• Ishni bajarishga yo‘riqlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/14
    Sana19.12.2023
    Hajmi0,8 Mb.
    #123470
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Mashina detallarini qayta tiklash metodlari

    1-laboratoriya ishi 
    ULTRATOVUSH YORDAMIDA DETALLARNI YUVISH 
    TEXNOLOGIYASINI O‘RGANISH 
     
    Ishdan maqsad. Xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash korxonalarida 
    detallarni yuvish usullari va texnologiyasi bilan tanishish. 
    Ishni bajarishga yo‘riqlar 
    Mashinalarni va ularning detallarini iflosdan tozalashning quyidagi 
    usullari bilan tanishib chiqamiz. 
    Qizdirish. Tozalanadigan mahsulotni qizdirilsa, undagi yog‗ 
    birikmalari kuyib, quyqa hosil etadi va bu quyqalar ishqorlar yoki sintetik 
    yuvish vositalari yordamida yuvilsa, u ifloslardan yengil tozalanadi. Lekin 
    bu usul bir-necha kamchiliklardan iborat: metallning yuza qatlami 
    oksidlanishi va prujina sifat detallarning jarohatlanishi ro‗y berishi 
    mumkin. 
    Metall cho‘tka bilan tozalash. Mexanik ishlov berib - metall cho‗tka, 
    qirg‗ich va sh.o‗. usullarda ham yaxshi natijaga erishiladi, lekin hech 
    qachon yog‗lik yuzani bu usulda tozalash yaxshi natija bermaydi. 
    Yuvish. Yog‗ erituvchi suyuqlik bilan ishlashdan avval, mahsulot 
    iflosdan va so‗ngra yog‗dan tozalanadi.
    Ushbu usulning afzalligiga quyidagilar kiradi: qo‗llaniladigan 
    vositaning yumshoqligi metallning tuzilishiga salbiy ta‘sir etmaydi, qoldiq 
    iflosni tezlikda eritib, yog‗dan tozalashni ta‘minlaydi.
    Usulning kamchiligi: mahsulotdagi yog‗lar va ifloslar tozalangandan 
    so‗ng, unga o‗rnashib olgan iflos va yog‗lar cho‗tkacha bilan tozalanishi 
    hisoblanadi. Lekin buning natijasida mahsulot yog‗dan butunlay 
    tozalanadi. 
    Bu usul uchun, nisbatan arzon eritma sifatida benzin qo‗llaniladi. U 
    yog‗langan birikmalarni yaxshi va tez erituvchi vosita hisoblanadi. Bunga 
    o‗xshash vositalardan yana biri spirtdir. Bu ikkala vositaning bir-biriga 
    o‗xshash kamchiliklari mavjud; yengil bug‗lanuvchanligi sababli, baxtsiz 
    hodisalar sodir bo‗lish ehtimoli bor. Uchxloretilen-C
    2
    HCl

    va 
    perxloretilen-C
    2
    Cl
    4

    xlorli 
    uglevodorodlar 
    turkumiga 
    kiradi, 
    bu 
    birikmalarining afzalligi, ularning yonmasligidir; ularning ta‘sirida yog‗, 
    moy va smolalarning erish darajasi, benzinga nisbatan yuqori. 
    Uchxloretilen va perxloretilen ham ma‘lum kamchiliklarga ega. Ikkala 
    birikma, ayniqsa uchxloretilen xona haroratida ham bug‗lanadi, ularning 
    bug‗lari inson salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, hatto hushni 
    yo‗qotishga olib kelishi, har doim ham qo‗llash inson hayotiga salbiy ta‘sir 



    ko‗rsatishi mumkin (shuning uchun ishlab chiqarishda bunday eritmadan 
    foydalanilganda, albatta majburiy havoni so‗rib shamollatuvchi qurilma 
    bo‗lishi shart).
    Bu eritmalarning bug‗lanish jarayonini alanga va yoruglik ham 
    kuchaytiradi. Shuning uchun ularni yorug‗lik o‗tkazmaydigan idishlarda 
    saqlash maslahat beriladi. Ishlab chiqarishda perxloretilen, uchxloretilenga 
    nisbatan ko‗proq qo‗llaniladi, chunki uning salbiy xususiyatlari nisbatan 
    kamroq. 
    Bu vositalar yordamida mahsulotni tozalash uchun tozalanadigan 
    mahsulot eritmaga solib qo‗yiladi. Benzin, spirt va kerosinni qizdirish 
    mumkin emas, uchxloretilen va perxloretilenni esa ta‘sir kuchini oshirish 
    uchun qizdiriladi. 
    Eritish vositalar bilan yog‗larga ishlov berilgandan so‗ng, mahsulot 
    besh minut mobaynida nashatir spirtining suvdagi eritmasida qaynatiladi. 
    So‗ngra, shu suyuqlikda yuvilib yog‗dan tozalanadi. Ishlatilgan eritmalar 
    ingichka idishlarda saqlanadi, bu quyqalarning cho‗kishiga qulaylik 
    yaratadi. 
    Yog‗dan tozalash vositalar sifatida quyidagilar qo‗llaniladi: 
    O‗yuvchi natriy - NaOH va o‗yuvchi kaliy birikmalari bir xil ta‘sir 
    etadi. Kuchli yog‗dan tozalovchi vosita hisoblanadi, lekin inson terisi va 
    metallni ham yemirishi mumkin.
    Nashatir spirti - NH
    4
    OH kuchli ishqor hisoblanadi. U qimmatbaho 
    bo‗lmagan metallarni ham yemirishi mumkin, lekin yog‗dan yaxshi 
    tozalaydi. O‗yuvchi natriy va o‗yuvchi kaliyga nisbatan, nashatir spirtini 
    inson terisiga kamroq xavfi bor.
    Sionli kaliy - KCN va sionli natriy - NaCN, bu birikmalar faqatgina 
    yog‗ni yaxshi eritmasdan balki, metall oksid pardalarini ham parchalashi 
    mumkin. Bularning kamchiligi inson hayotiga o‗ta zaharli ta‘sir etishidir. 
    Soda - Na
    2
    CO

    va potash -K
    2
    CO
    3
    kuchsiz ta‘sir etadigan ishqorlar, 
    lekin inson hayotiga va metallga salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydi. 
    Hozirgi kunda ishqorlar o‗rnini turli tabiiy yoki sun‘iy vositalar 
    egallab bormoqda. Ular kuchli yog‗ eritish xususiyati bilan birgalikda 
    ishqorlarning salbiy xossalaridan xolidir. 
    Ishqorlar suvda eritma holatida qo‗llaniladi. Bu eritmalarga 
    mahsulotlar solinib qaynatiladi, chunki harorat ortishi bilan yog‗larni 
    erishi va tozalanishi jaddallashadi. So‗ngra mahsulot ishqorlardan olinib, 
    tozalab yuviladi. 
    Eritmalarni tindirilib, yana tozalash ishlarida qo‗llash mumkin. 



    Ultratovush yordamida tozalash. Bu jarayonda mahsulot tozalansa, 
    jarayonning borishi cho‗tka bilan tozalashga nisbatan ancha tezlashadi, 
    ishning sifati esa ortadi. 
    Bu usul ayniqsa ta‘mirlash korxonalarida, detallarni saralashdan va 
    ta‘mirlashdan avval tozalashda juda keng qo‗llaniladi. Hozirgi kunda, bu 
    usulda yuvish ishlarini bajaruvchi kichik qurilmalar ham ko‗payib 
    bormoqda. Bunda ultratovushning tebranishi natijasida mahsulot yuzasi va 
    uning chekka yuzalariga joylashib olgan ifloslar chiqariladi, yog‗ esa 
    erituvchi eritma bilan tozalanadi. 
    Keng qo‗llaniladigan ultratovushli tozalash qurilmasi (1.1-rasm), 
    yuvush vositalari yordamida ishlaydi. Suyuqlik haydovchi (5) yordamida 
    suyuqlik har doim harakatda bo‗ladi. Naycha (9) orqali eritma yuvish 
    muhitiga yo‗naladi, bu yerda mahsulotlar solingan I - IV savatlar 
    joylashgan va ular oqim yo‗nalishi ta‘sirida bo‗lib, iflosdan tozalanishni 
    jadallashtiradi, ajralib chiqqan ifloslar esa, tindirgichga (3) yig‗iladi. 
    To‗siq ortida joylashgan naycha orqali, bir oz tingan eritma, suyuqlik 
    so‗ruvchi qurilma orqali so‗rilib, filtrda (7) tozalanib, yana tozalash uchun 
    yuboriladi. 
    1.1-rasm. Ultratovush yordamida ishlovchi tozalash qurilmasi: 
    1 - vanna; 2 - to‗siq; 3 - tindirg‗ich; 4 - elektrodvigatel; 5 - suyuqlik 
    haydovchi qurilma; 6 - ultiratovush yo‗naltiruvchi kallak;
    7 - filtr; 8 - ultratovush qurilmasi; - naycha; 
     I-IV - mahsulot uchun savatchalar. 
    Mahsulotlar, suyuqlikni harakatiga nisbatan qarama-qarshi yo‗nalish 
    bo‗yicha harakatlanadi. Tozalanadigan mahsulotlar metall savatchalarga 
    zich joylashtiriladi va savatchalar o‗z o‗qi atrofida 2 ayl/min tezlik bilan, 
    aylanma harakatda bo‗ladi. Savatchalar vannaga qo‗yilishidan avval, 



    eritmaga botirib olinadi. III holatda joylashgan savatcha ultratovush ta‘siri 
    ostida bo‗ladi. Ultratovush tarqatuvchi kallakdan (6), 800 kGs chastotali 
    tebranishga ega ultratovush tarqalib turadi. Boshqa mexanik jilolash 
    usullariga nisbatan, ultratovush yordamida tozalashda, ultratovush 
    to‗lqinlari mahsulotning turlicha chuqurlikdagi har-bir yuzasigacha, turli 
    notekis ko‗rinishdagi ariqchalarga, ya‘ni boshqa usul bilan tozalash o‗ta 
    murakkab bo‗lgan yuzalargacha yetib borib ishlov berish qobiliyatiga ega. 
    Ultratovush yordamida mahsulotlar tozalangandan so‗ng, IV holatga yetib 
    kelgan mahsulot toza eritmada yuviladi. So‗ngra yuvilgan detal 
    savatchadan chiqarib olinadi va qolgan savatchalar harakatlantiriladi. 
    Bo‗shatilgan savatchalar yangi mahsulotlar bilan to‗ldirilib, tozalash uchun 
    vannaga solinadi (holat). 
    1.2-rasm. Kichik hajmdagi ultratovush qurilmasi: 
    1-elektro qurilma; 2-ultratovushli qurilma; 3-konteyner. 
    Ultratovush to‗lqinlarini inson eshitish a‘zolari sezmaydi. Ultratovush 
    to‗lqinlarining quyi chegarasi 20 kGs, ya‘ni bir minutda 20000 tebranishga 
    ega, yuqori chegarasi esa - 10
    6
    kGs ga teng. Elektro tebratgich (vibrator), 
    yuqori chastotali generator (8) yordamida ishlaydi.
    1.2-rasmda keltirilgan ultratovush yordamida ishlovchi yuvish 
    qurilmasi hozirgi kunda mayda detallarni yuvishda va o‗quv maqsadlarida 
    jarayon bilan talabalarni tanishtirish uchun keng qo‗llanilmoqda. 

    Download 0,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari

    Download 0,8 Mb.
    Pdf ko'rish