O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana19.12.2023
Hajmi0,8 Mb.
#123470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mashina detallarini qayta tiklash metodlari

Ishni bajarishga yo‘riqlar 
Detallar korpusi odatda kulrang va cho‗ziluvchan cho‗yandan, ayrim 
hollarda po‗lat va alyuminiy qorishmalaridan tayyorlanadi. 
Detallar korpusida quyidagi nuqsonlar: sirtlari tob tashlagan (silindr 
bloklarida va blok kallagida); podshipnik o‗tqaziladigan teshiklar yuzasi 
yeyilgan; teshiklardagi rezbalarning yeyilgan va zararlangan; korpusning 
yon va quyi devorlari pachaqlangan, qirilgan, toblangan va yorilgan 
bo‗lishi mumkin. 
Uzatmalar qutisi korpusida val podshipniklarining o‗rnatiladigan 
teshiklarining o‗qdoshligi, teshik o‗qlari orasidagi parallellik va o‗qlararo 
masofa buzilgan bo‗lishi mumkin. 
Teshiklarning qiyshayishi va bir o‗qda yotmasligiga: mashinaning 
uzatish qutisidagi vallari bilan ilashish muftasi o‗qlarining mos tushmasligi 
(avtomobillarda), dvigatelning ilashish muftasi bilan tirsakli val 
o‗qlarining mos tushmaganligi yoki orqa ko‗prik korpuslari bilan uzatish 
qutisi korpusining bir biriga nisbatan siljishi (traktorlarda), mahkamlash 
boltlarini bir tekis tortilmaganligi, korpusning tob tashlashi, o‗tkazish 
siillarining yeyilganligi, quymalarning tabiiy eskirganligi sabab bo‗ladi. 
Yeyilgan o‗tkazish teshiklari vertikal - yo‗nuvchi dastgohlardan yoki 
konduktorlar yordamida birlamchi yo‗nish ishlari bajariladi yoki 
qo'shimcha halqalar qo‗yib tiklanadi. Uzatish qutilarining korpusidagi 
nosozliklar, korxona bazasidagi ustaxonaning tokarlik, frezerlik hamda 
parmalash dastgohlaridan foydalanib sozlanadi. 
Korpusning yo‗nilgan teshiklariga halqalar presslanadi va shundan 
so‗ng ularning teshiklari nominal o‗lchamga moslab yo‗niladi. Halqalarni 
vintlar, razvalbsovka yoki yelim bilan qotirish ham mumkin. Bunday 
halqalarni, o‗lchamlari ta‘mirlanayotgan korpusning o‗tqazish teshiklari 
o‗lchamlariga mos bo‗lgan metall quvurlardan ham yasash mumkin. 
Bundan tashqari, aylanuvchi elektrod bilan (qizil mis yoki zanglamaydigan 
po‗latdan qilingan) elektron impuls o‗stirish, polimer kompozitsiyani 


11 
qo‗llash, postellar 0,3 mm dan ortiq yeyilganda esa ta‘mirlash usulini 
qo‗llash ham yaxshi samara beradi. 
Teshiklarga 
oxirgi 
ishlov 
berish, 
konduktorlar 
va 
yo‗nish 
moslamalarini 
qo‗llab 
yo‗nishi 
yoki 
uya 
o‗lchamlari 
bo‗yicha 
tayyorlangan puansson pressi ostida itarishdan iboratdir. Korpuslardagi 
yoriqlar, siniqlar, teshiklar sovuq holda elektr yoyli payvandlash vositasida 
kuydiruvchi valiklar usuli bilan yoki oldindan isitib, bartaraf qilinadi. 
Bloklardagi yoriqlarni payvandlash uchun metallsiz elektrodlar bilan 
sovuq payvandlash yoki oldindan sekin isitib, issiq gaz payvandlaridan 
foydalaniladi. 
Yuklanmagan joylardagi yoriqlar ham epoksid smola asosida 
tayyorlangan polimer kompozitsiyalari bilan yopiladi yoki maxsus 
yelimlar qoplanadi. 
Quyma sirtlarning g‗adir-budurligi, tirnalgan va tob tashlagan joylarni 
silliqlash, frezerlash yoki shaberlash orqali bartaraf qilinadi. Silliqlashni 
radial - parmalash yoki yassi silliqlash dastgohlarida katta diametrli 
abraziv tosh g‗ildiraklari orqali amalga oshiriladi. Yoriqlarni shtiftlar, 
shakldor quymalar, yamoq solish, gaz va elektr payvandlash usullari bilan 
ham ta‘mirlash mumkin. 
Yoriqlarni ta’mirlash. Uzatmalar qutisi va reduktorlarning korpuslari, 
silindr bloklari va boshqa joydagi yoriqlarni tiklash uchun shtiftlar 
qo‗llaniladi. Bunda uzunligi L bo‗lgan yoriq, mis yoki bronza rezbali 
shtiftlar bilan berkitiladi (2.1, a-rasm). 
Oldin yoriqning chetki uchlarida diametri 5...6 mm bo‗lgan 1 va 9 
teshiklar parmalab ochiladi va uning ichiga rezba o‗yilib, unga shtiftlar 
burab kiritiladi. Keyin bu teshiklar orasiga qadami 1,5 d ga teng bo‗lgan (d 
- parma diametri) 3, 5, 7 teshiklar parmalanadi. Bu teshiklarga ham rezba 
ochilib, shtiftlar burab kiritiladi. Shundan so‗ng, bu shtiftlar orasiga 2, 4, 6, 
8 teshiklar parmalanib, ularga rezba ochiladi va ularga navbatdagi shtiftlar 
burab kiritiladi. Hamma shtiftlar zich joylashishi uchun ular qirqilib, 
yassilanadi va yumshoq kavshar bilan kavsharlanadi. Bu tarzda yamalgan 
yoriq 0,4 mPa gacha bo‗lgan bosimga bardosh bera oladi. 
Detallar korpusidagi yoriqlar shakldor quymalar bilan ham yamaladi, 
bunda faqat germetiklik yaratilmay, balki mustahkam bo‗lishiga ham 
erishiladi. Quymalarni tayyorlashda va o‗rnatishda detal sirti va yoriqlar 
tozalanadi. Nuqson shakli aniqlanadi va shakldor o‗yiq ochiladi. 


12 
 
2.1-rasm. Yoriqlarni ta‗mirlash 
a-shtiflash; 1...9 rezbali teshiklar; b-siquvchi quyma; d-yoriqqa siquvchi 
quymaga moslab tayyorlangan shakldor teshik; 1-o‗yiq hosil qiluvchi 
moslama; 2-shakldor teshik; 3-detal; 4-yoriq. 
Tortib turuvchi shakldor quymani (2.1, b-rasm) o‗rnatish uchun 
detaldagi yoriqqa ko‗ndalang ravishda bir nechta teshiklar parmalanib 
(teshiklarning yarmi yoriqning bir tomonida, qolgan yarmi esa uning 
ikkinchi tomonida bo‗lishi kerak). Teshiklar orasi qalinligi 1,8 mm bo‗lgan 
maxsus moslama 1 yordamida o‗yiq hosil qilinadi (2.1, d-rasm). Shakldor 
tirqish va quymalarning sirtlari moysizlantirilib, epoksidli yelim bilan 
yelimlanadi. Tayyor bo‗lgan shakldor tirqishga, shakldor quyma presslab 
kiritiladi. 
Fan-texnika taraqqiyotini hisobga olgan holda detallarni tiklashning 
texnologik jarayoniga quyidagi asosiy talablar belgilangan: qayta 
tiklanadigan detallar foydalanish uchun yangilariga nisbatan arzon va 
yaxshi xossalarga ega bo‗lishi kerak; tiklash jarayonlari to‗liq 
avtomatlashtirilgan bo‗lishi kerak; tiklash texnologiyasi mehnat (jumladan 
mexanik ishlov berish), materiallar va hokazolarni (energiyani tejovchi, 
chiqindisiz texnologiya) eng kam sarflashni ta‘minlash kerak. 
Tiklashning har bir usuli ma‘lum afzalliklar va kamchiliklarga ega. U 
yoki 
bu 
usuldan 
samarali 
foydalanish 
uning 
texnik-iqtisodiy 
ko‗rsatkichlariga, shuningdek, detallarning ishlash sharoitiga va fan-
texnika taraqqiyoti talablariga bog‗liq. 


13 
Detallarni tiklashning umumiy texnologik jarayonlarini ishlab 
chiqish quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi: 
Ta‘mirlash fondi detallarini tasniflash. Bu bosqichda konstruktorlik 
va texnologik xarakteristikalari umumiy bo‗lgan detallar guruhi 
aniqlanadi. Guruhlarning umumiy namunalari tanlanadi. 
Detallar guruhini miqdoriy baholash. Guruhning har bir turi uchun 
yakka, seriyali, umumiy nuqsonlar va ularning takrorlanish tezligini 
hisobga olgan holda ishlab chiqarish turi belgilanadi. 
Guruhlar namunali turlarining chizma va texnik shartlari, ularni 
ishlab chiqarish hajmi va ishlab chiqarish turlari bo'yicha tahlil qilish. 
Detallarni tiklashning texnologik tartibi sxemalarining variantlari ishlab 
chiqiladi. 

Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti mashina detallarini qayta tiklash metodlari

Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish