu plugning yetarli
darajada yerga chuqurlashishini va uning bir tekis harakatining
turg‗unligini ta‘minlamaydi. Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni yo‗qotish
uchun yangi texnologiya ishlab chiqildiki, bu texnologiya bo‗yicha ilgari
ikki marotaba ta‘mirlangan lemex qaytadan tiklandi. Ushbu texnologiya
4.2-rasmda keltirilgan: lemexning ishchi yuzasi 1ning oldingi qismiga 4
mm diametrili UONI 13/55 (boshqa elektrodlarni qo‗llash ham mumkin)
elektrod, 150-160 A tok kuchi bilan po‗lat plastina 2
shunday
payvandlanadiki, lemexni kesish qirrasi bilan plastinaning chekka qismi 3
bilan bir tekislikda yotishi talab etiladi. Payvandlash choki 4 ni shunday
joylashtirish kerakki, u kesish qirrasiga ko‗ndalang bo‗lishi talab etiladi.
Plastinani ishlatilgan po‗lat bo‗laklaridan – qalinligi 6 mm dan qalin
bo‗lmagan, o‗zining elastiklik xususiyatini yo‗qotgan, lekin o‗zining
kerakli qattiqligi NRS 50-58 yo‗qotmagan ressor bo‗laklari bo‗lishi
mumkin. Lemexning ostki qismidan chiqib turadigan qismi
I ning
kengligi, standart lemexlarning o‗lchamlaridan farq qilmasligi lozim.
Qo‗yiladigan qo‗shimcha elementning umumiy kengligi
a lemexning
yeyilish kengligiga yoki qo‗yilayotgan
ressorning kengligiga qarab
tanlanadi.
23
4.2-rasm. Qo‗shimcha element payvandlab lemexni ta‘mirlash:
1- lemexning ishchi yuzasi; 2- payvandlangan po‗lat plastina; 3- yerni
kesish yuzasi; 4- payvand choklar; 5- mustahkamlash (ta‘mirlovchi)
choklar; 6- yoysimon yeyilish qismi;
a- umumiy kenglik;
I – qo‗yilma
elementning chiqib turish qismi; L- qo‗yilmaning uzunligi
Amaliy izlanishlar natijasi bo‗yicha ma‘lumki, plastinaning kengligi
qanchalik kichik bo‗lsa, lemexning yerga singib kirish samaradorligi
yuqori va agregatning tortishga qarshiligi kam bo‗ladi. Plastina
L ning
uzunligi lemex ishchi qismining yeyilish shakliga va qiymatiga bog‗liq
bo‗ladi. Plastinaning tig‗ qismi va yerga sanchilish qismi payvandlashdan
avval texnik shartlarga moslab tayyorlangan bo‗lishi kerak.
Yoysimon yeyilish 6 mumkin bo‗lgan yuzalarda mustahkamlash
5(armirlash)
choklari
xuddi
yuqorida
keltirilgan
sharoitlarda
payvandlanadi. Mustahkamlash choklari oralig‗idagi masofa 30 mm
oralig‗ida bo‗lishi yaxshi natija beradi.
Bu choklar lemexning kesish
qirrasiga perpendikulyar holatda bajarladi. Payvand chokini yorilishdan
saqlash maqsadida bir yo‗la ketma-ket bir necha detallarda payvandlash
olib boriladi. Agarda ta‘mirlanayotgan lemexda yoysimon yeyilish
alomatlari bo‗lsa, ular kam yoki o‗rtacha uglerodli po‗latlardan
tayyorlangan elektrodlardan foydalanib tiklanadi.
Ushbu usulda lemexlarni ta‘mirlash natijasida ularning ishlatish
muddati ortishi bilan birgalikda bikrligi ortadi, bu ularni ishlatish davrida
uch qismining deformatsiyalanish ehtimolini kamaytiradi. Mustahkamlash
choklarini qo‗llash yoysimon yeyilishga
bardoshlilikni oshiradi, bu
detalning ishlash muddatini oshiradi. Bu usulda ta‘mirlangan lemexlarning
ishlash muddati deyarli uch marotaba ortishi mumkin.